ning ko‘chuvchanligi deb yuritamiz. Diqqatning yuqorida aytib
o‘tilgan xususiyatlari tufayli odam atrofdagi muhitga, undagi turli-
tum an o'zgarishlarga tez moslasha oladi.
Diqqatning bu asosiy xususiyatlari bolaga tug‘ma
ravishda, irsiy
yo‘l bilan berilmaydi. Bu kabi xususiyatlar yoshlikdan boshlab turli
faoliyatlar — o‘yin, o‘qish, mehnat jarayonlarida tarkib topib boradi.
Ana shuni nazarda tutib maxsus maktablarning barcha o‘qituvchilari
turli-tuman dars va o‘yin jarayonlarida bolalar diqqatini har tomon-
lama hamda izchil ravishda shakllantirib borishlari kerak.
L.S.Vigotskiyning ko‘rsatishicha, aqli
zaif bolalarda diqqatning
oliy shakllarining buzilishi biologik va madaniy rivojlanishi orasi
dagi bog'liqlikning buzilishidir.
Aqli zaif bolalar bilan korreksion ishlarni muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun bola diqqatining fiziologik mexanizmlarini bilish
talab etiladi.
Aqli zaif bolalardagi ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan pastdir.
Buning sababi, ichki tormozlanishning zaifligi
va tashqi tormozla-
nishning yaqqol ko‘zga tashlanishidir. Qiyin boshqariladigan tashqi
tormozlanish aqli zaif bolalarda diqqatning turg'unsizligiga olib
keladi. Aqli zaif bolalardagi diqqatning taqsimlanishi, o‘tishining
qiyinligi tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarining mo‘rtligi asosi
da yuz beradi. Aqli zaif bolalar diqqatini tarbiyalab borishda ular
ning oliy asab faoliyatining tiplarini e’tiborga olish darkor. Aqli zaif
bolalar diqqatini shakllantirib borish shaxsni shakllantirib borish
bilan uzviy bog‘liq. Aqli zaif bolalar diqqatini
qator psixologik me-
todikalar bilan o‘rganish mumkin. Ayniqsa, «Shulte jadvali» me
todikasi, «Korrektur sinov» metodikasi va «Belgilarni qo‘yib chiq»
metodikalar yaxshi natija beradi.
Dostları ilə paylaş: