O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

Takrorlash uchun savollar 
1. Ilmiy kashfiyotlar nima ularni obyektlari ularni aniqlash usullarini 
sharhlab bering? 
2. O‘zbekiston Respublikasida ilmiy kashfiyotlarni muhofazalash 
qanday amalga oshiriladi? 
3. Ilmiy kashfiyotlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining 
qaysi qonunlarini bilasiz? 
4. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishida ilmiy 
kashfiyotlarning roli nimalardan iborat? 
 
Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar 
1.
Atkinson, Robert D. Innovation economics: the race for global 
advantage Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale University 
Press, 2012 
2.
Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 2014 
by Pearson Education, Inc.p.154. 
3.
 
www.wipo.int.
 
4.2.
 
Intellektual kapital va intelektual mulkni shakllantirish va 
boshqarish 
Respublikamizda innovatsiya infratuzilmasini shakllantirish hozirda 
institutlar va yordamchi innovatsion korxonalar asosida barpo etilmoqda. 
Ular tarmoqlar innovatsiyasini rivojlanishini ko‘pgina masalalarini hal 
qiladi. Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlarida 
innovatsion jarayon tashkil qilish masalalariga tarmoqlar doirasida e’tibor 
qaratilmoqda. Ishlab chiqaruvchilar va korxonalarning innovatsiya 
jarayonlarda ishtirok etish uchun mablag‘larni ajratish maqsadida zaruriy 
sharoitlar yaratilmoqda. 
XXI asrda innovatsion loyihalar va yangi g‘oyalarning hayotga keng 
tatbiq etilishi jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun samarali hisoblanadi. 
Texnologiya taraqqiyoti asrida ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish va 
hayotga joriy etish, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida va 


132 
yangilanishida 
muhim 
omil 
sanaladi. 
Innovatsion 
faoliyat 
infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga 
oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biridir. 
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida O‘zbekiston 
Respublikasining Qonuni 1996- yil 30- avgustda qabul qilingan. 
I. Umumiy qoidalar.
1-modda. Asosiy tushunchalar. 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
Muallif – ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs; 
Yozuv – ovozlar va (yoki) tasvirlarning ularni texnikaviy vositalar 
yordamida qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki uzatish imkonini 
beradigan biror-bir moddiy shaklini ifodalaydi; 
Ijrochi – aktyor, qo‘shiqchi, musiqachi, raqqos yoki rol o‘ynaydigan, 
o‘qiydigan, ifodali o‘qiydigan, musiqa asbobini chaladigan, adabiyot yoki 
san’at asarini (shu jumladan estrada, sirk) boshqa bir tarzda ijro etadigan 
shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori va dirijyor; 
E’lon qilish (oshkor qilish, chop etish) – ommaning oqilona talab va 
ehtiyojlarini 
qondirish 
uchun 
hamda 
asarning, 
fonogrammaning 
xususiyatidan kelib chiqqani holda asar, fonogramma nusxalarini 
muomalaga yetarli miqdorda chiqarish; 
Manzarali amaliy san’at asarlari – amalda foydalaniladigan 
buyumlarga ko‘chirilgan ikki o‘lchovli yoki uch o‘lchovli san’at asari, shu 
jumladan, badiiy hunarmandchilik asari yoki sanoat yo‘li bilan 
tayyorlanadigan asar; 
Fonogramma – biron-bir ijro yoki boshqa ovozlarning har qanday 
mutloqo ovozli yozuvi; 
Asar nusxasi – asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan 
ko‘chirmasi; 
Fonogramma nusxasi – fonogrammadan bevosita yoki bilvosita 
tayyorlangan va shu fonogrammaga jam bo‘lgan ovozlarning hammasini 
yoki bir qismini qamrab olgan har qanday moddiy jismdagi fonogramma 
ko‘chirmasi. 


133 
Davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solish sohasidagi tartibga 
solish tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi zarur: 

davlat siyosatining aniq belgilangan maqsadlarini; 

belgilangan maqsadlarni amalga oshiradigan boshqaruv organlari 
va ularning funksiyalarini; 

boshqaruv funksiyalarini to‘liq amalga oshirishda tartibga solish 
obyekti va axborot beradigan axborot tizimini; 

davlat boshqaruv organlarining qo‘llab-quvvatlash va tartibga 
solish instrumentlari, davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga 
solishning asosiy instrumentlariga nafaqat uning elementlari taalluqli 
bo‘ladi balki davlatning ilmiy imtiyozlar tizimiga muvofiq, ilmiy 
tadqiqotlar va ishlanmalar sohasi o‘rtasida byudjet va byudjetdan tashqari 
resurslarni taqsimlash orqali ilmiy texnika yangiliklarini davlat tomonidan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab quvvatlash; 

innovatsion jarayonlarning subyektlariga turli xil imtiyozlarni 
taqdim etishni (ham innovatsiyalarni amalga oshirayotgan bevosita 
tadbirkorlarga ham ularni yoki bu darajada qo‘llabquvvatlayotgan 
infratuzilma elementlariga); 

iqtisodiyotda innovatsion muhitni shakllantirish va ilmiy-texnik 
axborotlar milliy xizmatini, patentlash va litsenziyalash, standartlashtirish, 
sertifikatlash, statistika, xorijiy tajribani o‘rganuvchi tahliliy markazlar, 
ilmiy-texnik rivojlanish, prognozlashtiruvchi kadrlarni tayyorlash kabilarni 
o‘z ichiga oluvchi tadqiqotlar va ishlanmalar ta’minoti infratuzilmasi 
hamda ular asosida qaror qabul qiluvchi shaxslarni ustuvor ilmiy, milliy 
tizimlar bilan ta’minlashdan iborat. 
Innovatsion faoliyati rivojlantirish uchun istiqbolli amaliy ishlar 
natijalarini targ‘ib qilishni ta’minlash va respublikada texnologiyalar 
transferini ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida rivojlantirish zarur. 
Birinchidan, respublika fanning bu jarayonni amalga oshirishga 
bo‘lgan hissasini yaxshilab aniqlash kerak va mavjud innovatsion xulosa 
qilish kerak. Real moliyaviy, moddiy-texnik imkoniyatlari, asbob-uskuna 
va ma’lumotlarni ta’minlash asosida tugatilgan ishlanmalarni targ‘ib qilish 
uchun ustuvor ishlab chiqarish yo‘nalishlarini topish kerak. Mamlakatlar 


134 
olimlari va ishlab chiqaruvchilarning mavjud tarmoqlararo aloqalarni 
birin-ketin kengaytirish lozim. Buning uchun bu masalalarni kamida ikki 
o‘zaro bog‘liq holda hal qilish lozim. 
Birinchi daraja, mahalliy ishlab chiqarishning asosiy ustuvor 
masalalari uchun va ilmiy-texnik va integratsion texnologik dasturlar 
bajarilishi uchun kooperatsiya mexanizmlarini ishlab chiqish, oliy ta’lim 
muassasalari va tarmoqlar ilmiy kuchlarini birlashtirishdan iborat bo‘lishi 
lozim.
Ikkinchi daraja – bu mexanizmlarning ishlab chiqilishi va 
texnologiyalar transferini ta’minlash uchun normativ-huquqiy bazani 
shakllantirish va innovatsiyalarni tijoratlashga e’tibor qaratishni talab 
etadi. 
Bunday rivojlangan infratuzilma yaratish targ‘ibot, marketing 
konsalting va boshqa korxonalarning sotish bilan shug‘ullanadigan 
tuzilmalari va maxsus vositachi firmalarni tashkil qilishni taqozo etadi. 
Ularning maqsadi – olimlarga hamda ishlab chiqaruvchilarga yordam 
ko‘rsatish va ularning targ‘ibot faoliyatini ta’minlash va innovatsiya 
mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshirishdir. 
Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning o‘zaro qiziqishlari uchun 
davlat darajasida zarur sharoitlar yaratish, maqsadli, kerakli qarorlarni 
qabul qilish va innovatsiya faoliyati ishtirokchilariga soliqlarda imtiyozlar 
tizimini kiritish, bunda davlat va xususiy korxonalar mablag‘larini 
birlashtirishhamda berilgan takliflarini tezlik bilan amalga oshirish lozim. 
Ikkinchidan, respublikada yaratilgan intelektual mulk obyektlarini 
tashkil qilishda fan va ishlab chiqarishning ikki tomonlama qiziqishlarini 
ta’minlash uchun zarur sharoitlarni yaratish kerak. Olimlarning patent 
bilan himoyalangan har bir ishlanmasi belgilangan respublika korxonasi, 
firmasi yoki fermer xo‘jaligida tajribada amalga oshirish uchun kerakli 
monitoringdan o‘tkazilishi kerak. 
Eksportga yo‘naltirilgan ishlanmalarni ajratish uchun mahalliy 
ixtirolarning keng ekspertizasini o‘tkazish va davlat tarkiblari tomonidan 
ularga zarur ko‘maklashishi kerak. Bu maqsadlar uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tassarufida patentlangan 


135 
ixtirolar monitoringi va ekspertizasi bo‘yicha maxsus bo‘linmalar yoki 
korxonalar tashkil etish lozim. 
Intelektual mulk obyektlarining eng muhimlarini tadbiq etish uchun, 
nafaqat tashkiliy tomondan qo‘llash, balki tadbiq etayotgan korxona 
tomonidan maqsadli mablag‘ bilan ta’minlash ham zarur. Intelektual 
mulkdan 
foydalanuvchilar 
uni 
mualliflarini 
ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotning iqtisodiy samaradorligiga qarab rag‘batlantirish lozim. 
Respublikada yaratilgan intelektual mulkka mualliflik huquqini kengroq 
rivojlantirish, korxonalar, manfaatdor ishlab chiqaruvchilar va fermalar, 
davlat tuzilmalari tomonidan ularni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirishi 
kerak. Bu patentlar bilan himoyalangan innovatsiyalarni tijoratlashtirish 
yo‘li hisoblanadi.
Uchinchidan, fan va ishlab chiqarishdagi takliflarni davlat uchun eng 
muhimlarini ustuvorlarini tanlash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan 
ustuvor innovatsion loyihalarini ajratib, respublika innovatsion ilmiy-
texnika dasturini doimo to‘ldirib turish lozim. Ushbu loyihalarni bajarish 
uchun maqsadli davlat investitsiyalari va bank kreditlarini ushbu sohaga 
yo‘naltirish. 
To‘rtinchidan, innovatsiya texnologiyalarini samarali transferini 
ta’minlash uchun “fan-innovatsiya-ishlab chiqarish” zanjirini o‘zaro 
hamkorligini yo‘lga qo‘yish joiz. Shuningdek, olimlar kashf etgan 
yangiliklar va texnologiyalarni sanoatga tadbiq etish mexanizmlarini 
amalga oshirish kerak. Ushbu mexanizmlarni joriy etish ma’lum bir 
tashkiliy ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Shunga muvofiq 
qonunchilik bazasini yaratish va maqsadga yo‘naltirilgan mablag‘larni 
izlab topish zarur. Buning uchun texnologiyalar transferi va mahalliy 
innovatsiyalarni tijoratlashtirish va harakatlantirish mexanizmlarini 
qamrab oladigan bir qancha me’yoriy- huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish 
va qabul qilish zarur.
Beshinchidan, qonunchilik darajasida, olimlarning innovatsiya 
ishlanmalarini va yangi texnologiyalarini amaliyotga tadbiq etishni 
mablag‘ bilan ta’minlashni tarmoqlarga biriktirib qo‘yish, yangi 
texnologiyalar hamda modernizatsiya fondlaridan kengroq foydalanishni 


136 
yo‘lga qo‘yish lozim. Uni “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonuni loyihasida ko‘rsatish va innovatsiya faoliyatiga 
investitsiyalar kiritish to‘g‘risida namunaviy Nizom ishlab chiqish lozim. 
O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan ixtiro, foydali modellar, sanoat 
namunalari tarkibidagi qurilmalarni boshqa davlat – Parij konvensiyasi 
ishtirokchisining transport vositasida, bu transport vositasi vaqtincha yoki 
tasodifan O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lganda qo‘llanish, bunda 
bu qurilmalar faqat shu vosita ehtiyojlari uchungina foydalanilishi shart. 
Tarkibida patentlangan obyektlar bo‘lgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot 
yoki tajribalar o‘tkazish. 
Tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tarkibida 
patentlangan obyektlar bo‘lgan vositalarning qo‘llanishi. Vazirlar 
Mahkamasi milliy xavfsizlik manfaatlari yo‘lida patentlangan 
obyektlardan foydalanish to‘g‘risida patent egasining roziligini olmasdan 
turib qaror qabul qiladi lekin bunday hollarda obe’ktdan foydalanilgani 
uchun unga tegishli moddiy yordam ko‘rsatiladi. 
Tarkibida patentlangan obyektlar bo‘lgan vositalarni, agar bu vositalar 
qonuniy yo‘l bilan xo‘jalik aylanmasiga kiritilgan bo‘lsa (patent egasining 
o‘zi yoki uning litsenziyasi)dan foydalanish. 
Dorixonalarda shifokor resepti bo‘yicha dorilarni bir marta tayyorlash. 
Ixtiroga patent – ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab yigirmayil 
mobaynida amal qiladi va u mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilgandan 
so‘ng beriladi. 
Hozirgi 
vaqtda 
respublikada 
xorijiy 
mamlakatlar 
Yetakchi 
tajribalaridan foydalanib, bir qancha viloyatlar (mintaqalar) markazlarida 
Innovatsiya markazlarini ochilishi, o‘z navbatida mintaqa, viloyat va 
tumanlar innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi bo‘yicha 
fondlari, venchur fondlari tashkil qilinishi bilan berishi lozim. Ushbu 
fondlarni tashkil etishda innovatsiya infratuzilmasi yaxshi rivojlangan 
yirik korxonalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalari, kichik 
innovatsiya firmalari, konsalting, marketing va tadbiq etuvchi korxonalar 
ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. YAngi ochilgan firmalarda 


137 
qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Bu esa aholini ish bilan ta’minlash va 
bandligi muammosini yechishga o‘z ulushini qo‘shadi.
Bizning fikrimizcha, innovatsion faoliyatni keng rivojlanishini 
ta’minlash hamda respublikani yuqori texnologiyalarni tadbiq etish 
bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko‘tarilishini ta’minlash 
maqsadida quyidagi ustuvor tadbirlar kompleksini amalga oshirish lozim: 
1.
Milliy innovatsiya ustuvorlikni amalga oshirish strategiyasi va 
mexanizmlarini rivojlanishi uchun vazirliklararo Innovatsiyalar va 
texnologiyalar transferi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil 
etish. 
2.
“Innovatsion faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni ishlab chiqilishi va qabul qilinishi, Soliq kodeksiga tegishli 
o‘zgarishlar kiritilishi, shuningdek, rag‘batlantirish mexanizmlari, samarali 
intelektual mulk himoyasini tashkil etish va uni xo‘jalik amaliyotiga 
kiritish lozim. 
3.
Ustuvor innovatsiya loyihalarini, ilmiy g‘oya ishlab chiqilgandan 
boshlab, texnik konsepsiyasi tayyorlanib, tayyor mahsulot ishlab 
chiqarishga qadar, doimiy mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida 
innovatsiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tashkil qilish 
lozim. Ushbu tizim innovatsiya faoliyatida qatnashuvchi xo‘jalik 
subyektlari uchun muayyan soliq imtiyozlarini ko‘zda tutishi, shu 
jumladan: 
-
yangi raqobatga chidamli mahsulot ishlab chiqishga bevosita 
yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga 
sarflanadigan mablag‘lar soliqlardan ozod qilinishi; 
-
fundamental tadqiqotlarga va innovatsiyani qo‘llab-quvvatlovchi 
tarmoq va tarmoqlararo fondlar, mablag‘lar soliqlardan ozod qilinishi; 
4.
Innovatsiya faoliyatni mablag‘ bilan ta’minlovchi ko‘p manbali 
tizimni shakllantirish. 
5.
Innovatsiyalarni tijoratlashtirish va ustuvor texnologiyalarni tadbiq 
qilish uchun Milliy innovatsiya fondi tashkil qilish kerak. Uning 
manbalari, byudjetdan tashqari, iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsiya 
mahsulotlarini tadbiq etishidan olingan foyda ulushidan tashkil topadi. 


138 
6.
Yetakchi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bazasida bir 
qancha texnologik parklar, markazlar tashkil etib, ularning faoliyatini yirik 
korxonalar va banklar bilan birgalikda tashkil etish lozim. 
7.
Innovatsion kichik biznes rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ishlab 
chiqarishga Yetakchi mahalliy innovatsiya texnologiyalarni tadbiq etishni 
rag‘batlantirish lozim. 
8.
Innovatsiya infratuzilma korxonalarining, davlat, xususiy yoki 
mulkning qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar tarmoqlangan to‘rtlik tashkil 
etish lozim. Ular konsalting, marketing, dilerlik, amalga oshiruvchi va 
boshqa o‘rtada turuvchi korxona va firmalar bo‘lishi mumkin. Ularning 
vazifalari: 
-
innovatsiya 
texnologiyalari 
va 
bozordagi 
mahsulotlarni 
tijoratlashtirish; 
-
aholi bandligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini 
yaratish. 
Butun jahon intellektual mulk tashkilotining tarixi 1883-1886yillardan 
Sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi, Adabiy va badiiy 
asarlarni muhofaza qilish, Bern konvensiyasi qabul qilingandan 
boshlangan. Bu Konvensiyalar “Xalqaro byurolar” deb nomlangan o‘z 
kotibiyatlarini tashkil etishni ko‘zda tutgan edi. 1893yilda bu ikki kotibiyat 
“Intellektual mulkni muhofaza qilish bo‘yicha birlashgan xalqaro 
byurolar”ga birlashtirildi. 
Hozirgi Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (qisqartirilgan 
shaklda “BIMT”, ingliz tilida –“WIPO”, fransuz va ispan tillarida 
“OMRI”) 1967yil 14 iyulda imzolangan. “Butun jahon intellektual mulk 
korxonaini ta’sis etish Konvensiyasi”ga muvofiq tuzilgan. Bu Konvensiya 
1970 yildan o‘z faoliyatini boshlagan. 
Hozirda Butun jahon intellektual mulk tashkiloti o‘z faoliyat yuritishi 
bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimi tarkibiga (1974yil 
dekabridan) kiruvchi ixtisoslashgan muassasadan iborat. 
Shunday qilib, xalqaro va mahalliy innovatsiya faoliyatida 
to‘plangan tajriba hamda integratsiya yo‘li bilan tashkil etilgan korxona, 
respublika innovatsiya kompleksini rivojlantirish maqsadida innovatsiya 


139 
qayd qilingan ko‘p tashkiliy-texnik muammolarni yechish imkoniyatini 
beradi. Bu esa respublika olimlarini mamlakat iqtisodiyotini barqaror 
rivojlanishidagi faol ishtirokini ta’minlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin