Takrorlash uchun savollar
1. Innovatsiya faoliyatiga davlatning faol aralashuv strategiyasining
maqsadi nimadan iborat?
2. Ilmiy faolliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini
tushuntiring?
3. Ilmiy-texnik raqobat nima?
4. Innovatorlar mehnatini rag‘batlantirish deganda nimani
tushunasiz?
5. Xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini aytib bering?
6. Innovatsion faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik shartnomalarni
ahamiyati.
16
Ульяновский А.В. Маркетинговқе коммуникации: 28 инструментов миллениума / А.В. Ульяновский
М.: Эксмо, 2008. – с.17
120
7. Innovatsion texnologiyalarni yaratishda hozirgi davr ilm fanning
ahamiyati.
8. O‘zbekistonda intellektual mulk yutuqlaridan foydalanishning
iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar
1.
Atkinson, Robert D. Innovation economics: the race for global
advantage / Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale University
Press, 2012
2.
Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth,
2014 by Pearson Education, Inc.p.154.
3.
https://www.youtube.com/watch?v=omYJhCLi9XI
An Insight, An
Idea with Clayton Christensen - World Economic Forum
4.
www.aup.ru
innovatsionnыe sistemы natsiy.
121
4-BOB. MAMLAKATIMIZNING MILLIY INNOVATSION
TIZIMINI RIVOJLANTIRISH
4.1.
O‘zbekiston milliy innovatsion tizimi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ichkiva tashqi bozorlarda ham xaridorgir,
ilm talab va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab
chiqarishning o‘rni katta. Shu bois, butun dunyoda yangi va ilg‘or
texnologiyalarni bozor qiymati oshib bormoqda. O‘zbekiston bu
yo‘nalishda o‘ziga xos salohiyatga ega hisoblanadi. Bugungi kunda
davlatimiz
rahbarining
ilm-fanni
rivojlantirishga
katta
e’tibor
qaratayotgani tufayli ushbu salohiyat yuksalib bormoqda. Har yili
istiqbolli ilmiy g‘oya va loyihalarni amalga oshirish uchun davlat grantlari
ajratilmoqda.
Davlat
ilmiy-texnik
dasturlari doirasida ro‘yobga
chiqarilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar jahon ilm-fani uchun
ham katta ahamiyatga egadir. Olimlar o‘z ishlarini, birinchi navbatda,
iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar oldida turgan aniq vazifalarni hal etishga
yo‘naltirayotir.
Innovatsion salohiyatni oshirish kichik korxonalarni rivojlantirish
bilan bog‘liq. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kichik korxonalar katta
korxonalarga qaraganda, 4 barobar ko‘p innovatsiyalar yaratadi yoki ilmiy
tadqiqotga kiritilgan har bir dollarga kichik innovatsion korxonalar 2,5
barobar ko‘p mahsulot yaratadilar. Korxonalarda innovatsion salohiyatni
baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish muhim ahamiyatga
ega:
- ilmiy-texnik salohiyat (ilmiy darajaga ega xodimlar soni, bir
xodimga to‘g‘ri keladigan ratsionalizatorlik takliflar soni, patentlar soni va
boshqalar);
- kommersializatsiya ko‘rsatkichlari (ishlab chiqarilayotgan mahsulot
hajmida yangi mahsulot ulushi, litsenziya shartnomalari soni va
boshqalar);
- bajarilayotgan ishlarning davomiyligi (innovatsion davrning
kattaligi);
122
- innovatsiyaning boshqarilayotgan tizimi tavsifi (korxonada
innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish shakllari, yuqori darajadagi
rahbarlarning innovatsion loyihalarni amalga oshirishda qatnashishi,
innovatsion faoliyatga qatnashuvchilarga erkinlik darajasini ta’minlanishi).
Innovatsion faoliyat maqsadlarni amalga oshirish miqyosi va
xususiyatlardan kelib chiqib, innovatsion strategiyani ishlab chiqish
mumkin.
Innovatsion
strategiya
korxonaning
uzoq
muddatga
rivojlanishida
innovatsion
salohiyatdan
samarali
foydalanishini
ta’minlaydigan tadbirlar majmuasidir. Innovatsion o‘zgarishlar raqobat
afzalliklari asosida o‘rganilib, quyidagi strategiyalar ishlab chiqiladi:
- differensiatsiyalash;
- xarajatlarni pasaytirish;
- eng yaxshi qiymat.
“Innovatsiyalarning iqtisodiy ahamiyatini misollarda ko‘rib chiqish
materialni tushunishni yanada soddalashtirish lozim. Shunday ekan
innovatsiyalarning turli mamlakatlar, xususan, Xitoy, Tayvan, Koreya va
Singapurlar misolida mamlakat sanoatida va iqtisodiyotining o‘sishidagi
ahamiyati e’tiborga sazovordir. Ularning innovatsion rivojlanishi boshqa
Yevropa mamlakatlariga nisbatan ancha tez bo‘lganligi sababi, bu
mamlakatlar innovatsiyalarni yaratish uchun texnologiyalarni xorijdan
sotib olib, o‘zlari uni takomillashtirish ustida ishlashgan.
“Milliy innovatsion tizim” tushunchasini fanga dastlab amerikalik
olim K.Frimen 1987 yilda kiritgan. “Milliy innovatsion tizim” turli
istitutlarni birgalikda yoki alohida yangi texnologiyalarni yaratishga hissa
qo‘shgan va hukumat a’zolarining yangi siyosatni ishlab chiqash va
amalga oshirishga ta’sir etuvchi innovatsion jarayondir. U o‘zaro
bog‘langan institutlar tizimi bo‘lib, ular “bilimlar, yangiliklar va yangi
texnologiyalarni tashkil etish, saqlash va uzatishni amalga oshiradilar”
17
.
Dunyo olimlarining fikricha mamlakat innovatsion taraqqiyoti to‘g‘ri
olib borilgan innovatsion siyosatga bog‘liq.Rivojlanish yo‘lidan
borayotgan har bir davlatning innovatsion siyosatini bosh maqsadi milliy
17
Freeman.C (1995), “The National System of Innovation in Historical Perspective”, Cambridge Journal of
Economics, No. 19, pp. 5-24
123
innovatsion tizimning barcha zaruriy unsurlari shakllanishi va o‘zaro
integrallashgan aloqada bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Innovatsiyalar u
yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli
erishgan yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari
va hokazo.) foydalanish tushuniladi.
Bugungi kunda yangiliklar, ularni amalga oshirish, samarali joriy
etish va ulardan oqilona foydalanish yo‘nalishlari, bozorni egallash,
iste’molchilar talabini qondirishga qaratilgan strategiyalarini o‘rganuvchi
alohida fan vujudga keldi. Innovatsiyalarning har bir necha turlarini
ajratish mumkin. Iqtisodiyotda mahsulot va jarayon innovatsiyalari degan
tushuncha bo‘lib, ular o‘ziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi.
Jarayon innovatsiyasi ko‘proq foyda olishga qaratilgan yangicha
ishlash uslubi, ishlab chiqarish, sotuv jarayonlarini oqilona tashkil etish va
bajarishni yanada takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. Innovatsion
jarayonlarga innovatsion marketing va menejment, raqobat, liderlik
strategiyalarini misol qilishimiz mumkin. Bunday innovatsion jarayonlar
yirik kompaniyalar raqobatbardoshligi ortishida markaziy rol o‘ynaydi.
Innovatsion jarayon yangi g‘oya paydo bo‘lganidan tortib to bozorda
sotiladigan mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarish amalga oshirilgunga
qadar bo‘lgan o‘zaro bog‘liq bosqichlar murakkab zanjirini ifodalaydi.
Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketma-
ketlikdagi zanjiri bo‘lib, uning davomida yangilik oddiy bir g‘oyadan
muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha “pishib etadi” va
xo‘jalik amaliyotida tarqaladi
18
.
Innovatsion jarayon subyektlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1.
Korxonada faoliyat yuritayotgan novatorlar fan-texnika taraqqiyot
generatori.
2.
Dastlabki renioisitlar – bu birinchi bo‘lib yangilikni joriy qilgan
tadbirkorlar hisoblanadi.
3.
Dastlabki ko‘pchilik yangilikni joriy qilgan korxonalar.
18
A.M.Исмаидов Реал секторда инвестицион ва инновацион фаолият фани бўйича ўқув услубий мажмуа.
Т 2015й.
124
4.
Nofaollar ma’naviy eskirgan yangilikni endi joriy qiluvchi
korxonalar.
Ijtimoiy iqtisodiy globallashuv sharoitida innovatsion rivojlanishning
uchta asosiy yo‘nalishini qayd etishi mumkin:
1.
Makromiqyosda
ilmiy
ishlab
chiqarish
davrining
barcha
bosqichlarini o‘zida mujassam etgan maqsadli loyihalarni ishlab chiqish va
amaliyotga tadbiq etish modeli (AQSH, Angliya, Fransiya).
2.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini mo‘‘tadil innovatsion muhit
yaratish orqali optimallashtirish, yangilik va ixtirolarni keng tarqatishga
ixtisoslashgan model(Germaniya, Shvetsiya, Shvetsariya).
3.
Innovatsion
infratuzilmani
rivojlantirish
orqali
yangiliklar
yaratishni rag‘batlantiruvchi model(YAponiya, Janubiy Koreya).
Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishning
birinchi modelida, ya’ni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini iqtisodiy
amaliyotga tadbiq etish yo‘lidan borildi.
19
Innovatsion rivojlanish haqida fikr yuritar ekanmiz, uni belgilovchi
ko‘rsatkichlar haqida bilish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda
universitetlar sifati ham oshirilishi venchur investitsiya kiritilishi kabi
jihatdan hisobga olinadi.
Reyting tuzishda ekspertlar etti mezonga asoslanadi;
-tadqiqot va ishlanmalarga yo‘naltirilayotgan xarajatlar;
-YaIMning foizlardagi ishlanmasi;
-YaIMdagi texnologik ishlab chiqarish qiymati;
-sanoatdagi samaradorlik;
-mamlakatdagi yuqori texnologiyalar sektoridagi kompyuterlar soni;
-xizmatlar ko‘lamining rivojlanganligi;
-prefessional tadqiqotchilar;
-patentlar soni.
2017 yilda ushbu reytingda g‘oliblikni qo‘ldan boy bermagan
Janubiy Koreya yana birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Shu yili O‘zbekiston
esa ushbu ro‘yxatda 133-o‘rinda qayd etilgan.
19
I.Y.Umarov “Sanoat korxonalarining innovatsion slohiyati ko’rsatkichlari taxlili”// “Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 4 iyul-avgust, 2015- yil.
125
Olimlarning fikricha, mamlakat innovatsion taraqqiyotga erishish
uchun ushbu tarmoqqa YAIMning 1 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan
miqdorda mablag‘ yo‘naltirishi kerak. Hisob-kitoblarga ko‘ra bu
O‘zbekistonda taxminan 0.19 foizni tashkil etadi.
Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekiston innovatsion rivojlanish yo‘liga
o‘tish uchun YaIM hajmida innovatsion xarajatlar miqdorini oshirishi
lozim. Yurtimiz dunyoning innovatsion rivojlangan davlatlar ro‘yxatidan
joy egallashi uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lib, avvalambor
iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish talab etiladi.
Fanning zimmasiga jamiyatga yangi imkoniyatlar berish kabi asosiy
vazifa yuklatilsa, yangilikni joriy etishning asosiy vazifasi insonlar
yashash tarziga ta’sir qilishdan iborat bo‘ladi. Demak, yangilikni joriy
etish birinchi bo‘lib mahsulot yoki xizmatni qo‘llash, yangi g‘oya va ilmiy
natijalarni tijorat darajasida o‘zlashtirishdir.
Mamlakatimizda 2012-2020-yillar uchun fan va texnologiyalarni
rivojlantirishning 8ta ustuvor yo‘nalishlari tasdiqlandi:
innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish;
energetika va energiyaxomashyosini tejash;
qayta
tiklanuvchi
elektr
manbalaridan
foydalanishni
rivojlantirish;
axborotlashtirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligi,biotexnologiya, ekologiya va atrof muhitni
muhofaza qilish;
tibbiyot va farmakologiyadagi tadqiqotlar;
kimyotexnologiyalari va nanotexnologiyalar;
er to‘g‘risidagi fanlar (geologiya, geografiya, seysmologiya).
Ilmiy-tadqiqot faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning
tanlov asosidagi grant tizimi joriy etildi. 2016yilda Davlat ilmiy-texnik
dasturlari doirasida 1978 ta fundamental,amaliy va innovatsion
ishlanmalar loyihalari bajarilmoqda.
Mamlakatda ilmiy-tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi 400 ta muassasa
ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularda 35,5 ming olim-tadqiqotchi va
126
mutaxassislar mehnat qilmoqda.Ulardan 2,5 ming nafari fan doktori va 9,2
ming nafari fan nomzodi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-
yil 24- iyuldagi PF 4456-sonli “Oliy malakali ilmiy va ilmiypedogog
kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada
takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni bilan oliy o‘quv yurtidan keyingi
ta’limning jahon standartlariga mos keluvchi bir bosqichli tizimi joriy
etildi.Shu asosda respublikamizda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va
loyihalar respublika yarmarkalari tashkil etilmoqda (4.1.4-jadval).
4.1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |