179
korxonani shaxsiy mablag‘lar, foyda, ammortizatsion ajratmalar,
sug‘urtali to‘lovlar, nomoddiy aktivlarning jalb qilinmagan ortiqchalari,
asosiy va aylanma mablag‘lar;
jalb qilingan mablag‘lar, aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar
hamda badallar, maqsadli tushumlar
va boshqalar;
har-har xil turdagi byudjet, bank va tijorat kreditlari ko‘rinishdagi
qarz mablag‘lari va hakozalar.
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion
loyihalarni moliyalashtirishda investitsion va moliyaviy resurslarni qidirib
topish muhim omil hisoblanadi. Buning natijasida intelektual bozor, oliy
ta’lim muassasalarida innovatsiyalarni tijoratlashtirish bo‘limlari,
innovatsion
biznes markazlari, novatorlik korxonalari, ilmiy xodimlardan
tashkil topgan har xil uyushmalar, sanoat
firmalarining innovatsion
bo‘linmalari shakllantiriladi.
Intelektual bozor talabi – ishlab chiqarishda qo‘shilga qiymatni
o‘sishi, aqliy mulkni himoyalash va innovatsion infratuzilmani
shakllantirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy bazasini yaratish zarur.
Innovatsion bozorni samarali faoliyat yuritish bevosita raqobat muhitini
ta’minlash va fandagi yakka hokimlikka faol qarshilik ko‘rsatishini ko‘zda
tutadi. Yakunlangan ishlab chiqarishlarni
tijoratlashtirish, ijara, lizing, va
boshqa bozor qurollari hisobiga ilmiyishlab chiqarish infratuzilmasidan
to‘liqroq foydalanishga yordam beradi.
Bozor munosabatlarini rivojlanishi bilan xatarli (venchurli)
sarmoyalar
fondlarini
innovatsion
loyihalarni
moliyalashtirishga
yo‘naltirish uchun sharoitlar vujudga keladi. Jahon amaliyotida asosiy
sarmoyadagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun qarz
mablag‘lari, ayniqsa bank kreditlari keng qo‘llaniladilar.
Innovatsion
loyihalarni moliyalashtirishning eng keng tarqalgan shakllaridan biri
aksiyalar va obligatsiyalarni bosib chiqarish hamda ulushli yoki qarzli
turdagi emissiya (bosib chiqarish)dir.
Innovatsion
loyihalarni
moliyalashtirish
jarayonlarni
takomillashtirishda turli infratuzilmalarga birlashgan moliya-sanoat
180
guruhlari, konsorsiumlar, strategik al’yanslar
hamda loyihaviy
moliyalashtirish va venchurli fondlarga alohida e’tibor qaratish kerak.
Innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish uchun yirik
kompaniyalarga innovatsion axborotlarni kelib tushishi uchun axborot
vositalaridan foydalanish va norasmiy korxonalarga murojaat qilashiga
zaruriy sharoitlarni yaratish lozim.
Innovatsion loyihaviy moliyalashtirish
jarayonida innovatsion
fondlar, ixtisoslashtirilgan moliya kompaniyalari, xalqaro moliyaviy
korxonalar, sug‘urta va lizing kompaniyalarini yangilik kiritish bo‘yicha
institutsional tuzilmasining shakllantirish muhim hisoblanadi. Ammo,
tijorat banklari, shu jumladan ixtisoslashgan
investitsion va innovatsion
banklar kreditlarning asosiy manbalari bo‘ladilar.
Jahon
amaliyotida
qabul
qilingan
innovatsion
faoliyatni
moliyalashtirishning asosiy tashkiliy shakllari berilgan (5.3.1-jadval).
5.3.1-jadval
Dostları ilə paylaş: