2.4. Aqli zaif o'quvchilarning diqqati
Diqqat ongning ma’lum manbani toTaroq aks ettirishi uchun
o‘sha manbaga qaratilishidir. O'sha manbalarga diqqatni qara-
ta bilish esa, shaxsning faolligini bildiradi. Diqqat hayotda ruhiy
faoliyatning bir tomoni bo‘lib ko‘zga tashlanadi. Shu bilan birga
muvaffaqiyatli bilim, ko‘nikma, malaka egallashning asosi hisobla
nadi. Ixtiyoriy diqqat ruhiy hayotning
xususiyati sifatida mehnat
faoliyatida yuzaga kelgan. Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda
ham murakkabdir. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, diqqatning
mexanizmi reflektor faoliyat bilan bog'liq. Diqqatning namoyon
bo'Iishini, yuz berishini kishining holatidan, yuz mimikasidan ham
bilsa bo'ladi. K.D. Ushinskiy diqqatni inson qalbining eshigi deb
bejiz ta ’riflamagan bo'lsa kerak. Insonning faollik darajasiga ko'ra
diqqatning 3 turini ajratish mumkin:
1. Ixtiyorsiz diqqat.
2. Ixtiyoriy diqqat.
3. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat.
Ko'pincha tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, mo'ljal olish
faoliyati hamda yangi tasavvurlarga ehtiyoj hammadan ko‘ra bosh
miya po‘stlog‘i to'laqonli bo'lmagan go'daklarda zaiflashgan bo'ladi
(S.S.Korsanov, G.Y. Suxaryova). G.Y. Suxaryova ta ’kidlashicha,
«Oligofren bo'lgan bolalarda sog'lom bola uchun xarakterli bo'lgan
atrof-muhitni o'rganishga shiddat bilan intilish mavjud bo'lmaydi».
Aqli zaif bolalar diqqatining o'ziga xosligi
anchagina faktorlarga
bog'liqdir. Oliy nerv faoliyatining xususiyatlari aqli zaiflikning o'zak
belgilari (nerv jarayonlarining kam harakatliligi, dominantaning
zaifligi, mo'ljal olishning buzilishi) uning butun shaxsiy rivojla
nishining borishida chuqur iz qoldiradi, diqqatning tahliliga olib
keladi. Bu esa o'z navbatida psixik faoliyatning mazmuniga kirar-
kan, uning jarayoniga hamda natijasiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Xusu
san, bu bolaning analiz va sintez jarayonlarining nisbatan yuqoriroq
darajasini talab etuvchi vazifalarni bajarayotganida ayon bo'ladi.
Diqqatning kamchiliklari nutqda o'z asoratini qoldiradi.
Bunday
bolalar o'zlarining va o'rtoqlarining nutqiga e’tibor berishmaydi. Bu
esa harakatlarning parokandaligiga sabab bo'ladi. Diqqat kamchi-
41
liklari xususan notanish materialni o‘tishda, qiyinchiliklarga duch
kelganda namoyon boiadi. Aqli zaif bolalar qiyinchiliklarni yengib
emas, uni chetlab o‘tishga urinadi. Aqli zaif bolalarning intilishlari
mushohada va muhokamalari bilan asoslanmagan boiadi.
Aqli zaif bolalarda iroda jarayonlarining yetarli rivojlanmaganli
gi hamda hislarini intellektual boshqarishning zaifligi tufayli yorqin
va kuchli qo'zg'atuvchilardan foydalanib ixtiyoriy diqqatni tez va
osongina keltirib chiqarish mumkin. Lekin ular diqqatini tutib turi-
shi juda mushkul boiadi.
Uyg‘onish jarayonlarining buzilishi hamda ichki tormozlanish
aqli zaif bolaning ish qobiliyati buzilishiga olib keladi.
Asab tizi-
mining kam harakatliligi, ulardan birining qotib qolishi aqli zaif
bolalarga o‘z diqqatini bir obyektdan boshqasiga ko‘chirishni qiyin-
lashtiradi. Shuningdek, bu faoliyatning boshqa turiga qiyinchilik bi
lan ko‘chishga olib keladi. Tanaffusdan so'ng aqli zaif bolalar o‘quv
materialining mazmuniga o'zlarini qayta jalb etolmaydilar, o‘quv
jarayoniga kirishib ketolmaydilar.
Bu xususan lanj, tormozlangan
bolalar uchun xarakterlidir. To'satdan berilgan savolga bola, garchi
materialni bilsa ham darhol javob bera olmaydi. Unga diqqatini
yangi mazmunga ko'chirish uchun muayyan vaqt kerak.
Sogiom rivojlanayotgan quyi sinf o'quvchilari bilan aqli zaif bo
lalar orasidagi keskin farq diqqatni taqsimlashda namoyon boiadi.
T aiim olish jarayoni diqqat-e’tiborni bir joyga to'plashni talab
qiladi. Lekin aqli zaif bolalarda asosiy g'oya zaifdir.
U qiyinchilik
bilan shakllanadi va yengil soiadi. Tez yo'qoluvchi bir g'oyaning
o'rniga ikkinchisi yuzaga keladi. Bu diqqatning patologiyasiga, faol
diqqatning buzilishiga, diqqatning noixtiyoriy tebranishida o'z ifo-
dasini topgan ortiqcha chalg'uvchanlikka olib keladi. Bunday paro-
kandalikda bola o'z faoliyatini ko'ziga nima ko'rinsa shunga sarf-
lab hech bir ishini oxiriga yetkaza olmaydi, o'z diqqatini o'rganish
obyektiga jamlay olmaydi.
Diqqatning chalg'uvchanligi uning parishonxotirligida o'z ifo-
dasini topadi. Bu esa diqqatning barqarorligiga batamom ziddir.
Toliqish, asablarning bo'shligi, asab
tizimining holdan toyishi
natijasida tashqi qo'zg'atuvchilarni kuchaytiruvchi chalg'uvchanlik
sodir boiadi.
42
Chalg'uvchanlikning oldini olish uchun m a’lum bir vaqtda faoli
yat turini o‘zgartirib turgan m a’qul. Agar bunday qilinmasa bolalar
tormozlanish holatiga tushib qolishib, mehnatdan chiqib ketishadi.
Aqli zaif bolalar irodaga bog'liq ishlarni har doim deyarli qoni-
qarsiz bajaradilar. Bu o'rinda mashhur fransuz pedagogi E.Segen-
ning ushbu fikrlari e’tiborga loyiq: «Chuqur aqli zaif bola hech
narsa qila olmaydi, hech narsa bilmaydi, eng kerakligi esa — u hech
narsani xohlamaydi». Demak, aqli zaif
bolalardagi asosiy nuqson
xohish, istakning yetishmasligidir.
Shu narsa ma’lumki, aqli zaif bolalar dars jarayonlarida tez char-
chaydilar. Bu bolalarning diqqatlari uzoq muddat biror nuqtaga,
ta ’limga qaratilmaydi. Shuning oqibatida bu bolalar tez-tez dars-
dan chalg'ib turadilar. Aqli zaif bolalarning dars vaqtlarida chalg'ib
turishlari, ularning o'z xohish-istaklari bilan emas, balki bosh mi-
yalarida yuz bergan kasallikning natijasidir. Shu sababli yordam-
chi maktablarning xodimlari bunday holatlarga to'g'ri munosabatda
bo'lishlari kerak.
Ta’lim jarayonlarida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixti
yorsiz diqqatga o'tib
turishi yaxshi samara beradi, ya’ni bolaning
ixtiyoriy diqqatlari muddati cho'zilib boradi.
Dostları ilə paylaş: