O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

Takrorlash uchun savollar 
 
1.
Yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish shartlarini 
sharhlab bering? 
2.
Yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo‘yicha 
faoliyatini aytib bering? 
3.
Innovatsion infratuzilma yaratish va rivojlantirish zarur? 
 
Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar 
 
1.
Atkinson, Robert D. Innovation economics: the race for global 
advantage Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale University 
Press, 2012 
2.
Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 
2014 by Pearson Education, Inc.p.154. 
3.
Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. T.: 
TDIU,2013 y. 


163 
5.2.Innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish 
Bugungi kunda mamlakatimizdagi korxonalar faoliyatida innovatsion 
marketing usullaridan foydalanishda yangi tovarlar (xizmatlar) ishlab 
chiqarishga va ularni bozorga kiritishga, korxonaning bozordagi brendini 
yanada kuchaytirishga, reklama faoliyati samaradorligini oshirish, ichki va 
tashqi bozorlarda tovarlar raqobatbardoshligi va sifatini yanada oshirishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda . 
Marketing innovatsiyalari deganda yangi yoki sezilarli yaxshilangan 
marketing uslublarini joriy etish tushuniladi. Bular o‘z ichiga quyidagilarni 
oladi: 
mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishida jiddiy o‘zgartirishlar; 
mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‘yicha ularni bozorlarga tanitish 
va olg‘a siljitish bo‘yicha yangi uslublardan foydalanish;
yangi narx strategiyalarini shakllantirishni oladi.
Bu o‘zgartirishlar mahsulot iste’molchilarining ehtiyojlarini to‘laroq 
qondirishga, sotish hajmini ko‘paytirish maqsadida mahsulotlar va 
xizmatlar iste’molchilarining tarkibini kengaytirishga yo‘naltirilgan 
bo‘ladi. Mahsulot dizaynidagi o‘zgartirishlar yangi marketing 
konsepsiyasining bir qismi bo‘lib, ular mahsulotning shakli va tashqi 
ko‘rinishidagi o‘zgartirishlarni o‘z ichiga oladi. Bular mahsulotning 
funksional va foydalanish xususiyalariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuningdek, 
bunday o‘zgartirishlarga qadoqlanishi tashqi ko‘rinishini ta’riflab beruvchi 
iste’mol mahsulotlari, ichimliklar, yuvish vositalari kabi mahsulotlarning 
qadog‘idagi o‘zgartirishlar ham kiradi. 
Mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‘yicha yangi uslublardan 
foydalanish sotishni kengaytirish bilan bog‘liqdir. Bunga logistika 
(xomashyo, tarkibiy qismlar va tayyor mahsulotlarni tashish va 
omborxonalarda saqlashni boshqarish) uslublari kirmaydi. Mahsulot 
(xizmat)larni bozorga tanitish va olib chiqishning yangi uslublaridan 
foydalanish korxonaning mahsulot va xizmatlarini olib chiqish uchun 
yangi konsepsiyalardan foydalanishni anglatadi. Yangi texnologiyalarning 
rivojlanishi va ularning asosida tamomila yangi tovar va xizmatlar turlarini 
sotish 
tezligi 
shunga 
olib 
kelmoqdaki, 
bozordagi 
vaziyat 
va 


164 
iste’molchilarning ehtiyojlari tobora o‘zgarmoqda. Iste’molchi nimani, 
qayerdan qanday ko‘rinishda va qanday narxda sotib olishni istashini 
aytmoqda. Marketing konsepsiyasini tushunishga yangicha yondashuv 
ya’ni maqsadli guruhlar strategik bozor segmentidan potensial mijozlar 
bilan yaqinroq ishlashga asoslanmoqda. Bozor tadqiqotlari yordamida bir 
xil iste’molchilar guruhlarini ajratib, stategik segmentlarni aniqlangan 
holda korxona sezilarli miqdorda mablag‘lar talab qiladi hamda mavjud 
potensial mijozlar bilan kelgusi aloqalarda ko‘proq unumdorlikka erishadi. 
Tanlab 
olingan 
bozor 
sektorlari 
bilan 
faol 
kommunikatsiyalar 
iste’molochilarning katta qismi e’tiborini jalb etishga imkon beradi va 
ularning aksariyati kompaniya mijozlariga aylanadi. Mana shu sababdan 
XXI asrning boshlaridan boshlab turli tarmoqlarda bozor Yetakchilarining 
ko‘pchiligi reklama, to‘g‘ridan to‘g‘ri sotuvlar, ichki firma munosabatlari 
uchun javob beradigan bo‘limlarni birlashgan kommunikatsiya 
xizmatlariga birlashtirish ro‘y beradi. Integratsiyalashgan marketing 
kommunikatsiyalardan foydalanuvchi kompaniyalar soni o‘smoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan Respublika “Innovatsion 
g‘oyalar, ishlamalar va texnologiyalar”, “Sanoat yarmarkasi va 
kooperatsion birjalar yarmarkasi”da taqdim etilgan ilmiy-tekshirish 
ishlamalari va texnologiyalari, qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarilgan 
tovar va xizmatlarni sifat ko‘rsatkichlari xalqaro ISO standart talablariga 
mosligi va O‘zbekistonda lokalizatsiya filingan import o‘rnini bosuvchi va 
eksportga yo‘naltirilgan ko‘plab tovarlar ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi davrda respublikamiz kundalik hayot va uning dinamikasi 
o‘zgarib bormoqda, bu esa iqtisodni yangilashda marketing tadqiqotlarini 
natijalarini tahlil qilib, yaqin kelajakka va uzoq davrga nisbatan 
innovatsion strategiyani tanlash, rejalash va amalga oshirishni bu esa 
O‘zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyatida obro‘sini oshirishda 
va iqtisodiyotini yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodiy o‘sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ilmiy-texnik 
innovatsiyalar hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kichik biznes 
va tadbirkorlik korxonalarida innovatsion jarayon markaziy rol 
o‘ynaydi.Innovatsiyalar esa texnik taraqqiyot sur’ati yuqori bo‘lgan 


165 
tarmoqlarda asosiy raqobat quroli hisoblanadi. Texnik taraqqiyot va 
iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi institutlarga alohida e’tibor 
qaratgan. XX asrning birinchi yarmi iqtisodchisi Yozef Shumpeter (1883-
1950) innovatsiyalarni olg‘a suruvchi va unda normal darajadan katta 
bo‘lgan daromadning asosiy manbasi bo‘luvchi raqobat mexanizmini 
ko‘rsatib bergan. 
Martekingning uchta asosiy aspekti sanoatning rivojlanishiga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Birinchisi innovatsion musobaqadir. Firmalar 
musobaqasida birinchi bo‘lib innovatsiyaga erishgan firma marteking 
sohasida ham Yetakchi hisoblanadi. Ikkinchisi, yirik firmalar bozorda 
innovatsiyalarni izlash bilan bog‘liq ishlarni doim takomillashtirishga 
harakat qilishlaridir. Uchinchisi, Kristensen (1997) bozor talabi asosiy 
innovatsiyalarga bo‘lgan talabni aniqlashtiruvchi omil ekanligini ta’kidlab 
o‘tgan. 
Innovatsion faoliyat yo‘nalishlari eng avvalo ishlab chiqarishni 
takomillashtirish 
vazifalari 
va 
imkoniyatlari 
bilan 
emas 
balki 
iste’molchilarning yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal 
ko‘rishini o‘rganish natijalari bilan belgilanishi lozim. Yangi mahsulot 
ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ushbu mahsulotni tajriba joylarida 
so‘ngra esa bozorda tekshirib ko‘rishga ko‘proq e’tibor qaratish kerak. 
Yangi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar 
o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar yangi mahsulot muvaffaqiyatinning 
quyidagi omillari aniqlab berdi (5.2.1-jadval). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin