Chalg'uvchanlikning oldini olish uchun m a’lum bir vaqtda faoli
yat turini o‘zgartirib turgan m a’qul. Agar bunday qilinmasa bolalar
tormozlanish holatiga tushib qolishib, mehnatdan chiqib ketishadi.
Aqli zaif bolalar irodaga bog'liq ishlarni har doim deyarli qoni-
qarsiz bajaradilar. Bu o'rinda mashhur fransuz pedagogi E.Segen-
ning ushbu fikrlari e’tiborga loyiq: «Chuqur aqli zaif bola hech
narsa qila olmaydi, hech narsa bilmaydi, eng kerakligi esa — u hech
narsani xohlamaydi». Demak, aqli zaif bolalardagi asosiy nuqson
xohish, istakning yetishmasligidir.
Shu narsa ma’lumki, aqli zaif bolalar dars jarayonlarida tez char-
chaydilar. Bu bolalarning diqqatlari uzoq muddat biror nuqtaga,
ta ’limga qaratilmaydi. Shuning oqibatida bu bolalar tez-tez dars-
dan chalg'ib turadilar. Aqli zaif bolalarning dars vaqtlarida chalg'ib
turishlari, ularning o'z xohish-istaklari bilan emas, balki bosh mi-
yalarida yuz bergan kasallikning natijasidir. Shu sababli yordam-
chi maktablarning xodimlari bunday holatlarga to'g'ri munosabatda
bo'lishlari kerak.
Ta’lim jarayonlarida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixti
yorsiz diqqatga o'tib turishi yaxshi samara beradi, ya’ni bolaning
ixtiyoriy diqqatlari muddati cho'zilib boradi.
Dostları ilə paylaş: