3.2.1-rasm: Iqtisodiyotda innovatsion faoliyatni rivojlantirish yo‘llari.
102
turli tarmoqlarda innovatsion klasterlarni rivojlantirish bo‘yicha
davlat tomonidan maqsadli innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va
amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish;
erkin iqtisodiy zonalarda hududiy biznesni rivojlantirish
dasturlarini innovatsion loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari bilan
uyg‘unlashtirish;
innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash institutlari faoliyatini
barcha darajada tarmoqlararo va ijrochi organlar bilan kelishilgan holda
amalga oshirishni ta’minlash.
Shu bilan bir qatorda iqtisodiyotdagi korxonalarni innovatsion
klasterlarga kirishini ta’minlovchi tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish,
ularni zaruriy axborot ta’minoti bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash, klasterlar
doirasida faoliyat yuritayotgan hukumat boshqaruv organlari, ilmiy-
tadqiqot korxonalari va yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik
masalalari bo‘yicha innovatsion maslahat markazlarini shakllantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu klasterlar doirasida innovatsion
mahsulotlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonalarni moliyaviy
tomondan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat va xususiy sherikchiligi
asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonlarga davlat va
mahalliy byudjet mablag‘larinigina emas, balki venchur fondlar, yirik
kompaniyalar va tijorat banklar kreditlarini jalb qilish uchun zarur
sharoitlarni yaratish lozim. Shu bilan bir qatorda, innovatsion loyihalarni
amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy resurslardan samarali jalb
qilishga mas’ul bo‘lgan franchayzing kompaniyalarni shakllantirish
bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Hozirda innovatsion iqtisodiy faoliyatini samaradorligini oshirish va
raqobatbardoshligini ta’minlashda innovatsion, yuqori texnologiyaga
asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan
korxonalar manfaatlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, ularning
eksport salohiyatini oshirish va mamlakat eksport hajmida innovatsion
mahsulotlar ulushini ko‘paytirish lozim. Bu jarayonlarda quyidagilarga
asosiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
103
innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun zaruriy infratuzilmani
shakllantirish;
yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish;
yuqori qo‘shilgan qiymatga ega eksportbop va import o‘rnini
bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqish;
sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish orqali yuqori texnologiyaga
asoslangan
ishlab
chiqarishni
mahalliylashtirish
jaryonlarini
chuqurlashtirish;
innovatsion korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
xalqaro standartlar bo‘yicha litsenziyalash;
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq moliyaviy va boshqa xatarlarni
sug‘urta qilishni ta’minlash;
eksportyorlarga axborot-maslahat ko‘magini tashkil qilish hamda
maxsus imtiyozlar tizimini taqdim etish;
innovatsion mahsulotlar yarmarkasi va ko‘rgazmalarini o‘tkazish,
reklamani tashkil qilish va xorijiy davlatlarda sheriklarni topishga
ko‘maklashish;
xalqaro
bozorlarda
milliy
innovatsion
mahsulotlar
raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish zarur.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning
ushbu
yo‘nalishi
yuqori
texnologiyaga
asoslangan,
eksportga
yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan korxonalarda eksport
salohiyatini oshirish va ularning tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini
ta’minlash imkonini beradi.
Jumladan, zamonaviy innovatsion infratuzilmani shakllantirishda
quyidagilarga:
davlat organlari boshqaruvining innovatsion shakillarini joriy etish;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi, aholinig
hayot darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni
ta’minlashga qodir bo‘lgan fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish;
innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish
sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish;
104
innovatsion iqtisodiyotni rivojlanishini ta’minlovchi normativ-
huquqiy bazani takomillashtirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini uyg‘unligini ta’minlash;
mamlakatda yuqori texnologiyalar markazlari hamda chet el
investorlari ishtirokida innovatsion markazlar faoliyatini tashkil etish va
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
ishlab chiqarishda resurs va energiya tejaydigan innovatsion
texnologiyalarni, jumladan, muqobil energiya manbalaridan oqilona
foydalanishning zamonaviy shakllarini keng qo‘llash orqali faol joriy
etish;
soliqni saqlash sohasida insonlar salomatligini samarali davolashga
imkon beruvchi ilg‘or innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish tizimni
takomillashtirish;
agrar sohada innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan
samarali foydalanish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga, mamlakatning oziq-
ovqat xavfsizligini mustahkamlash;
iqtisodiyotning
real
sektori
tarmoqlarini
har
tomonlama
rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya, sanoat
va boshqa innovatsion texnologiyalarni qo‘llash;
innovatsiya faoliyati sohasida ilg‘or xorijiy (xalqaro) korxonalar
bilan, shu jumladan ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori
texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga
jalb qilish orqali hamkorlikni kengaytirish.
Shunday qilib, davlatning innovatsion iqtisodiyot tarmog‘i faoliyatini
kengaytirishga ko‘maklashishi, samarali milliy innovatsion siyosatini olib
borish, yuqori texnologiyaga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va
import o‘rnini bosadigan korxonalar faolligini rag‘batlantirish, innovatsion
texnologiyalardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Bu borada rivojlangan mamlakatlarda sanoat korxonalarining
boshqarishda innovatsion texnologiyalar faoliyatni strategik va tizimli
tashkil etishga alohida urg‘u berilgan bo‘lib, bundan aniq bir tarmoqda
ishlab chiqarish samarali amalga oshirish, boshqaruvni markazlashtirish va
105
innovatsion texnologiyalar faoliyatni yanada kuchayish jarayoni kelib
chiqmoqda.
Dostları ilə paylaş: |