Texnologiyalar
transferi
markazlari
(TTM)
ilmiy-texnik
natijalarning tijoratlashuvini tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar,
jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar tarkibida
yaratishni ta’minlashi ko‘zda tutilgan (3.2.1-jadval).
3.2.1-jadval
Texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari
11
Texnologiyaning rivojlanish bosqichlari
Texnologiyalar transferi bosqichlari
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari bosqichlarini bajarish
Texnologiyani amalga oshirish imkoniyatini tekshirish
Tadqiqot natijalarini e’lon qilish
Patent arizalari berish
Anjuman va ko‘rgazmalarda qatnashish
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari natijalariga
egalikhuquqini sotish
Tajriba-konstruktorlik ishlari bosqichlarini bajarish
Mahsulotni sinov namunasi Texnologiya prototipi
Texnik jihatdan amalga oshirish imkoniyatini tasdiqlash
Texnologiyani amalga oshirish uchun kichik
korxona tashkil etish
Texnologiyani sotish
Texnologiyani maromiga yetkazish
Bozor namunalari yaratish
Sinov tariqasidagi sotuvlar
Servisni tashkil qilish
Ruxsatnoma olish
Sertifikatsiya
Mahsulotni ko‘paytirish (kichik seriyada) va
sotish
Foydalanuvchilarni o‘rgatish Dillerlarni
o‘rgatish
Servis
Texnologiyani sotish
Korxona aksiyalarini sotish
Biznesni sotish
Sanoat texnologiyasi yaratish
Ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish
Mahsulotni sertifikatsiyalash va ishlab chiqarish
Diversifikatsiya
Mahsulot va xizmatlarni sotish Servis
Texnologiyani sotish
Korxona aksiyalarini sotish
Biznesni sotish
Ishlab chiqarishni kengaytirish
Mahsulotlarni ko‘paytirish
Ishlab chiqarishnisertifikatsiyalash
Ishlab chiqarish va mahsulotniyangilash
Diversifikatsiya
Mahsulot va xizmatlar sotish
Servis xizmati
Foydalanuvchilarni o‘rgatish
Dillerlarni o‘rgatish
Texnologiyani sotish
Korxona aksiyalarini sotish
Biznesni sotish
11
Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2013. 24-25 б.
94
Shuni ta’kidlash joizki, TTM tizimining samarali ishlashiga qator
omillar to‘sqinlik qiladi. Ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib
ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
mintaqalar miqyosida innovatsion jarayonlarni boshqarishning sust
tashkil etilganligi;
ko‘pchilik TTMda ichki va xorijiy bozorlarga chiqish bilan bog‘liq
muammolar;
TTM tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatishi uchun resurslar bazasining
yetarli emasligi;
innovatsion faoliyat kuchayishini rag‘batlantiradigan me’yoriy-
huquqiy asoslarni yetarli darajada emasligi.
Hozirda internet tarmog‘ida ommalashib borayotgan Cloud tizimi
iqtisodiyotda ham o‘z ta’siriga egadir. Bunga misol sifatida texnologiyalar
konsorsiumini tuzilishini keltirish mumkin. Unga ko‘ra, firmalar
gorizontal yo‘nalishda koalitsiyalartuzishadi. Bu koalitsiyalarning maqsadi
birgalikda innovatsiyalarni joriy etish, joriy etish bo‘yicha tajriba
almashinish va birgalikda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishdir.
Ushbu ishlar texnologik innovatsiyalarni yaratishda tannarx pasayiga olib
kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, ular eng samarali hamkorlikda ishlarni
tashkil etadi.
Hozirda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish, barcha
resurslardan tejamli foydalanish va buning natijasida ichki hamda tashqi
bozorda raqobatbardosh, innovatsion, yuqori texnologiyaga asoslangan,
eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan mahsulotni ishlab
chiqarishni kengaytirish talab etiladi.
Ayniqsa, real sektor korxonalari ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish , raqobatbardoshligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalardan
samarali foydalanish to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, avvalambor,
innovatsion faoliyat tushunchalari mohiyatini o‘rganib olishimiz lozim.
O‘tgan asrning o‘rtalarida tobora rivoj topgan ilmiy-texnik
revolyusiya, ishlab chiqarishning texnologik o‘zgarishlari o‘sha davrning
barcha mulkdorlar, tadbirkorlar hamda iqtisodchilar diqqat markazida
bo‘ldi. Bu kabi o‘zgarishlar ilmiy tilda – innovatsiya atamasi bilan
95
ifodalana boshlandi. Bugungi zamonimizda – innovatsiya tushunchasi
biron bir turdagi faoliyatni tarkibiy jihatdan yangilash, tubdan o‘zgartirish,
xo‘jalik faoliyati subyektlari tomonidan ilmiy-texnik tashkiliy, boshqaruv
va boshqa yangiliklarning yaratilishi tarqalishi hamda joriy etilishini
anglatmoqda.
Jahon amaliyotida “innovatsiya” atamasi bozorga tadbiq etilgan
yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda
foydalanilayotgan ilg‘or texnologik jarayon yoki insonlar turmush
sharoitini yaxshilash maqsadida yaratilgan innovatsion faoliyatning
yakuniy natijasi sifatida belgilanadi. U hayotga tadbiq etilganidan keyin
barcha xususiyatlarga ega bo‘lib ayirboshlash natijasida jamiyat a’zolariga
ijtimoiy-iqtisodiy yoki ma’naviy naf keltiruvchi tovarlarga – innovatsiya
deyiladi.
Fikrimizcha hozirgi zamon raqobat muhitida faoliyat yuritayotgan
ilg‘or tadbirkor faqatgina innovatsiyalar, yangiliklar yordamida bozorda
o‘zining mavqeini mustahkamlashi hamda daromadini yuqori darajasiga
erishishi mumkin. Iqtisodiy sharoitlarni chuqurlashtirish sharoitida
korxonalarni innovatsion texnologiyalar yordamida rivojlantirish ustuvor
vazifalar qatoriga kiradi. Dunyoning aksariyat davlatlarida hukm
surayotgan bozor iqtisodiyoti bozor subyektlari oldiga ilm-fan yutuqlari
ya’ni innovatsion texnologiyalardan turmushimizning har bir jabhasida
joriy etish va ulardan to‘liq foydalanish vazifasini qo‘ymoqda.
Aynan shu maqsadda, zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni
kichik va yirik korxonalar faoliyatiga tadbiq etish bosqichlari va usullarini,
amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Korxonalar
innovatsion rivojlanish strategiyasi rivojlantirish bo‘yicha zaruriy
tavsiyalar ishlab chiqish lozim.
Bizga ma’lumki, AQSH, Xitoy, Yaponiya,Germaniya kabi
dunyoning eng rivojlangan davlatlari aynan innovatsion texnologik
rivojlanish strategiyasini to‘g‘ri qo‘llaganliklari sababli jahonda mutloq
ustunlikka erishganlar. Yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega mamlakatlar
avvaldan kuchli innovatsion texnologik salohiyatga ega bo‘lib, sanoati
rivojlangan hisoblanadi. Ular strategiyasining bosh maqsadi sanoatning
96
mashinasozlik, avtomobilsozlik, to‘qimachilik kabi Yetakchi tarmoqlarni
taraqqiy ettirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini qulay shakllantirish,
yaratilayotgan kashfiyotlar va ixtirolarni ishlab chiqarishga tezkor tarzda
yo‘naltirish va bu orqali iqtisodiy rivojlanishni yaqin davrlarga prognoz
qilishdan iborat.
Bugungi kunda dunyoda barcha sohalarda sifatli o‘sishni
ta’minlovchi yangiliklarni amaliyotga dadil tatbiq etish jamiyatni va
iqtisodiy
rivojlanishni
harakatlantiruvchi
kuchga
aylanganini
ko‘rsatmoqda. O‘zini iqtisodiyotida innovatsion modellarini va “aqlli”
texnologiyalarni qo‘llayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror
davlatlar hisoblanadi. Ularning izchil ravnaq topishi, jahon bozorlaridagi
raqobatbardoshligi hududidagi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy
mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g‘oyalar va
ishlanmalarga asoslanadi. Iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan innovatsion
faoliyat, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan fan-texnik,
tashkiliy va boshqaruv sohalariga oid hamda boshqa turdagi yangiliklarni
yaratib,
ulardan
foydalanish
va
keng
yoyish
iqtisodiyotni
modernizatsiyalashning mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
Texnologik innovatsiyalar deganda yuridik shaxsning texnologik
yangi mahsulotlar va jarayonlarni, shuningdek mahsulotlar va jarayonlarda
sezilarli darajada takomillashtirishlarni, texnologik yangi va sezilarli
darajada takomillashtirilgan xizmatlarni, xizmatlar ishlab chiqarilishi
(yetkazib
berilishi)
bo‘yicha
yangi
yoki
sezilarli
darajada
takomillashtirilgan usullarni ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq
faoliyati nazarda tutiladi. Texnologik innovatsiyalar yuridik shaxs
tomonidan birinchi marotaba ishlab chiqilayotgan mahsulotlar, jarayonlar,
xizmatlar va usullar shaklida (agar ular boshqa yuridik shaxslar tomonidan
qo‘llanilayotgan bo‘lsa ham) bo‘lishi mumkin.
Texnologik innovatsiyalarning ikkita turi mavjud. Bular: mahsulotlar
bo‘yicha innovatsiyalar va jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar.
Sanoat ishlab chiqarishida mahsulot bo‘yicha innovatsiyalar
texnologik yangi va takomillashtirilgan mahsulotlarni tayyorlash va joriy
etishni o‘z ichiga oladi. Texnologik yangi mahsulot – texnologik
97
xususiyatlari (funksional belgilari, konstruktiv yo‘l bilan bajarilishi,
qo‘shimcha jarayonlar, shuningdek qo‘llaniladigan tarkibiy qismlar va
materiallar tarkibi) yoki qo‘llanilish maqsadi prinsipial jihatdan yangi yoki
yuridik shaxs tomonidan ilgari ishlab chiqarilgan shunga o‘xshash
mahsulotdan sezilarli darajada farq qiluvchi mahsulotdir. Bunday
innovatsiyalar prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarga yoki mavjud
texnologiyalardan, tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga
asoslangan bo‘lishi mumkin.
“Texnologik konsorsiumlarning 4 turi mavjud:
ishlab chiqarish samaradorligini koalitsiyalar orqali takomillashtirish;
o‘zgarmas kapitalga investitsiyalar kiritishdagi xarajatlarni
bo‘lishish;
texnologiyalarni ortiqchalik samarsini oshirish uchun o‘zaro
bo‘lishish;
narx diskriminatsiyasi orqali innovatsiyalar xarajatini o‘zaro
taqsimlash.
Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot – bu yuqoriroq
samarali tarkibiy qismlar va materiallardan foydalanish yoki undan ortiq
texnik tarkibiy qismlarini qisman o‘zgartirish (kompleks mahsulotlarda)
yo‘li bilan ishlab chiqarilishining sifat bo‘yicha xususiyatlari
yaxshilanadigan va iqtisodiy samaradorligi oshadigan mahsulotdir.
Innovatsion texnologiyalar doirasidagi ilmiy yondashuvlar shuni
ko‘rsatadiki, investitsiyalarga bag‘ishlangan adabiyotlarda xorijiy
tajribalarga asoslanib biror tizim yoki korxonani har jihatdan rivojlanishi
mustahkam milliy innovatsion tizim mavjudligi bilan belgilanadi.
Bugungi kunda innovatsion texnologiyalar eng muhim strategik
resurs hisoblanadi. Chunki, sanoat va moliyaviy texnologiyalarning
amaliyotga joriy etilishi korxonalarda ishlab chiqarish infratuzilmasining
rivojlanishi, intellektual potensialni oshishi, eksportga yo‘naltirilgan
mahsulotlarning
ishlab
chiqarilishi
hamda
mamlakatda
valyuta
zahiralarining jamg‘arilishi kabi iqtisodiy masalalarning ijobiy hal
etilishiga olib keladi.
98
Innovatsiyalar haqida gap yuritganimizda milliy innovatsion tizimni
shakllantirish muhim omillardan biri sanaladi. Bunday innovatsion tizimni
tashkil etishdan asosiy maqsad innovatsion rivojlanishni rag‘batlantirish,
yuqori texnologiyalarni joriy etish, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari,
ishlab chiqarish va xususiy mulk egalari, tadqiqotchilar va oliy ta’lim
muassasalari o‘zaro aloqasini rivojlantirish hisoblanadi. Natijada
innovatsiyalarni rivojlantirish jarayonlari tezlashishi ro‘y beradi.
Iqtisodiyotda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishda eng avvalo institutsional
qo‘llab-quvvatlash zarur. Bunda mamlakatni Yetakchi tarmoqlarini
innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ixtisoslashgan
xo‘jalik yuritishning yangi modelini shakllantirish talab etiladi.
Innovatsion faoliyatni shakllantirish doirasida yagona huquqiy normalar
tizimini yaratish, unda innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi, ilm-fan
sig‘imiga ega ishlab chiqarish sohasida asosiy atamalarni aniqlashtiruvchi,
innovatsion biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (respublika va
hududiy darajada) choralari, shuningdek, intellektual mulkni himoya qilish
bilan bog‘liq bir asosiy me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish lozim.
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlanishiga zamonaviy moliya-kredit
mexanizmi
bilan
ko‘maklashayotgan
tizimlarga
rag‘batlantirish
mexanizmini yaratish, innovatsion faoliyatini moliyalashtirayotgan tijorat
banklariga maxsus imtiyoz va pereferensiyalar tizimini o‘rnatish kerak.
Innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlari va soliqqa
tortish umumiy darajasini pasaytirish yo‘li bilan ularning xo‘jalik yuritish
sharoitini
takomillashtirish,
venchurli
moliyalashtirish
tizimini
kengaytirish, yirik kompaniyalar, tijorat banklari, sug‘urta korxonalarning
innovatsion biznes subyektlari bilan hamkorligini ta’minlashga erishish
lozim. Innovatsion mahsulot bozorlari “muhit” va “sotish” o‘rtasidagi
munosabatni kengaytirish, bunda ularning qimmatli qog‘ozlar, birinchi
navbatda, korporativ bozorda, mehnat va resurslar bozorlarida,
shuningdek, birjalar, sotuvlarda, yarmarkalar va auksionlarda faolligiga
erishishni ta’minlash darkor.
99
Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar texnologik yangi yoki texnologik
jihatdan sezilarli darajada takomillashtirilgan ishlab chiqarish, shuningdek
mahsulotlarini yetkazib berish usullarini ishlab chiqish yoki joriy etishni
o‘z ichiga oladi. Bu turdagi innovatsiyalar yangi ishlab chiqarish asbob-
uskunalaridan, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning yangi
usullaridan foydalanishga yoki ularni birgalikda qo‘llashga, shuningdek
tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga asoslangan bo‘lishi
mumkin. Bunday innovatsiyalar, odatda, korxonada ilgari mavjud bo‘lgan
mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki yetkazib berishning samaradorligini
oshirishga qaratilgan bo‘lishi, shuningdek odatdagi usullar yordamida
amalga oshirish imkoni bo‘lmaydigan texnologik jihatdan yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish
uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalarni korxona birinchi bo‘lib joriy
qilgan bo‘lishi muhim emas.
Texnologik innovatsiyalarga quyidagilar kirmaydi:
mahsulotdagi estetik (rangida, bezatilishida) o‘zgartirishlar;
mahsulotning konstruktiv vazifalarini o‘zgartirmaydigan, uni tarkibiy
qismi hisoblangan materiallar va komponentlarning ko‘rsatkichlariga,
xususiyatlariga, narxiga yetarlicha sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan texnik
va tashqi ko‘rinishda sezilarsiz darajadagi o‘zgartirishlar;
vaqtinchalik talabni va korxona daromadlarini ta’minlash maqsadida
korxona tomonidan ilgari ishlab chiqarilmagan, ammo mahsulotlar, ishlar,
xizmatlar bozorida yetarlicha ma’lum bo‘lgan mahsulotlar, ishlar,
xizmatlar ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish (boshqa ixtisoslik bo‘yicha
bo‘lishi ham mumkin) evaziga ularning turlarini ko‘paytirish. Masalan,
mashinasozlik zavodida mavsumiy talabdan foydalangan holda yozgi
davrda boshqa ixtisoslik bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarilishi;
ma’lum modeldagi qo‘shimcha dastgohlarni o‘rnatish, hatto ularni
shu modelning oxirgi modifikatsiyaga almashtirish evaziga ishlab
chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
to‘laligicha boshqa korxona tomonidan ishlab chiqarilgan va
tayyorlangan innovatsion tovarlar, ishlar, xizmatlarni sotish;
100
tashkiliy va boshqarish bo‘yicha o‘zgartirishlar.
Innovatsion faoliyatda davlat va xususiy sherikchilik asosida
kooperatsiya aloqalarning turli shakllarini amalga oshirish, kichik
texnologik zonalarni rag‘batlantirish va moliyalashtirish bo‘yicha maxsus
dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek, ilmiy-texnik mahsulotlar bo‘yicha
davlat buyurtmalari tizimini kengaytirishga erishish lozom. Innovatsion
mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun innovatsion xizmatlar
bozori infratuzilmasini shakllantirish, maslahat xizmatlarini ko‘rsatish
bo‘yicha ilm-fan institutlarini rivojlantirish hamda professional
innovatsion menedjment tizimini shakllantirish zarur.
Mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha
maxsus kurslarni tashkil qilish va ushbu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar
malakasini doimiy oshirib borish, shuningdek o‘quv, ilmiy-tadqiqot va
innovatsion faoliyatni boshqarish masalalari bo‘yicha yangi innovatsion
loyihalarni yaratish talab etiladi.
Iqtisodiyotni turli sohalarida innovatsion mahsulotlarni ishlab
chiqarishga xizmat qiluvchi innovatsion klasterlarni tashkil etish va ular
faoliyatini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Ushbu
yo‘nalish innovatsion faoliyatni ilmiy-tadqiqot muassasalari, yirik sanoat
korxonalari, moliyaviy tuzilmalar va hukumat organlari bilan klaster
bo‘g‘inlari doirasila kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish muhim hisoblanadi.
Bu jarayonda ishtirok etayotgan subyektlar uchun o‘zaro barqaror
manfaatli aloqalarni shakllantirish, tashqi va ichki bozorlarda raqobat
ustunliklarga erishish o‘ta muhim vazifalardan hisoblanadi. Innovatsion
klasterlarni shakllantirish va ularga innovatsion faoliyat yuritishi uchun
shart-sharoit yaratish davlatning iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi
hisoblanadi va u alohida kichik innovatsion korxonalarni qo‘llab-
quvvatlashga yo‘naltirilishigina emas, balki turli hajimdagi va turdagi
faoliyatni birlashtiruvchi “yuqori texnologiyalar” tizimini rivojlantirishni
rag‘batlantirishga asoslanmog‘i lozim.
“Ko‘chirib o‘tkazish” strategiyasimavjud xorijiy ilmiy-texnika
salohiyatidan foydalanish va yangiliklar kiritishni o‘z iqtisodiyotiga
ko‘chirib o‘tkazishdan iborat. Bu strategiya birinchi navbatda, Yaponiyada
101
ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda foydalanilgan, AQSH, Angliya,
Fransiya, Rossiya kabi rivojlangan mamlakatlarda xorijda talab yuqori
bo‘lgan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun yuqori
samarali texnologiya litsenziyalar xarid qilingan, kelgusida fundametal
tadqiqotlar va loyihalardan tortib to innovatsiyalarni joriy qilish, ularni
mamlakat ichkarisida va jahon bozorida amalga oshirishgacha bo‘lgan
butun innovatsion siklni ta’minlagan o‘zining ilmiy-texnik salohiyati
yaratilgan.
“O‘zlashtirish” strategiyasishundan iboratki, arzon ishchi kuchiga
tayangan o‘zining yo‘qotilayotgan ilmiy-texnik salohiyati bir qismidan
foydalangan holda ilgari sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab
chiqarilgan mahsulotni ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi, kelgusida ishlab
chiqarishga muhandislik-texnik hamkorlik qilish hamda iqtisodiyotning
davlat va bozor shakllarini uyg‘unlashtirgan holda innovatsion faoliyatni
kuchaytirishni ta’minlash, o‘zining ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-
konstruktorlik ishlarini o‘tkazishga qodir bo‘lgan ilmiy-texnik salohiyat
tiklanadi.
Mamlakatda innovatsion faoliyatni shakllantirish va ularni
kengaytirish
maqsadida
quydagi
chora-tadbirlarni
ko‘rishi zarur
(3.2.1-rasm):
Dostları ilə paylaş: |