O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Kashfiyotlarni aniqlash bosqichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

Kashfiyotlarni aniqlash bosqichlari 
Kashfiyotni aniqlash 
bosqichlari 
Amalga oshiriladigan ishlar 
1-bosqich 
Asos qidiruv tadqiqotni ilmiy-amaliy injenerlik tadqiqotdan ajratish 
lozim. Tadqiqotning obyekti tabiiy yoki texnik bo‘lishi mumkin va uni 
tartibli amalga oshirish 
2-bosqich 
Kashfiyot predmeti hodisa, xossa, qonuniylikni oldindan belgilash 
3-bosqich 
Kashfiyot shakliga muvofiq kashfiyot predmetini qat’iy shakllantirish 
4-bosqich 
Bunda ilmiy qoidalarni jamoatchilik tomonidan muhokama qilish 
Kashfiyotni himoya qilish maqsadlari quyidagilar hisoblanadi: 
ilmiy mazmun ishonchliligini tasdiqlash uchun; 
muallif va davlat ustunligini o‘rnatish; 
kashfiyot muallifining xususiyatlarini tan olish va unga tegishli 
imtiyozlar berish; 
kashfiyot bilan bog‘liq ilmiy-texnologik masalalarni hal qilishda 
ko‘maklashish; 
fan va texnikadan foydalanish uchun kashfiyotlarni davlat tomonidan 
ma’lumot uchun qabul qilinishi va hisobga olinishi zarur. 
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun 
yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi 
to‘g‘risida”gi Qonuni 1994- yil 6- mayda qabul qilingan va 2002- yil 30- 
avgustda tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan. Ushbu Qonun EHM uchun 
dastur va ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularning huquqiy himoyasi va 
ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni O‘zbekiston 
Respublikasida tartibga soladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va 
ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga 
solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida 
ushbu Qonunda nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, 
xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonun EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazalarini 
mualliflik huquqi obyektlari sirasiga kiritadi.


143 
Obyektiv shaklda ifodalangan, bosib chiqarilgan hamda bosib 
chiqarilmagan, muallif (hammualliflar) ijodiy faoliyatining natijasi 
bo‘lgan, EHM uchun yaratilgan har qanday dastur va ma’lumotlar 
bazalariga nisbatan mualliflik huquqi tatbiq etiladi. EHM uchun yaratilgan 
dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik huquqi isbotlanmagunga 
qadar saqlanib qolaveradi. 
Bugungi kunda kompyuter insonlarning o‘zaro munosabatlari, axborot 
bilan almashishning bosh vositasiga aylandi.Kompyuter har qanday ishda 
insonning eng yaqin yordamchisidir. Lekin kompyuterning o‘zi to‘laqonli 
yordamchi emas. Uning qandaydir masalani hal qilishdagi foydaliligi 
to‘laligicha u ishlaydigan dasturga bog‘liqdir. Dasturiy ta’minot 
kompyuterning jonidir. 
Har qanday EHMni ikki qismga bo‘lish mumkin:
1. Apparat-texnik (hardware)
2. Dasturiy ta’minot (software).
Dasturiy ta’minot yoki EHM uchun dastur bu EHMning tarmoqlari 
va boshqa kompyuter vositalarining muayyan natijalar olish maqsadida 
ishlash uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va buyruqlar majmuidir. 
Mualliflar mulkiy huquqlari shaxsiy nomulkiy huquqlar kabi o‘zining 
huquqiy tabiatiga ega. Agarda, muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari 
uning ajralmas huquqlari toifasiga kirsa, mulkiy huquqlar esa o‘zga 
(uchinchi shaxs)larga ma’lum muddatlarda va ma’lum harakatlarni amalga 
oshirish sharti bilan vaqtincha o‘tkazib turilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar 
to‘g‘risida”gi Qonunining “Muallifning mulkiy huquqlari” nomli 19-
moddasida muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda 
foydalanishda mutlaq huquqlarga ega ekanligi mustahkamlangan. 
Muallifning huquqlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
shaxsiy nomulkiy huquqlar. Bu huquqlar jumlasiga u asarga muallif 
bo‘lish huquqini, asarni nomlash huquqini, asar daxlsizligi huquqini va 
asarni nashr qilish huquqlarini o‘z ichiga oladi;
mulkiy huquqlar. 


144 
Ayrim olimlar mualliflik huquqlarini shaxsiy va mulkiy huquqlarga 
ajratilish zarurati va imkoniyatlarini tan olishmasa, ba’zilari muallif 
huquqlarining bunday ajratilishini shartligi, ba’zilari esa huquqlarni 
bunday turkumlashni nisbiy ekanligini ta’kidlashadi, yana bir guruh 
mutaxassislar muallif shaxsiy huquqlarini intellektual huquqlar jumlasiga 
kiritishadi. 
Muallifning huquqlari o‘zining tarkibiga bir vaqtning o‘zida ham 
shaxsiy, ham mulkiy huquqlarni birlashtiradi, shu ma’noda uning 
intellektual huquqlari, deb yuritish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Muallif 
mulkiy huquqlarining tabiati, muallifning shaxsiy huquqlari tabiatidan 
keskin farq qiladi. 
Innovatsion salohiyatni oshirishda innovatsion loyihalarni tuzish va 
ishlab chiqish muhim o‘rin egallaydi. Chunki, innovatsion loyihalar 
amalga 
oshirilayotgan 
yangiliklarning 
samaradorligini 
aniqlaydi. 
Amaliyotda innovatsion loyihalarning foydaliligi uning rentabelligi bilan 
baholanadi. Innovatsion loyihalar rentabellik koeffitsienti darajasi birdan 
past bo‘lsa unday loyihalarni to‘xtatib quyish kerak. 
Patentlash – O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, korxonalari, 
ayrim fuqarolarining chel el patentlari va boshqa tegishli muhofaza 
hujjatlarini ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalariga olish 
maqsadida, shuningdek tovar belgilarini amalga oshiriladigan barcha ishlar 
majmui. 
Patentlar, savdo belgilari va litsenziyalarni mohiyatini Kouz 
teoremasida keltirilgan qonuniyat bilan tushuntirish mumkin. Kouzning 
fikricha patentlash jarayoni faqat iqtisodiy samarani emas, balk atrof muhit 
tozaligi va xavfsizligi masalasini o‘z ichiga olishi shart. Patent 
berayotganda patent egasiga atrof muhitni ifloslantirish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar va soliq tizimi tomonidan alohida yondashuvni ham vazifa 
yoki burch sifatida berish mumkin”
20
.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va korxonalari uchun 
patent olishga vakolatlangan vazifasini bajaradi, talabnomachi huquqiy 
20
Innovation, intellectual property, and economic growth / ChristineGreenhalgh and Mark Rogers.USA 
Princeton University Press, 2010 . 45-б.


145 
tavsifdan hujjatlar (dalolatnoma, berganlik hujjatlari va boshqalar)ni 
rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatadi. talabnomani chet elga jo‘natadi, 
chet el patent idorasi bilan (chel eldagi patent olishga patent idorasining 
ishonchli vakillar orqali) aloqani amalga oshiradi. Patent idorasi qarorlari, 
patent olishga vakolatlangan Patent idorasining vakillarining so‘rovini va 
tarjimasini ta’minlaydi, bu qaror va so‘rovlarga javoblar tayyorlashga, 
shuningdek mamlakatlar patent ma’muriy, appelyasiya va boshqa 
idoralarida mamlakat sanoat mulklari bo‘yicha ishlar ko‘rilishida 
yordamlashadi. 
Chet elda patentlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi. 
Patentlashtiruvchi korxona, sanoat mulklarini chet elda patentlash 
to‘g‘risida qaror qabul qilsa, agar konvensiyaviy ustuvorlik talabnomasi 
uchun yoki boshqa vaziyatlarga ko‘ra bundan ko‘ra istisno va talab 
etilmasa, sanoat mulk tavsifini (uning tushuntiruvchi chizmasini) 
tayyorlaydi. 
Sanoat 
mulklarini 
patentlashga 
mo‘ljallanayotgan 
mamlakatning patent qonunchiligi o‘sayotgan talablarga muvofiq tavsif 
o‘zbek va tegishli chet tilida tayyorlanadi. Bu tavsif yetarli nusxada 
ko‘paytiriladi va jo‘natishdan oldin O‘zbekiston Respublikasining Patent 
idorasida sanoat mulkini tavsifi va chizmalari chet elda patentlash xizmati 
bilan kelishib olinadi. 
Kouzning fikricha, mamlakatlarda patentlash tizimi mulkchilik huquqi 
bilan chambarchas bog‘liq ravishda raqobatdosh yoki noraqobatdosh 
mahsulotlarga nisbatan o‘zgacha yondashuv bo‘lishi kerak, ya’ni 
patentlashda mahsulot turini raqobatdoshlik darajasini mulk qo‘mitalari 
aniqlab berishlari shartdir. Bunday deb ta’kidlashiga sabab, bu kabi 
aniqlashtirishlar iqtisodiy ahamiyatga egadir
21

Chet elda patentlash uchun tayyorlangan talabnoma materiallarini 
Patent idorasi kelishib olish uchun patentlashtiruvchi korxonaga yuboradi, 
u bir oy ichida mualliflar bilan talabnoma materiallari kelishilganligini 
ta’minlaydi yoki o‘z mulohazalarini bayon qilib patent idorasiga qaytaradi. 
Agar korxonadan belgilangan muddatda hech qanday ma’lumot kelmasa, u 
21
Innovation, intellectual property, and economic growth / ChristineGreenhalgh and Mark Rogers.USA Princeton 
University Press, 2010 . 46-б. 


146 
holda patent idorasi materialni kelishilgan deb hisoblaydi. Har qanday 
vaziyatda ham talabnoma materiallarini kelishib olish bilan bog‘liq ishlar 
konvensiya ustuvorligini yo‘qotishga sabab bo‘lmasligi lozim. 
Patentlashtiruvchi korxona, maxsus so‘rovni kutmay, sanoat 
mulklarini patentlash haqidagi qarorni olgan kundan boshlab bir oy 
muddatda O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasiga mualliflar, 
talabnomachilar haqidagi barcha ma’lumotlarni ixtironi patentlash 
bo‘yicha chel elda ish olib borish va rasmiylashtirish uchun tadim etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi sanoat mulklarini patentlash uchun chet el patent 
idoralariga talabnomani O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasiga 
jo‘natadi va ular bilan yozishmalar olib boradi. 
Texnika obyektlarining patentga loyiqligini va patent sofligini 
aniqlash tartibi. 
Sanoat mulklarini patentlash bilan bir qatorda O‘zbekiston 
Respublikasining chet davlatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy 
aloqalari rivojlanishi munosabati bilan patent tavsifidagi boshqa masalalar 
ham yuzaga keladi. Shulardan biri, O‘zbekiston Respublikasi sanoat 
mahsulotlari 
(mashina, 
qurilmalar)ning, 
shuningdek 
texnologiya 
jarayonining 
patent sofligini aniqlash hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi korxonalari chiqarayotgan buyumlar uchun patent sofligini 
ta’minlash zarurati mamlakat uskunalarini eksport qilish bilan bog‘liq 
tarzda yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari chel elda korxonalar qurilishiga 
texnikaviy hamkorlik qilish va chel el firma hamda korxonalarining 
O‘zbekiston Respublikasiga beradigan patentlari sonining ko‘payishi 
tufayli ham shunday zarurat paydo bo‘lmoqda. Patent sofligi - patent 
egasining huquqiy obyekti bilan bog‘liq tushuncha. Patent egasi 
huquqining buzilishi bir qator mamlakatlarda tovarlarni ushlab olish, 
jarima solish, ba’zan esa jamoa olishgacha olib keladi. Patent egasi 
shunday qoidabuzarlik tufayli ko‘rgan zararini qoplashni talab etishi 
mumkin. 
Qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish usullari yoki qandaydir 
boshqa obyektlar qaysi mamlakatda amal qilayotgan patentga xilof 
bo‘lmasa shu mamlakatda patent sof hisoblanadi. 


147 
Patent sofligi tushunchasini patentga loyiq tushunchasi bilan 
aralashtirmaslik lozim. O‘rtadagi farq avvalo shundan iboratki, “patent 
sofligi” atamasini moddiy obyektlar (mashina, qurilmalar va h.k.)ga 
taalluqli, “patentga loyiq” atamasi esa texnikaviy yechimga tegishli. Patent 
sofligi deganda, muayyan buyum begona patent ta’siri ostiga tushib 
qolmasligi nazarda tutiladi. Patent sofligiga ega buyum boshqa 
mamlakatlarda mavjud bo‘lgan patentlarga xilof bo‘lmaydi, shuning uchun 
unga nisbatan boshqa patent egalari tomonidan hech bir da’vo bo‘lmaydi. 
Agar buyumdagi texnikaviy yechimga patent olish mumkin bo‘lsa, unda 
bu yechim patentga loyiq hisoblanadi. 
Patent sofligi va patentga loyiqlik masalasi bir vaqtda yuzaga kelishi 
mumkin, lekin ularning mohiyati har xil. Shunday qilib, patent sofligi 
texnika obyektining huquqiy xossasi bo‘lib, u mazkur mamlakatlarda amal 
qiluvchi patentlar mutlaq huquqi uchinchi shaxsga taalluqli degan xavfdan 
holi, erkin foydalanish mumkinligidan iboratdir. Patent sofligi qandaydir 
bir mamlakatga nisbatan yoki bir necha mamlakatlarga nisbatan 
ta’minlanishi mumkin. Sanoat mulklariga bo‘lgan huquqning hududiy 
tavsifiga ko‘ra, qandaydir texnika obyekti (buyum) patenti, masalan, 
AQSHda berilgan patent ta’siri ostida bo‘lishi mumkin.Shu bilan birga 
Hindistonga nisbatan patent sofligiga ega bo‘lishi mumkin. Patent sofligini 
aniqlash, u yoki bu mamlakatda berilgan patentning amal qilish muddati 
bilan ham bog‘liq. 
Patent huquqi. U dastlab feodalizmning so‘ngi davrlarida feodal 
jamiyat negizida xo‘jalik yuritishning kapitalistik usuli vujudga kelib, 
rivojlana boshlashi bilan yuzaga keldi (4.3.1-rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin