O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

Takrorlash uchun savollar 
 
1.
Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlarini sharhlab 
bering? 
2.
Sanoat va tovar belgilari nima sababdan qo‘yilishini va uni 
ahamiyatini aytib bering? 
3.
Sanoat namunalariga patent olish uchun talabnoma tuzishda qanday 
hujjatlarni to‘ldirish zarur? 
Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar 
 
1.
Atkinson, Robert D. Innovation economics: the race for global 
advantage / Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale 
University Press, 2012 
2.
Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 
2014 by Pearson Education, Inc.p.154. 
3.
Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. T.: TDIU, 
2013 y. 
4.
Innovation, intellectualproperty, andeconomic growth Christine 
Greenhalghand Mark Rogers. USA Princeton University Press, 2010 . 46b. 
 


158 
5-BOB. INNOVATSION IQTISODIYOTNI SAMARALI 
BOSHQARISH VA UNI MOLIYALASHTIRISH 
5.1. Innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalari 
Innovatsion faoliyatning nazariy asoslari iqtisodchi olimlar tomonidan 
atroflicha tadqiq etilgan. Xususan, Avstriyalik olim Y.Shumpeter 
innovatsion o‘zgarishlarni besh yo‘nalishga bo‘lganbo‘lib, yangi texnika 
va texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishni yangi bozor asosida 
ta’minlash, yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot turlarini yaratish, 
yangi xomashyolardan foydalanish, ishlab chiqarishni tashkil etishni 
takomillashtirish va yangi innovatsion tovarlar bilan ta’minlash, yangi 
iste’mol bozorlarini ochish
24

Demak, ichki investitsion faoliyat innovatsion faoliyatga nisbatan 
mazmunan keng tushuncha hisoblanadi. Innovatsion faoliyatga sarflangan 
mablag‘lar jami kapital investitsiyaning yangi g‘oya, ishlanmalar, 
jarayonlar, mahsulot, xizmat turlarini yaratish, o‘zlashtirish va 
joriyetishgataalluqli bo‘lganqismidir. Shunday qilib, innovatsion faoliyat 
makon va zamonda yuz bergan va berayotgan, o‘zining moddiy va 
nomoddiy ko‘rinishdagi hamda pulda baholanadigan mulk shaklidagi 
pirovard mahsuliga egabo‘lgan, bunga erishish uchun ma’lum sarf-
xarajatlarni talab qiladiganxo‘jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. 
Aynan shu mazmunda korxonalarning innovatsion faoliyati ularda 
yuritilayotgan buxgalteriya hisobi hamda o‘tkaziladigan audit predmetini 
tashkil qiluvchi obyektlardan biri hisoblanadi. 
Innovatsion faoliyat yakunlangan ilmiy-tadqiqot va loyihalar 
natijalari yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlarni (fan-texnika yutuqlarini) 
yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga: bozorda sotiladigan, amaliy 
faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik 
jarayonga, shuningdek, shu bilan bog‘liq qo‘shimcha ilmiy-tadqiqot va 
loyihalarga joriy qilishga yo‘naltirilgan jarayon ekan, unga quyidagi 
faoliyat turlarini kiritish mumkin: 
amaliyotda 
qo‘llash 
uchun 
mo‘ljallangan 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik 
24
Шумпетер Й. Теория экономического развития. – М.: Прогресс, 1982. С. 386. 


159 
jarayon yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba-konstruktorlik yoki 
texnologik ishlar bajarish; 
yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi yoki 
takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy qilish uchun ishlab chiqarishni 
tayyorlash va texnologik qaytajihozlash; 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan 
mahsulot, 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko‘rishni amalga oshirish; 
xarajatlar o‘zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgai 
texnologik 
jarayon 
qo‘llash, 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan 
mahsulotchiqarish; 
yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo‘yicha faoliyat; 
innovatsion infratuzilma yaratish va rivojlantirish; 
innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash, 
qayta tayyorlash va malakasini oshirish
sanoat mulki obyektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik 
huquqini boshqalarga berish yoki xaridqilish; 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan 
mahsulot, 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo‘llash 
bo‘yicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar 
ko‘rsatish; 
innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil qilishdan iboratdir. 
Innovatsion faoliyat subyektlari quyidagilardan iborat: 
innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy 
shaxslar; 
innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi 
innovatsion korxonalar; 
innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual 
mulk egalari bo‘lib, korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, 
texnologik jarayonlar, “nou-xau”, kashfiyot va ixtirolar mualliflari
dizaynerlar; 
innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar bo‘lib, 
banklar, fondlar, koorporatsiyalar, lizing firmalar; 


160 
innovatsion jarayonga xizmat ko‘rsatadigan va uning infratuzilmasini 
ta’minlaydigan vositachilar esa konsalting va injiniring firmalari, 
texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari; 
innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga 
solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliyo‘zini-o‘zi 
boshqarish organlari; 
subyektlar o‘rtasida ular borasida iqtisodiy va huquqiy munosabatlar 
vujudga keladigan innovatsion faoliyat mahsulotlari (natijalari) quyidagilar 
hisoblanadi: 
muayyan innovatsiyalarni o‘zlashtirish natijalari va texnologiyalarni 
belgilab beradigan innovatsion loyihalar (biznes-rejada o‘z aksini 
topadigan oraliq natija); 
yakuniy mahsulotni sotishda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik samarani 
ta’minlaydigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda o‘zlashtirish; 
fan-texnika yutuqlarining natijasi hisoblangan tamomila yangi va 
yaxshilangan mahsulotlar (tovar va xizmatlar). 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida innovatsiya va ilmiy texnika 
sohasidagi siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lib, 
ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirishga ta’sir 
etuvchi, innovatsiya va ilmiy-texnika taraqqiyotini rag‘batlantirishning 
huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarini yuzaga chiqarish. 
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish va sanoat korxonalarini texnologik 
jihatdan qayta qurollantirishning asosiy vositasi davlatning maqsadli 
dasturlarini ishlab chiqish hisoblanadi. 
Mazkur dasturning maqsadi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: 
natijalari o‘rta muddatli sharoitlarda raqobatbardosh mahsulotlar 
ishlab chiqarishga imkon beruvchi, ilmiy va texnologik innovatsiyalarni 
davlat tomonidan tashkillashtirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; 
ilmiy-texnika tadqiqotlari, amaliy-texnik tadqiqotlar, texnologiyalar 
raqobatbardosh mahsulotni sanoat ishlab chiqarishsiklining uzluksizligini 
ta’minlash; 


161 
dastur doirasida ishlab chiqilgan va o‘zlashtiriladigan, progressiv, 
resurslarni tejaydigan innovatsion texnologiyalar bo‘yicha investitsion 
loyihalarni amalga oshirishga hamkorlik qilish; 
ilmiy innovatsiya va sanoat sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratish. 
Davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solish tizimi quyidagi 
elementlarni o‘z ichiga olishi zarur: 
davlat siyosatining aniq belgilangan maqsadlarini ishlab chiqish; 
belgilangan maqsadlarni amalga oshiradigan boshqaruv organlari va 
ularning funksiyalarini shakllantirish; 
boshqaruv funksiyalarini to‘liq amalga oshirishda tartibga solish 
obyekti va axborot beradigan axborot tizimini shakllantirish; 
davlat boshqaruv organlarining qo‘llab-quvvatlash va tartibga solish 
instrumentlari davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solishning 
asosiy instrumentlariga nafaqat uning elementlari taalluqli bo‘ladi balki 
davlatning ilmiy imtiyozlar tizimiga muvofiq, ilmiy-tadqiqotlar va 
ishlanmalar sohasi o‘rtasida byudjet va byudjetdan tashqari resurslarni 
taqsimlash orqali ilmiy texnika yangiliklarini davlat tomonidan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qo‘llabquvvatlash; 
innovatsion jarayonlarning subyektlariga turli xil imtiyozlarni taqdim 
etish; 
iqtisodiyotda innovatsion muhitni shakllantirish va ilmiy-texnik 
axborotlar milliy xizmatini, patentlash va litsenziyalash, standartlashtirish, 
sertifikatsiyalash, statistika, xorijiy tajribani o‘rganuvchi tahliliy 
markazlar, 
ilmiy-texnik 
rivojlanish, 
prognozlashtiruvchi 
kadrlarni 
tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oluvchi tadqiqotlar va ishlanmalar ta’minoti 
infratuzilmasi hamda ular asosidaqaror qabul qiluvchi shaxslarni ustuvor 
ilmiy, milliy tizimlar bilan ta’minlashdan iborat. 
Innovatsion faoliyatning muvaffaqiyati ko‘proq darajada uni tashkil 
qilish shakllari va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash usullari bilan belgilanadi. 
Yangi ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar davlat milliy kuchining asosiy 
tashkil qiluvchilari bo‘lganlari sari rivojlangan davlatlar innovatsiyalarni 
qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishning turli-tuman imkoniyatlarini 
topadilar. Bunda innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning turli-tuman 


162 
usullari va innovatsiyalarni vositali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlarni 
kengaytirish. 
Rivojlangan mamlakatlar innovatsion faoliyat uchun moliyaviy 
resurslarni davlatning xususiy manbalardan to‘playdilar. G‘arbiy 
Yevropaning ko‘pgina mamlakatlari uchun moliyaviy resurslarni ITTKI 
uchun davlat va xususiy kapital o‘rtasida teng taqsimlanishi 
xosdir.Ma’lumki, ilmiy salohiyat birinchi navbatda fanlarning fundamenti 
tadqiqotlarni rivojlantirishga investitsiyalarning hajmi, patentlar va 
litsenziyalarning soni, jahon ilmiy adabiyotiga ulush va boshqalar bilan 
belgilanadi. Yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlarda ITIga xarajatlar 
YAIM ning 3foiz yaqinini tashkil qiladilar. Moliyalashtirish tizimi orqali 
innovatsion faoliyatni rivojlantirish mumkin. Innovatsion faoliyatda 
korxonalar, sanoat kompaniyalari, moliya sanoat guruhlari, kichik 
innovatsion biznes, investitsion va innovatsion fondlar, mahalliy 
boshqaruv jarayonlarida ishtirok etadilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin