166
5.2.1-jadval ma’lumotlaridan kelib chiqadiki, asosiy muvaffaqiyat
omili mahsulotning bozor talablariga moslashganligi hisoblanadi. Bu
innovatsion marketingning asosiy kompetensiyasi hisoblanadi.
Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati
shundaki, ular jismoniy jihatdan mavjud mahsulot bilan emas, balki uning
ishlab chiqarilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy
marketingdan
farqli ravishda, marketing tadqiqotlari o‘tkazishda katta
qiyinchiliklar yuzaga keltiradi.
Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori konyunkturasini
o‘rganish, innovatsion loyihani biznesloyihalashtirish, uni amalga
oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar
diffuziyasi va daromad olishgacha bo‘lgan
butun innovatsion siklning
tizimli integratsiyasini ifodalaydi.
Innovatsion marketing obyekti intelektual mulk, yangi materiallar va
tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar
va xizmatlarni siljitish yangi usullari, boshqaruvning yangicha tashkiliy
shakllari hisoblanadi.
Innovatsiyalar yaratish mamlakatimizda doimo muhim ahamiyatga
ega bo‘lib kelgan. Biroq bugungi kunga kelib,
raqobat kurashida
innovatsiyalar ishlab chiqarishni emas, ularni amaliy qo‘llashni
tashkillashtirishdan iboratdir. Korxonalarda innovatsion marketingni
iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganishda turli strategiyalardan foydalanish
talab etiladi, ya’ni o‘zaro munosabatlar marketing,
ijtimoiy marketing,
B2B, B2C, xolistik marketing, “yashil” marketing, geomarketing, tarmoq
marketing, taassurotlar marketinggi, neyromarketing strategiyalari kabi
turlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu innovatsion
marketing strategiyasi turlaridan mamlakatimiz korxonalarda, ularning
yangi mahsulot ishlab chiqarishida hamda xizmat ko‘rsatishida
yangi
bozor segmentlarini o‘zlashtirishda, korxonaning raqobatli ustunligini
yaratishda samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Korxonalar faoliyatida innovatsion marketing strategiyalaridan
samarali foydalanish orqali yangi xizmatlar to‘rini yanada kengaytirish,
167
ushbu xizmatlar bilan nafaqat ichki bozorda,
balki tashqi bozorda ham
yangi xizmat ko‘rsatish turlarini ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda “Innovatsion marketing” – marketing faoliyatidagi
yangi paydo bo‘lgan yo‘nalish hisoblanib, innovatsion mahsulot va
xizmatlarni shakllantirishda ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy qilish
hamda ushbu innovatsion g‘oyani tijoratga tayyorlashni amalga oshiradi.
U korxonaga innovatsion mahsulotni maksimal
samara bilan joriy qilish
imkonini beradigan usul va vositalar majmuidan foydalanadi. Innovatsion
marketing texnologiyalarini o‘z vaqtida qo‘llash innovatsion ishlab chiqish
bilan bog‘liq risklarni pasaytiradi, chunki ular potensial talabni baholash,
maqsadli bozor segmentini aniqlash va ishlanmalarini davom ettirish
kerakmi, ular kutilgan samarani beradimi degan savollarga javob berishga
imkon yaratadi.
Xizmat ko‘rsatishda esa
Dostları ilə paylaş: