O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

 
 


91 
Takrorlash uchun savollar 
 
1. Innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish to‘g‘risida tushuncha 
bering? 
2. Oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamg‘armalar 
asosiy vazifalari nimadan iborat?
3. Xususiy sektor vakillarini innovatsion faoliyatining qanday turlari 
bor? 
4. Ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida xalqaro 
hamkorlikni innovatsiyalarga ta’siri qanday?
 
Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar 
 
1.
Atkinson, Robert D. Innovation economics : the race for global 
advantage Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale University 
Press, 2012 
2.
Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 
2014 by Pearson Education, Inc.p.154. 
3.
 
https://www.youtube.com/watch?v=IkBp1ntD3Zc
 
Clay 
Christensen and Marc Andreessen at Startup Grind Global 2016 
4.
 
www.cyberleninka.ru
Innovatsionnыe modeli. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


92 
3.2. Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan
samarali foydalanish 
Mamlakatimizda Yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik 
va texnologik yangilashni jadallashtirish va barcha tarmoqlarda tarkibiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Har qanday tarmoqni rivojlanishi bevosita shu sohaga tegishli 
ilm-fan taraqqiyoti va ular negizida yaratilgan innovatsion texnologiyalar 
asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotining 
rivojlanishida ilm-fanning o‘rni katta ekanligini bugungi taraqqiyotimizda 
o‘z aksini topmoqda. Sababi, har bir aniq soha doirasida olib borilgan 
izlanishlarga 
asoslangan 
ilmiy-tadqiqot 
jamiyatning 
rivojlanishini 
birlamchi omili hisoblanadi. 
Zamonaviy sharoitlarda innovatsion faoliyatni me’yoriy-huquqiy 
tartibga solish quyidagilarni ta’minlashi lozim bo‘lgan qonunlar va 
me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va joriy qilishni nazarda tutadi: 
innovatsion faoliyat mahsulotlarini sotishdan olingan foyda va 
mablag‘lari ulushini imtiyozli soliqqa tortish hisobiga davlat, jamoat 
korxonalari, korxonalar va xususiy shaxslar o‘z daromadlarining sezilarli 
qismini innovatsion faoliyatga kiritishdan manfaatdorligi; 
kooperatsiya bo‘yicha barcha hamkorlar va qatnashchilarning 
innovatsion g‘oyani tovar ko‘rinishigacha yetkazish va soliq to‘lovlarini 
kamaytirish yoki soliqlardan ozod qilish hisobiga ularni bozorda tijorat 
asosida sotish; 
innovatsion faoliyat qatnashchilarining kafolatlangan va imtiyozli 
kredit olish imkoniyati
ilmiy jamoalar, olimlar va mutaxassislarning ham intellektual mulk 
huquqlari himoya qilinishini ta’minlash; 
innovatsion 
jarayon 
qatnashchilari, 
ijrochilarini 
hamda 
bu 
jarayonlarni moliyalashtiruvchi investorlarni ham sug‘urta himoyasi va 
umume’tirof etilgan ijtimoiy maqomini ta’minlash. 
Aholi farovonligini oshirishning asosini mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirish va uning ilg‘or tarmoqlariga fan-texnika yutuqlarini olib 


93 
kirish tashkil etadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Bugun 
biz davlat jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga 
qaratilgan investitsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, 
albatta. Chunki, zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda 
kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oya, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. 
Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajigimizni barpo 
etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, 
innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin