Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar
1.
Atkinson, Robert D. Innovation economics : the race for global
advantage / Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale University
Press, 2012
2.
Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 2014
by Pearson Education, Inc.p.154.
3.
https://www.youtube.com/watch?v=RQSG_d0mmf0
Clayton
Christensen
(Innovators
Dilemma)
at
Startup
Grind
2013
www.aup.ru
Razvitie nauchnoy texniki.
3.3. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy
tajribalardan foydalanish.
Faol innovatsion siyosatni amalga oshirish muhim ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Innovatsion faoliyat bugungi kunda va
yaqin
kelajakda
respublika
iqtisodiyoti
rivojlanishining
muhim
shartlaridan biri, ishlab chiqarish va tarmoqlarni modernizatsiyalashning
real mexanizmlari bo‘lib hisoblanadi.
Innovatsion siyosat uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan va
mamlakat qudrati va salohiyatining o‘sishida muhim omil, iqtisodiyotning
raqobatbardoshligi va mustahkam rivojlanishning hal qiluvchi ahamiyatga
ega. Bu esa strategik muhim ilmiy-texnika va istiqbolli innovatsion
loyihalarni Yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiyalash,
texnik va texnologik yangilash, mahalliy innovatsion texnologiyalarni
faollashtirishni ko‘zda tutadi.
Bizning fikrimizcha, mustahkam innovatsion jarayon uchun ilg‘or
rivojlangan mamlakatlarning innovatsion faoliyatini yaxshi bilish va
innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish zarur.
Innovatsion faoliyat davlat boshqaruvi orqali tartibga solinadi
(muayyan qonunchilik va soliqqa tortish orqali, davlat va ma’muriy
usullar, yirik davlat dasturlari, mudofaa qudratini mustahkamlash, axborot
kommunikatsiya
texnologiyalarni, biotexnologiyalarni, noan’anaviy
106
energetika va boshqalarni rivojlantirish). Undan tashqari, iqtisodiyoti
yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyat mustaqil
yirik koorporatsiyalar, universitetlar, venchur jamg‘armalar va boshqalar
bilan muvofiqlashtiriladi.
Xorijiy mamlakatlarda innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning
ilg‘or tajribalarini ikki guruhga ajratish mumkin:
iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Buyuk
Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy) tajribasi;
bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan rivojlangan mamlakatlar (Rossiya,
Ukraina, Bellarussiya, Moldoviya, Ozarbayjon, Armeniya, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston) tajribasi.
1.Iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar tajribasi.
AQSH. Stenford universiteti qoshidagi “Silikon vodiysi” nomi bilan
tanilgan birinchi va yirik ilmiy-tadqiqot va texnologik park, o‘z ichida
butun bir yaxlit ilmiy-sanoat kompleksiga ega. Bu yerda boshqaruv
vositalari va kompyuter tizimlari, mikroprosessorasboblari asosiy
rivojlanishi mavjud. Shuningdek, bu yerda 1980yilda AQSHda ilk bor
innovatsion jamg‘arma tashkil etildi. Innovatsion faoliyat AQSHning
ko‘pgina davlat departamentlari orqali qo‘llab-quvvatlanadi.Masalan,
energetik, qishloq xo‘jaligi, mudofaa, aerokosmik kompleks va boshqalar.
Hozirgi kunda innovatsion ishlanmalarning korxonachisi bo‘lgan
AQSHning ko‘pgina universitetlarida ilmiy park, transfer texnologiyalari
bo‘yicha bo‘linmalar, texnologik innovatsion markazlar va boshqa
infratuzilmalar,
shuningdek
ilmiy-texnik
ishlarni
innovatsion
ishlanmalarga o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlovchi davlat jamg‘armalari
tashkil etilgan. Ushbu tuzilmalarning innovatsion faoliyati hukumat bilan
bir qatorda yirik transkontenintal koorporatsiyalar tomonidan ham qo‘llab-
quvvatlanadi.
Buyuk Britaniya. Innovatsion faoliyat beshta vazirlik tasarrufida
bo‘lib, Innovatsiya va tajriba biznesi, Mudofaa, Atrof muhit va qishloq
xo‘jaligi, Energetika va iqlim o‘zgarishi, Xalqaro rivojlanish vazirliklari
qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakatda ilmiy markazlar, universitetlar, kichik
innovatsion firmalarning innovatsion ishlanmalarni qo‘llab quvvatlovchi
107
rivojlangan va samarali amal qiluvchi tizimi qaror topdi. Ular innovatsion
faoliyatni oltita maxsus kengashlar orqali moliyalashtiradi (oliy ta’lim
muassasalari bo‘yicha, fan va texnologiyalarni tashkil etish sohasida,
biotexnologiyalar, texnik va tabiiy fanlar bo‘yicha,tibbiy tadqiqotlar
bo‘yicha va atrof muhitni o‘rganish bo‘yicha). Ajratilgan mablag‘lar
Yetakchi universitetlar, yirik markazlar va noyob jahon miqyosidagi ilmiy
laboratoriyalari
– Rezerford, eplton va boshqalar, shuningdek
xususiylashtirilgan
ilmiy-tadqiqot
muassasalariga
taqsimlanadi.
Innovatsion mahsulotni tijoratlashtirish bo‘yicha transfer texnologiyalari
va bilimlarni uzatish, shartnomalar bo‘yicha maxsus sektorlar, shuningdek
mintaqaviy rivojlanish agentligi va boshqalar shug‘ullanadilar.
Innovatsiya ishlanmalarining asosiy qisni universitetlarda amalga
oshirilganligi tufayli, 1999- yil Buyuk Britaniyada Oliy ta’lim innovatsiya
fondi tashkil qilingan. Innovatsiya sohasida Oksford, Kembridj va xalqaro
universitetlarida
innovatsiya
fondlar
tashkil
qilingan.
Kembridj
universitetida innovatsiya parki tuzilgan, uni maxsus kompaniya
boshqaradi. Bristol universitetida innovatsion fondlarni maxsus Biznes
rivojlanishi tezlatuvchi Markaz boshqaradi. Ushbu hamma tadbirlar
innovatsiya kompaniyalarini o‘z mahsulotlari bilan jahon bozoriga
chiqishiga olib keladi.
Germaniya. Hukumat doimiy ravishda tadqiqotlarni qo‘llab-
quvvatlash dasturlari va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni oshirib
boradi. Germaniyaning Iqtisodiyot va mehnat federal vazirligi ilmiy,
texnologik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun, shu jumladan
innovatsion jarayonlarni tartibga solish bo‘yicha qator imtiyozlarni ishlab
chiqqan va amalga oshirmoqda. 1984- yilda 20- gektar maydonni
egallaydigan tarkibiga 3 mindan ortiq yuqori malakali mutaxassislar kirgan
texnologiklar parki qurilgan.
Xitoy. Xitoyda hozirgi kunda innovatsion faoliyat qizg‘in rivojlanish
pallasida, so‘nggi yillarda ustuvor innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha 140
dan ortiq texnologiyalar tashkil etilgan. Ular mahalliy innovatsion
texnologiyalar va boshqa innovatsion mahsulotlarni ichki va jahon
bozorlariga faol yetkazib bermoqda.
108
2. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari – MDH tajribasi.
MDH davlatlarida innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish va
boshqarish bo‘yicha butunlay boshqacha tizim yuzaga kelgan. Bu
davlatlarning
aksariyatida
rivojlangan
innovatsion
infratuzilma
yaratilmagan innovatsion sohadagi qonunchilik esa rivojlanish bosqichida
turibdi. Xususan, MDHning qator davlatlarida (Ukraina, Moldoviya,
Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) u yoki bu nomlanishda
innovatsion faoliyat to‘g‘risida qonunlar qabul qilingan. Rossiyada 2011-
yilda “Fan va ilmiy-texnika siyosati to‘g‘risida”gi Federal Qonunga
(1996yilda qabul qilingan) qo‘shimcha 254-raqamli Federal qonunni qabul
qilish orqali 4 shtrix maxsus bobi kiritildi. Boshqa mamlakatlarda
(Belarussiya, Ozarbayjon) innovatsiya faoliyatining shu kabi qonuniy
asoslarini shakllantirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Misol uchun,
2010-yilda Bellarussiya Prezidentining farmoni bilan milliy innovatsion
tizim yaratildi. Mazkur tizim mamlakatda innovatsion faoliyatini barqaror
rivojlanishini ta’minlovchi qonuniy, tuzilmaviy va funksional
kontinentlarni o‘zida mujassamlaydi.
Ta’kidlash joizki, MDH davlatlarida innovatsion faoliyat faqatgina
tashkiliy shakllanish bosqichida turibdi, shuning uchun innovatsion
infratuzilma va texnoparklar tashkil etilmoqda. Misol uchun Rossiyada
ushbu faoliyatga oxirgi misollardan biri sifatida Federal qonun asosida
innovatsion markaz tashkil etilganini ta’kidlash mumkin. Yetakchi
akademik institutlar va ilmiy markazlarda innovatsiya faoliyati bo‘yicha
muayyan tajriba to‘plangan. Ustuvor ilmiy va innovatsion yo‘nalishlar
bo‘yicha butun ilmiy muassasalar tizimini birlashtiradigan Novosibirsk
akademik shaharchasi kompleksi va universiteti, Kurchatov ilmiy markazi,
Zelenograd, Pushin, Fryazinsk va Arzamazsk ilmiy markazlarining
tajribalari ma’lum. Rossiya, Ukraina va Bellarussiya akademiyalarida
innovatsion faoliyat va ilmiy hajmdor mahsulotlarni yaratishda muayyan
tajriba to‘plangan.
Innovatsion klaster texnologiyalarini qo‘llash butun dunyo bo‘ylab
anchagina keng rivojlandi. Aksariyat Yevropa davlatlari o‘zlari uchun eng
maqbul
bo‘lgan
klasterlar
asosida
iqtisodiyotni
rivojlantirish
109
strategiyalarini ishlab chiqishdi. Bunda rivojlangan mamlakatlar
hukumatlari o‘z kuch harakatlarini mavjud klasterlarni qo‘llab-quvvatlash
va yangi tarmoqli tuzilmalarni yaratishga qaratmoqdalar. Davlat nafaqat
innovatsion klasterlarni yaratish tashabbuskori, balki tashkil etiladigan
klasterlarning faol ishtirokchisi ham hisoblanadi. Misol sifatida Germaniya
tajribasini olish mumkin. Germaniyada 1995-yildan beri Bio Regio nomli
biotexnologik klasterlar tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur klasterlashtirish
yo‘nalishi Buyuk Britaniyada ham faol tarzda rivojlanmoqda. Edinburg,
Oksford va Janubiy-SHarqiy Angliya hududlarida biotexnologik
firmalarning faoliyatini yo‘lgan qo‘yish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Jahon tajribasida klasterlar asosida iqtisodiyotni rivojlantirishning bir
nechta markazlari mavjud bo‘lib, ular innovatsion klasterlarni yaratish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular quyidagilar: Amerika, G‘arbiy
Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasi modellari. YUqorida tilga olingan
modellarning solishtirma xarakteristikasi berilgan (3.3.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: |