Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Emotsional rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Emotsional rivojlanish xususiyatlari
Ma’lumki, aqli zaif o‘quvchilarning asosiy kontingentini ota- 
onasiz, to iiq oilaga ega boim agan bolalar tashkil etadi. Bunday 
bola o‘z oilasi bilan to‘liq muloqotdan m ahrum boiadi, bu uning 
shaxsi shakllanishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Kech tashxis qo'yish, maxsus bog‘chalarning notoiiq tizimi, 
ichki oilaviy murakkabliklar qator qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. 
Bu aqli zaif bolaning atrofdagi kattalar va tengdoshlari bilan mulo- 
qotiga ham o'z ta’sirini ko'rsatadi.
Inson shaxsi ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mevasidir. U atrof-muhit 
bilan aloqadorlikdagi bir qancha munosabatlar jarayonida shakl­
lanadi. Aqli zaif bola shaxsi aqliy toiiqsizlik hisobiga o'ziga xos 
shart-sharoitni talab etadi.
Shaxsning ko'p qirrali jihatlaridan biri emotsiyalardir, u har qan­
day insoniy faollikka ijobiy ta’sir ko'rsatadi. L.S. Vigotskiy intellek­
tual va emotsional doiraning o'zaro munosabati va ichki birligini 
e’tirof etadi va aqli zaiflikda normaga qaraganda intellekt va affekt 
o'rtasidagi aloqa o'ziga xos boiadi, deb ta’kidlaydi.
Aqli zaif bolada emotsiyaning yuzaga kelishi uning yoshi, kamchi- 
likning chuqurligi va o'ziga xosligi ijtimoiy muhitga bogiiq boiadi. 
Bog'cha yoshidagi bolalar maqtov, ma’qullash, erkalashga moyil 
boiadi. Erkalash va qo'pol intonatsiyani ajratadilar. O'z munosaba­
tini ular insonlarga yaqinlashish, jilmayish bilan bayon etadilar.
Bolalar kattalar bilan qiziqib o'ynaydilar va shunga mos ovoz 
chiqaradilar. Masalan, bola mashinani o'ynaganda «bi-bi» deb ovoz 
chiqaradi.
Katta bog'cha yoshidagi bolalar atrofdagi sharoitni adekvat 
tushunadilar. Ular kichik yoshdagi bolalarga nisbatan nutqga ega 
bo'ladilar, o'z emotsiyalarini baqiriq yoki xulq-atvori bilan bayon 
etadilar. Bu bolalar qiziqish bilan sodda matnlarni eshitadilar. Mi- 
mika, imo-ishoralar, so'zlar orqali matn qahramonlariga o'zlarining 
ijobiy yoki salbiy munosabatlarini bayon etadilar. Odatda, bu bola­
lar o'z yaqinlari va o'rtoqlarini yaxshi ko'radilar.
Nuqsonning klinik xarakteriga ko'ra bog'cha yoshidagi bolalar 
o'z emotsiyalarini ko'rsatib, o'zlarini turlicha tutadilar. Ularning
6 i


harakatlari qat’iy, emotsional, reaksiyalari yuzaki bo'ladi. G ‘azab, 
xafagarchilik, g'am impulsiv namoyon bo‘ladi va o‘zi tomonidan 
nazorat etilmaydi.
Aqli zaif bog'cha yoshidagi bolalarda emotsiyalarini rivojlanti­
rish, ular hayotini, maxsus pedagogik ta’sir ko'rsatish asosida amal­
ga oshiriladi. Aqli zaif bolalarda emotsional doirani rivojlantirish 
tashqi shart-sharoitlarga bog'liq bo'ladi. Bu maxsus ta’lim va bolalar 
hayotini to'g'ri rejalashtirishdir. Bunday o'quvchilarga g'am, alam, 
xafagarchilik va xursandchilikning impulsiv ko'rinishlari xosdir. Bu 
holatlar ta’lim-tarbiya jarayonida silliqlashadi, bolalarda ijtimoiy 
adaptatsiya uchun zarur xulq-atvor shakllanadi.
Aqli zaif o'quvchilar asosan kichik yoshdagi o'quvchilar rasmda 
tasvirlangan personajlarning emotsional holatini tushunmaydilar. 
Bu o'quvchilar rasm personajlarining harakatlari va imo-ishorala- 
rini noto'g'ri qiyoslaydilar, noaniq, ba’zan noto'g'ri tasavvurga ega 
bo'ladilar (E.A. Yevlaxova). Maxsus maktab o'quvchilari ijtimoiy- 
m a’naviy xarakterdagi murakkab tuyg'ularni, nozik hislarni tushun­
maydilar. Lekin xursandchilik yoki g'am, xafagarchilik tuyg'ularini 
to'g'ri tushunadilar va nomlaydilar.
Maxsus maktab ta’lim sharoitining birinchi yillarida o'quvchilarda 
embrional dezoptatsiyaga moyillik kuzatiladi, bu ayni kategoriyadagi 
bolalarni ta’limga emotsional va shaxsiy tayyor emasligidan dalolat 
beradi. Yuqori sinflarda ular ijtimoiy moslashuvda muvaffaqiyatlar- 
ga erishadilar. Bu ularning oiladagi, maktabdagi xulqida namoyon 
bo'ladi. Aqli zaif o'smirlar turli jamoalarda muloqotga kirishadilar. 
Bu maxsus ta’lim jarayonida aqli zaif o'quvchilarning emotsional 
rivojlanishida ijobiy o'zgarishlar ro'y berishidan dalolat beradi.
Aqli zaif bolalarning hissiy-irodaviy doirasi rivojlanishning 
boshlang'ich bosqichlari bo'ladi. Uning shakllanishi nutqning paydo 
bo'lishi bilan bog'liqdir. Lekin xulqni nazorat qilish malakasining 
shakllanishi aqli zaif bolalarda ma’lum murakkablikka ega. Oli- 
gofren maktabgacha yoshidagi bolalar o'z xulqini, xohishini nazorat 
qila olmaydi. Aqli zaif bolalar uchun xulq-atvorning buzilishi ham 
xosdir. Ularda o'quv, o'yin, mehnat faoliyatida motivatsiyaning past 
darajadaligi, ichki his-tuyg'ularning zaifligi, o'z xatti-harakatlariga 
javobgarlik hissi yo'qligi namoyon bo'ladi.
62


Maxsus maktabdagi ta ’lim jarayonida aqli zaif o‘quvchilarning 
irodaviy regulatsiyasi rivojlantiriladi; o‘z impulsiv reaksiyalarini 
boshqarish va shart-sharoit talablariga bo‘ysunish malakasi shaklla­
nadi (M.G.Sarsidze). Korreksion yo‘naltirilgan ta’lim ta ’siri ostida 
shakllanuvchi irodaviy faollik m aiu m darajada bu turdagi bolalar­
ning aqliy, nutqiy va shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Diqqat hajmi, uning qat’iyligi ortadi, xotira doirasi kengayadi, 
uning samaradorligi oshadi, o'z navbatida tafakkur, nutq, xotirani 
rivojlantirish oligofren o'quvchilar shaxsining irodaviy xususiyatlari 
shakllanishiga ijobiy ta ’sir ko'rsatadi. Kichik yoshdan yuqori mak­
tab yoshigacha aqli zaif bolalarda ixtiyoriy ruhiy jarayonlarning ix­
tiyoriy rivojlanishi kuzatiladi.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin