O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Innovatsion marketing bilan an’anaviy marketing



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

5.2.1-rasm. Innovatsion marketing bilan an’anaviy marketing 
vositasida mahsulotning bozorga siljitishning umumiy ko‘rinishi
Ushbu 
marketing 
vositalari 
mahsulot 
siljitish 
holatidan 
foydalanishni quyidagicha ifoda etiladi: 
an’anaviy marketing vositalaridan innovatsion mahsulotlarni 
siljitishda foydalanish; 
an’anaviy mahsulotni innovatsion marketing vositalari bilan 
siljitishda foydalanish; 
Bozor 
Innovatsion mahsulot 
An’anaviy mahsulot 
Innovatsion 
marketing 
An’anaviy 
marketing


169 
innovatsion 
marketingdan 
an’anaviy 
mahsulotlarni 
hamda 
innovatsion mahsulotlarni siljitishda qo‘llash. 
Korxonada marketing faoliyatini tashkil etish I.Ansoff va ko‘plab 
xorijiy tadqiqotchilar tomonidan “mahsulot-bozor” portefeli doirasidagi 
muhim bir yo‘nalish sifatida o‘rganilgan. Har bir mahsulot bozordagi 
talabning har qanday sharoitida sotilishi va uning iqtisodiy natijadorligi 
bilan belgilanadi. Shuning uchun biz mavjud bo‘lgan va innovatsion 
mahsulotni bozorga siljitishda pozitsiyasini belgilovchi “mahsulot-talab-
marketing” matritsiyasi asosiy jarayon hisoblanadi 
Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar korxonaning mahsulot va 
xizmatlar bilan savdo qilishi uchun yangi narx strategiyalaridan 
foydalanishini bildiradi. Marketing vositalaridagi mavsumiy, doimiy yoki 
boshqa joriy o‘zgarishlar yangilik olib kelmasalar bu jarayon marketing 
innovatsiyalari hisoblanmaydi. Mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar bilan 
marketing innovatsiyalarini bir-biridan farqlovchi asosiy mezon – bu 
mahsulotning funksiyalarida yoki undan foydalanish usullarida jiddiy 
o‘zgarishlar mavjudligidir. Agar mahsulot va xizmatlarning funksional 
yoki foydalanish xususiyatlari mavjud mahsulot va xizmatlardan 
yaxshilanishi bu mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar hisoblanadi. 
Mahsulot dizaynidagi o‘zgarishlar esa uning funksional yoki iste’mol 
xususiyatlari sezilarli darajada o‘zgarmagan bo‘lsa, bu marketing 
innovatsiyalari hisoblanadi. 
Jarayonlar bo‘yicha va marketing innovatsiyalari o‘rtasidagi farq 
quyidagicha namoyon bo‘ladi. Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar 
mahsulot birliklariga xarajatlarni kamaytirish yoki sifatini oshirishga 
yo‘naltirilgan ishlab chiqarish va mahsulotlarni yetkazib berish usullarini 
takomillashtirish bilan bog‘liqdir. Marketing innovatsiyalari esa sotish 
hajmini yoki mahsulotlar narxini (yangi narx strategiyalarini qo‘llagan 
holda) oshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
XX asrning ikkinchi yarmida G‘arbda kuzatilgan o‘ziga xos bashorat 
shov-shuvi Rossiya bashoratchilk maktabi Yetakchisi I.V.Besstijev Lada 
tomonidan tuzilgan klassik bashoratchilik antologiyasida yaqqol tasvirlab 
berilgan. Intellektual va siyosiy doiralarda qizg‘in munozaralarga sabab 


170 
bo‘lgan o‘nlab fundamental asarlarda jahon rivojlanishi istiqbollari turli 
ssenariylardaeng yorkin ranglardan boshlab katastrofik holatlargacha 
asoslab berilgan. Uzoq muddatli u yoki bu bashorat ssenariylarini asoslab 
berish uchun foydalanilgan ko‘plab global modellar yaratilgan. Ushbu 
bashoratchilikka BMT ham qo‘shilgan bo‘lib, uning tarkibida “Bashorat 
va istiqbolli tadqiqotlar” bo‘limi tashkil qilingan. Nobel mukofoti 
sovrindori V.V.Leontev rahbarligidagi BMT ekspertlar guruhi tomonidan 
o‘tgan asrning 70- yillarida o‘ziga xos tarmoqlararo balansning 
mintaqalararo modeli asosida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining 2000- 
yilgacha bo‘lgan bashoratlari ishlab chiqilgan. 
Biroq 80- yillar oxirlariga kelib bashoratchilik to‘lqini pasaya boshladi 
vabuning sababi oddiy edi.Jahon industrial jamiyatdan postindustrial 
jamiyatga o‘tib, tendensiyalar o‘zgardi va chuqur bifurkatsiyalar klasteri 
vujudga keldi. Avvalgi bashoratlar va ularning metodologik asoslari bu 
muhitda o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgan bo‘lib, yangi metodologiya esa hali 
rivoj topmagan edi. 
O‘tish davrida ijtimoiy va texnologik tizimlar traektoriyasi keskin 
o‘zgaradi. Ularning ayrimlari o‘tmishda qolib ketib, ularning o‘rniga 
yangilari paydo bo‘ladi va jahon miqyosida keng tarqaladi. Bu davrda 
oldindan ko‘ra bilishning qiyinligi an’anaviy inqilobiy paradoks e’lon 
qilingan bo‘lib, maqsadlar va amalda erishilgan natijalar o‘rtasidagi farqlar 
bilan ham izohlanadi. Lekin shunga qaramay XX asrning yirik olimlari 
qalamiga mansub bo‘lgan eng oxirgi asarlardan birida insoniyatning 
rivojlanishiga doir asosli bashoratlar, ekologik va sivilizatsiya 
inqirozlarining bartaraf etilishiga qaratilgan.
Sivilizatsiya strategiyasining paydo bo‘lishi hayotiy ahamiyatga ega 
bo‘lib u tabiat strategiyasi bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Bu esa 
insoniyat tarixida uning kuch-quvvati o‘sishi bilan birga kuzatiluvchi sifat 
yangiligidir. Bizni nafaqat ekologik balki sivilizatsiya inqirozi kutib 
turibdi. O‘z mohiyatiga ko‘ra biz sivilizatsiya tarixining butkul yangicha 
bosqichi esa butun xalqlar oldida sog‘lom turmuz tarzini shakllantirish 
strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Bunday strategiyani uzoq muddatli 
bashoratlarsiz, tabiat va jamiyat rivojlanishining muqobil yo‘llarini 


171 
oldindan ko‘ra bilmasdan turib amaliy jihatdan ishlab chiqish mumkin 
emas. 
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib har bir faoliyatda yangicha 
qarash, yangi xomashyolarni yaratish va ishlab chiqarishga sarflash, 
iste’molchilar ehtiyojini to‘laqonli qondirishga qaratilgan faoliyatini 
amalga oshirish, innovatsion mahsulotni siljitishgacha bo‘lgan barcha 
jarayonlarning har birida innovatsion marketingni o‘zida namoyon qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin