Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. Diqqat va uning turlari, xususiyatlariga tavsif bering.
2. Aqli zaif o‘quvchilarning diqqat xususiyatlari haqida nima 
bilasiz?
3. Aqli zaif o‘quvchilarning diqqat xususiyatlarini tekshirish us- 
lubiyatlarini ochib bering.
44


2.5. Aqli zaif bolalar nutqi.
Aqli zaif bolalarda nutq buzilishining o‘ziga xosligi
Insonning eng muhim fazilatlaridan biri uning so'zlash qobili- 
yatiga ega bo'lib, nutq vositasida o‘zaro aloqa bog'lay olish, fikr- 
lasha bilishidir. Turli tovushlarning m a’lum tartibda birgalashib, 
payvasta bo'lib qo'shilishidan yuzaga kelgan m a’noli nutq muayyan 
organizmlarning faoliyati natijasida paydo bo'ladi.
Nutq murakkab funksional jarayondir. Uning asosida muloqot 
jarayonidagi til birliklarini o'rinli qo'llash yotadi. Tilning murakkab 
sistemasi uzoq muddatli ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bo'lib, 
u bola tomonidan nisbatan qisqa muddatlarda o'zlashtirib olina- 
di. Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, 
tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So'zning ahamiyati o'z-o'zidan 
umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o'zida na­
faqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. 
Ular aynan o'xshash emas va m a’lum darajada bir-biriga bog'liq 
bo'lmagan holda paydo bo'ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanish 
jarayonida murakkab, sifati jihatidan yangi birlik nutqiy tafakkur, 
nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo'ladi.
Kishilarning tili vositasida o'zaro munosabatda bo'lish jarayoni 
nutq deb ataladi.
Nutq va tilni ayni bir narsa deb hisoblash yaramaydi. Nutq odam 
boshqa kishilar bilan munosabatda bo'lish maqsadida tildan foy- 
dalanadigan faoliyatdir. Har bir odam muomalani o'zicha amalga 
oshiradi. Lekin bu muomala muayyan millat foydalanadigan o'sha 
bir xil vositalari yordamida yuz beradi. Til esa ana shu vositalar 
yordamida vujudga keladi. Til tovush va so'z boyligi, shuningdek, 
grammatik shakldir. Til ijtimoiy ishlab chiqarish taraqqiyoti davomi­
da kishilar o'rtasidagi nutq vositasidagi muomala jarayonida paydo 
bo'ladi va uni inson tayyor holda o'zlashtirib oladi.
Nutq birgalikda m ehnat qilish jarayonida kishilarda bir-biriga 
nim adir aytish ehtiyoji tug'ilgan vaqtda yuzaga keladi. Kishilar 
nutq yordamida o'z zamondoshlariga muayyan vaqtda nim alar 
yuz berayotganini xabar qilibgina qolmaydilar, balki insoniyat 
to'plagan bilim larni avloddan avlodga yetkazib beradilar. Bola
45


nutqni egallab olganidan keyin o‘zi tugilgan jamiyat hayotida 
kishilar bilan munosabatda bo‘ladi. Agar bola biror sababga ko‘ra 
nutqni eslab qolmasa, uning aqliy kamoloti past darajaga tushib 
qolishi mumkin.
Fikrlash o‘quvchining nutqi va tafakkuri o‘sishida muhim vosi- 
tadir. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib, yoki grafik bel­
gilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi 
nutqning fiziologik tabiati bir xil, farq tovush chiqariladi yoki yozib 
bayon etiladi, ichki nutqda nutq organlarining harakati tovushsiz 
yuzaga keladi.
Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq og‘zaki va yozma boiadi. 
Og'zaki nutq yozma nutqdan quyidagilar bilan farqlanadi: og‘zaki 
nutq — tovush nutq, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og‘zaki nutqda 
intonatsiya, mimika, imo-ishora jestikulatsiyadan keng foydalanib
eshitish sezgisi asosiy rol o‘ynaydi. Yozma nutqda esa ko'rish va m o­
tor harakat sezgisi asosiy rol o‘ynaydi. Yozma nutq nutqni aniqroq 
idrok qilishga yordam beradi.
Tafakkur va nutq bir-biri bilan uzviy ravishda bogiiqdir. Shaxs 
olylayotganda, odatda, fikrlar so‘zlar, jumlalar tarzida, ichki nutq 
deb ataladigan nutq tarzida ifoda etiladi. Biroq shunday hollar ham 
boiadiki, shaxs fikrini so‘zlar bilan ifoda eta olmay qoladi. Bu hol­
da odam ichki nutqdan tashqi ifodaga o‘tishda o‘z fikrini boshqa 
kishilarga tushunadigan qilib bayon etishda qiynaladi.
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. 
Ular o‘z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u 
haqida o‘ylab oladilar. 0 ‘ylagan paytida ovoz chiqarmasdan ichki 
nutqdan foydalanadilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshit- 
tirilmagan va yozilmagan, o'ylangan va fikrlangan nutqdir. Bu nutq 
fikrlovchi kishining o‘ziga qaratiladi. Ichki intonatsiya, mimikadan 
foydalanish imkoni boimaydi. Shu munosabat bilan yozma nutq 
ancha qiyinchilik tug‘diradi. Yozma nutq ancha murakkab va mav- 
humdir. Og‘zaki nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o‘zaro 
aloqa vositasi, quroli sifatida xizmat qiladi. Og‘zaki nutq m ono­
logik va dialogik nutq boiishi mumkin. Monologik nutq nomining 
o‘zi aytib turganidek, bitta odamning nutqidir. U ko‘pincha boshqa 
kishilarga, tinglovchilarga (ma’ruza, hikoya) qaratilgan boiadi, le-
46


kin monologik nutq tinglovchilarga qarata aytilayotgan vaqtida ular 
uchun tushunarli bo'lishi kerak.
Dialogik nutq ikki yoki undan ortiq kishining suhbatidan iborat 
bo'ladi. Har bir so'zlovchining fikrlari odatda almashinib turadi 
va odatda u monologik nutq singari davomli bo'lmaydi. Nutqning 
hamma aytib o'tilgan turlari aktiv nutq tushunchasiga kiradi. Ammo 
passiv nutq ham bo'ladiki, u kishining nutqini idrok etishi va tushu- 
nishini o'z ichiga oladi.
Bola nutqining normal rivojlanishi, unga doimo yangi tu- 
shunchalarni o'zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va 
tasavvurlarni kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Bolaning atro- 
fidagi katta odamlar qaysi tilda gaplashsalar, bola ham shu tilni 
o'rganadi. Nutqni egallashdek juda ham qiyin jarayonni bola qisqa 
muddat davomida uddasidan chiqa oladi.
Bola rivojlanishida psixik jarayonlar bilan birga eshitish qobiliyati 
juda katta ahamiyatga ega. Bolaning normal rivojlanishida va umu- 
man, barkamol bo'lib o'sishida barcha psixik jarayonlar bilan eshi­
tish qobiliyati chambarchas bog'liq holda, hech qanday nuqsonsiz 
rivojlangandagina uning nutq boyligi normal darajada rivojlanadi.
Aqli zaif bolaning xususiyati shundaki, uning psixikasi qoidaga 
bo'ysunmaydigan sharoitlarda, anomal taraqqiy topish jarayonida 
shakllanadi. Aqli zaif bola sog'lom tengdoshlaridan shu bilan farq- 
lanadiki, uning ilgarigi tajribasi va rivojlanishida bundan keyingi 
psixik kamol topish uchun zarur shart-sharoitlarni tashkil etuvchi 
mexanizmlar hamda psixik jarayonlar shakllanmagan bo'ladi. Shun­
day qilib, aqli zaif bolaning umumiy psixik taraqqiyot darajasi odat- 
dagi sharoitlarda uning maktab bilimlari, ko'nikma va malakalarni 
ongli sur’atda egallashini ta ’minlay olmaydi. Bolaning psixik kamol 
topishiga uni ommaviy maktabda o'qitib ko'rish zarar yetkazadi. 
U maktab yoshiga yetarkan, o'qish uchun yetarli tayyorlanmagan 
holda bo'ladi, o'quv topshiriqlarining maqsadiga diqqatini to'play 
olmaydi, qiyinchiliklarni yengib o'ta olmaydi. Maktabdagi tartib 
qoidalarga bo'ysunolmaydi. Bularning hammasi o'zlashtirmaslikka 
olib keladi. Shuning uchun yordamchi maktabning m uhim vazi- 
falaridan biri o'quvchini umumiy taraqqiy topishida ilgari siljitish 
uchun pedagogik jarayonga korreksion momentlarni singdirishdan
47


iborat. Yetakchi faoliyat uning psixik jarayonlari va shaxsiy xususi- 
yatlarida eng bosh o‘zgarishlarni taqozo etibgina qolmay, balki 
uning o'sib borishida yaxshi ko‘rsatkich hamdir.
B.N. Pinskiy ta’kidlashicha, aqli zaif bolalar o'zlarining sogiom
tengdoshlari mustaqil holda yoki o'qituvchining ozgina ko'magi bi­
lan bajara oladigan vazifalarni uddalashlari uchun propedevtik va 
korreksion tarbiyaviy tadbirlarga muhtojdir.
Nutqini o'z vaqtida to'g'ri egallash bolaga atrofini o‘rab turgan 
odamlar bilan erkin muomala qilish imkonini beradi, o‘z nutqini 
boshqarishiga ko‘maklashadi va nihoyat maktabda taiim -tarbiya 
berish jarayonini ancha yengillashtiradi.
Aqli zaif bolalar o'zlarining sogiom tengdoshlaridan farqli oiaroq 
ancha kech tilga kiradilar. Birinchi so'zni aytish muddati bolaning 
uch, ba’zan besh yoshigacha kechikadi. Eng avvalo, bu yerda talaf- 
fuzdagi nuqsonlarni qayd etish kerak. G.A. Kainning tadqiqotlariga 
ko'ra, yordamchi maktab o'quvchilarining 66 foizi tutilib gapirish- 
ning u yoki bu shakliga duchor boiadi. Aqli zaif bolalarda nutqiy nuq- 
sonlarning shunchalik katta miqdorda uchrashi tasodifiy hoi emas. 
Zotan, bosh miya po'stlog'ining shikastlanishi, fonematik eshituv- 
ning buzilishiga, artikulatsion apparat harakatining izdan chiqishiga 
olib keladi. Aqli zaif bolalar tilning lug‘aviy boyligini egallashda jid­
diy qiyinchiliklarga duch keladilar. Aqli zaif o'quvchilar qoilaydigan 
so'zlar zaxirasi odatdagi me’yorga tenglashtirib boimaydigan dara­
jada tordir. Ular ko'pincha so'zlarning ma’nosini tushunmaydilar: 
1)
mavhum tushunchani ifodalovchi mashaqqat, qimmatroq, arzon- 
roq; 2) ko'chma ma’noda qo'llangan so'zlar.
Ko'chma ma’noda qo'llangan so'zlarning mohiyatini tushun­
maydilar, «Oltin bosh» degan ibora bolada kulgi uyg'otadi, hamda 
ularning e’tiroziga duch keladi. «Bunaqasi boimaydi» deyishadi 
ular. Nari borganda o'quvchilar bu ibora vositasida quyoshda yiltil- 
lagan sochlarni tushunishadi. Hatto yordamchi maktabning yuqori 
sinf o'quvchilari ko'chma m a’nodagi so'z birikmalarini to'g'ri sharh- 
lashda qiynalishadi. Aqli zaif bolalarning nutqini farqlaydigan yana 
bir xususiyat bu ularning so'zlarni noto'g'ri talaffuz etishlaridir.
Gap shundaki, miya po'stlog'ining analizatorlik faoliyati buzi­
lishi tufayli, atrofdagilar haqida noaniq tasavvurlar o'quvchilarni
48


kuzatgan narsa va hodisalarni noaniq atashga olib keladi. Natijada 
predmetlarning o'xshashligini ilg'ab ularning farqini ilg'amasdan 
bunday predmetlarni bir xil so'z bilan atashadi. Aqli zaif bolaning 
faol lug‘ati uning nofaol lug'atidan kambag'alroq bo‘ladi.
M.P.Feofanovning tadqiqotlariga ko'ra aqli zaif bolalarning 
nutqiga oid qo'shimchalar sog'lom intellektdagi bolalarnikiga nis­
batan ikki barobar kam bo'lishi aniqlangan. Yordamchi maktab 
o'quvchilari, xususan, yuqori sinf o'quvchilari og'ir, baland, past, 
chuqur va shu singari so'zlarni osongina tushuntirishadi. Ulardan 
maxsus xarakterdagi mashqlarda to'g'ri foydalanishadi. Biroq o'z 
vaqtida ular chegaralangan doiradagi sifatlarni xush ko'rishadi. Jum­
ladan, yaxshi, yomon, katta va kichik singari. Shu boisdan ham 
o'quvchilarning so'zlab berishlari noaniq va bir xil bo'lib qoladi. 
Jumladan, ular shunday hikoya qilishadi: «Zumradning turmushi 
yomon edi», «Murodjon hayvonlarga yaxshi munosabatda bo'lar edi». 
Mazkur holda tormoz jarayonining, xususan, differensiallangan tor- 
mozlanishning zaifligi aqli zaif o'quvchilar yoqtiradigan so'zlar, bosh 
miya po'stlog'ida tormozlanmaydi, ular topshiriqning mohiyatini hi­
sobga olmasdan tez aytib yuborishadi. Aqli zaif bola hikoyalarining 
yoyiqligi, ko'p jihatdan ular nutqida motivlarning bo'lmasligi bilan 
izohlanadi. Bunday o'quvchilar gap qurishga ham qiynaladilar. Bu 
holat so'zlar moslashuvida ko'p uchraydi va ular nutqiga xosdir. Aqli 
zaif o'quvchilar nutqi sintaktik jihatdan ham o'ziga xos ravishda ajralib 
turadi. Eng avvalo, gaplarning tuzilishiga ko'ra jo'nligini qayd etish 
kerak. Yordamchi maktab o'quvchilarining nutqida qo'shma gaplar 
odatda ibtidoiy ko'rinishda, oddiy bog'lanishda uchraydi. Chunki 
o'quvchilar bir narsani ikkinchisiga qiyoslashda, hodisalarning sa­
babiy bog'lanishlarini ochib berishda qiynalishadi. Gaplarning tuzili- 
shidagi bu xil jo'nlik aqli zaif bolaning bosh miya po'stlog'ida shakl- 
lanuvchi oddiygina aloqalarga mos keladi. Buning ustiga, aloqalarni 
yetarli aniq anglamasligi, aqli zaif o'quvchilar fikrining noaniq tugal- 
langan bo'lib qolishiga olib keladi. Bolalar o'qiyotgan, eshitayotgan, 
ko'rayotgan narsalar haqida bir qator xatolarga yo'l qo'yadilar. Aqli 
zaif bolalar, hatto 1-sinf o'quvchilari hamma vaqt ham o'zgalarning 
og'zaki ko'rsatmasi bo'yicha faoliyat ko'rsatisha olmaydi. A.R. Luri- 
ya, N.P. Paramanova, O.K.Tixomirov (1973) va boshqalar o'tkazgan
49


tajribalar shuni ko‘rsatadiki, aqli zaif bola o‘zining harakatlariga 
qoilanm a b oia oluvchi umumiy qoidalarni mustaqil ifodalab be- 
rishga qodir emas. Aqli zaif bolaning ichki nutqi tashqi nutqiga nis­
batan ko‘proq shikastlangan boiadi. Ichki nutq aqlda shakllangan 
har qanday fikrning moddiy qobigidir. Aqli zaif bola nutqidagi bun­
day nuqsonlar, ularning o'qishini qiyinlashtiradi. 0 ‘quvchilar hamma 
vaqt ham o‘qituvchining tushuntirishlarini fahmlashavermaydi, matn 
mazmunini mustaqil tushunib yetmaydi, o‘z harakatlarini o‘rganilgan 
qoida bilan zaif nazorat etishadi. So‘z ular uchun narsaning o‘zi bilan 
chatishib ketgan boiadi, uning aniq mazmunidan ajratish uchun, 
ya’ni uni grammatik, fonetik jihatdan o'rgana boshlash uchun katta 
shijoat talab etiladi. 2-sinf o‘quvchisiga Misha va Masha so'zlarining 
yozilishidagi farq nimada? degan savolga «Misha o'g'il bola, Masha 
qizcha», deb javob bergan. Bunday bolalar so'zlarning grafik tasviriga 
e’tibor berishmaydi. Faqat sinchiklab, harfma-harf qilingan tahlil- 
gina ularning to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yordam beradi. Bu yerda 
aqli zaif bolalarning xususiyatlarini mutlaqo yengib boimaydigan, 
o'zgarmas narsa deb hisoblash to‘g‘ri emas.
Ilg'or pedagog-defektologlarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, 
ta’limning maxsus tashkil etilgan sistemasi yordamida aqli zaiflar- 
ning nutqiy faoliyatidagi nuqsonlarni korreksiyalab borish, tafakkur­
ning kechikishidagi nuqsonlarni oshirish mumkin. Aqli zaif bolalar 
juda ko‘p tovushlarni, ya’ni sirg'aluvchi, til orqa, sonor tovushlarni 
buzib talaffuz etadilar. Bunday holat bola nutq apparatining yax­
shi rivojlanmaganligidan dalolat beradi. Bu giiruhga kiruvchi bolalar 
orasida tovushlarni buzib talaffuz etish, boshqa tovushlarga almashti- 
rish ko‘proq foizni tashkil etadi. Shuning uchun ham logopedlarning, 
o'qituvchilarning asosiy vazifasi aqli zaif bolalar nutqini har tomon- 
lama o‘stirishdir. Tovushlarni to'g'ri talaffuz etish bola artikulatsion 
apparatining yaxshi uyg‘unlashib, moslashib ishlashiga bogiiqdir. 
Shuning uchun ham logopedlarning, o'qituvchilarning asosiy vazifasi 
aqli zaif bolalar nutqini har tomonlama o‘stirishdir. Tovushlarni to'g'ri 
talaffuz etish bola artikulatsion apparatining yaxshi uyg'unlashib, 
moslashib ishlashiga bogiiqdir. Shuning uchun hamma vaqt tovush­
lar ustida ish olib borilar ekan, albatta artikulatsion gimnastikalar 
o'tkaziladi. Ayrim unli va undosh tovushlar asta-sekin egallab bo-
50


riladi. Bolalarning ko‘pchiligi ayrim tovushlarni, ya’ni R, S, K, G, 
M, SH, CH tovushlarini talaffuz etishda qiynaladilar, so'zlarni buzib 
talaffuz etadilar. Ba’zi bolalar so'zdagi bo'g'inlar o'rnini o'zgartirib, 
so'zlarni noto'g'ri talaffuz qiladilar.
Rus psixologi A.R. Luriya fikricha «Nutq tovushlarini idrok etish­
da nutqiy oqimdan signalli, fonematik belgilar ajraladi va nutq to­
vushlarini differensiatsiya qilish ushbu maxsus belgilarni kuchayti- 
rishni hamda muhim bo'lmagan, tasodifiy, fonematik ahamiyatga ega 
bo'lmaganlardan ajratish asosida amalga oshadi? Shuni aytib o'tish 
zarurki, aqli zaif bolalarda faqatgina faol nutqning rivojlanishi kechikib 
qolmaydi. Bolalar ularga qaratib so'zlagan nutqni yaxshi tushunmay- 
dilar. Kattalarning savollari, talablari, tushuntirishlari va ko'rsatmalari 
ularning hayotida birmuncha boshqa, ahamiyatsiz rol o'ynaydi».
Aqli zaif bolalarning maktabgacha tarbiya davridagi nutqiy aloqa 
qilish faoliyati bilan bog'liq tajriba kamroq vaqtni 3—4 yilni o'z ichi- 
ga oladi. Shunda ham uning rivojlanish sur’ati keskin orqada qolgan, 
nutq faolligining zaifligi kuzatiladi. Bolaning maishiy so'zlashuv 
nutqi yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Bu esa oligofren bolaga kattalar 
bilan nutqiy aloqa qilishni qiyinlashtiradi. Bola suhbatlarda ishtirok 
etaolmaydi, savollarga bir xil tarzda va doimo ham to'g'ri javob ber- 
maydi. Topshiriq va vazifalarni bajarish unga qiyinchilik tug'diradi.
Aqli zaif bolalar uchun xos bo'lgan umumiy motor rivojlanmay 
qolishi ham nutqning rivojlanishining sekinlashishida ma’lum bir rol 
o'ynaydi. Motorikaning (harakatlarning) rivojlanmay qolishi bolaning 
atrof-dunyo bilan tanishish jarayonini buzadi va natijada ular haqida 
tasavvur va ma’lumotlarni to'plashni tormozlaydi. Aqli zaif bolalarda 
kuzatiladigan motorikaning nuqsonlari ular nutqining talaffuz to- 
moniga ham ta’sir etadi. Chunki nutq tovushlarining, so'zlarning 
ixtiyoriy talaffuzi nutq a’zolarining yuqori darajadagi koordinatsi- 
yalashga harakatlarini talab etadi. Aqli zaif bolalar uchun esa nutq 
a’zolarining koordinatsiyalashgan harakatlari qiyinchilik tug'diradi.
Aqli zaif bolalar uchun xarakterli bo'lgan fonematik eshitishning 
yaxshi rivojlanmaganligi va nutq harakatidagi kamchiliklar bir-biri­
ga ta ’sir etadi va nutqning rivojlanishini tormozlaydi. Ammo shuni 
nazarda tutish lozimki, nutq a’zolari harakatidagi kamchiliklarni 
haddan tashqari ko'pirtirib ko'rsatish maqsadga muvofiq bo'lmaydi,
51


chunki bu buzilishlar keyinchalik oson bartaraf etilishi mumkin. 
Asosiy, yetakchi rol fonematik eshitishning yaxshi rivojlanmaganli- 
giga tegishli boiib, u aqli zaif bolalarning umumiy rivojlanish nuq- 
sonlarining oqibatidir.
Nutq nuqsonlarining aqli zaif bola umumiy ruhiy taraqqiyotiga 
salbiy ta’siri J.I.Shif qo‘llanmasida atroflicha, chuqur tahlil qilib be­
rilgan. Muallifning e’tirof etishicha, aqli zaif bolalar bilan sogiom 
bola orasidagi farq ularning faol nutqlarida ko‘zga tashlanar ekan. 
Aqli zaif bolalar o‘z nutqlarida sifat, fe’l, bogiovchilardan juda kam 
foydalanar ekanlar. l.M.Savchenovning ta’biricha, so‘z bola uchun 
m aium vaqtgacha narsalarning «taxallusi» sifatida tushunilib keli- 
nadi. Bolalar ulg‘aygan sari narsa nomlarining ahamiyati ham o‘sib 
aniqlanib boriladi. Aqli zaif bolalarda «taxallus»lardan tushuncha- 
larga o‘tish jarayoni juda uzoq va qiyin shakllanadi. Yordamchi mak­
tab birinchi sinf o‘quvchilarining nutqidagi grammatik tuzilishlar 
takomillashmagan boiadi. Ularning jumlalari bir so‘zdan, sodda 
so‘zlardan iborat boiadi. 0 ‘z flkrlarini bayon qilishda juda qiynala­
dilar. Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar nutqi sogiom 3—4 yoshli 
bolalar nutqini eslatadi, bu bolalar o‘z flkrlarini o‘ylab tugatmasdan 
yoza boshlaydilar. Shuning natijasida, gapning boshlanishi bilan tu- 
gashi orasida bogiiqlik boimaydi. Yordamchi maktab o‘qituvchilari 
aqli zaif bolalarga yozish, o‘qish malakalarini o‘rgatishda ko‘p qiyin- 
chiliklarga duch keladilar.
Debil darajadagi aqli zaif o'quvchilar nutqidagi grammatik quri- 
lishning buzilishlari masalasi qator olimlar tomonidan (rus tad- 
qiqotchilari M.S.Gnezdilov, M.N.Yefimenkova, I.N.Sadovnikova, 
O.L.Jilsova, M.P. Fiofanovalar ishlarida) o‘rganilgan. Ularning 
ko‘rsatishicha, aqli zaif bolalar nutqda gaplardan ancha kechikib 
foydalana boshlaydilar. Dastlabki jumlalar aqli zaif bolalarda 5 yosh­
dan so‘ng paydo b o ia boshlaydi va u bir qator kamchiliklarga ega 
boiadi. Aqli zaif bolalarning nutqi asosan sodda gaplardan iborat 
boiadi. Ular maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshida ham 
sodda gaplar tuzilishini egallab olmagan boiadilar. Tuzgan gap- 
larida grammatik xatolar juda ko‘p kuzatiladi, gaplardan boshqaruv 
va moslashuv bogianishlar buzilishlari yuz beradi. Maktabgacha 
yoshdagi aqli zaif bolalarda quyidagicha gap tuzilishlarini eshitish
52


mumkin: «U bosh yo‘q», «Bola maktab ketdi» va hokazo. Aqli zaif 
bolalar ko'pincha bir so'zdan iborat gaplar qo'llaydilar. Bu «gap- 
so'zlarda» bayon etilayotgan fikr ajratilmagan ko'rinishda bo'ladi.
Ko'pincha aqli zaif bolalar grammatik jihatdan to'liq bo'lmagan 
gaplar tuzadilar. Ularda gapning tuzilishi qoidasi asosiy bo'laklarni 
tashlab ketish hisobiga qo'pol buziladi. Masalan, «Olmaxon daraxt- 
da o'tiribdi» o'rniga «Olmaxon daraxt», «Bola televizor ko'rdi» 
o'rniga «Bola ko'r» tarzda gapiradilar.
Aqli zaif bolalarning yozma nutqlari murakkab ruhiy faoli- 
yatdir. Og'zaki nutqdan yozma nutqga o'tish — bolalar nutqining 
rivojlanishida yangi davrdir. Aqli zaif bolalarning so'zlarini tovush 
tomonidan tahlil qila olishlari grammatik qonun-qoidalarni mu- 
vaffaqiyatli egallashlarida asosiy vositadir. N.S.Rojdestvenskiyning 
ta’kidlashicha, «So'zdagi tovushlarni farqlamasdan, ularni ajrat- 
masdan, bolalarni o'qish va yozishga, keyinchalik to'g'ri yozishga 
o'rgatish mumkin emas». Aqli zaif bolalarda o'z kuchiga ishonch 
hosil qilmasdan turib, yordamchi maktablar o'z oldiga qo'yilgan 
maqsadlariga erisha olmaydi. Buning uchun aqli zaif bola bilan 
uning kuchi yetadigan elementar ko'nikma va malakalardan bosh- 
lash kerak. Bolalarning nutq faoliyatlari ham bundan mustasno emas. 
Yordamchi maktab o'quvchilarining ayrimlarida uchrab turadigan 
«Oynali» yozuv ham qator qiyinchiliklar bilan bartaraf etiladi. Qator 
aqli zaif bolalar yozuv malakalarini to'g'ri egallay olmaydilar.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda bog'langan nutq shakl- 
lanmagan bo'ladi. Ular dialogda ishtirok eta olmaydilar. Monologik 
nutq aqli zaif bolalarda katta qiyinchiliklar tug'diradi. Katta mak­
tabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar va boshlang'ich sinf o'quvchilari 
uzoq vaqtgacha nutq orqali mustaqil, keng bayon etishga o 'ta olmay­
dilar. O'z fikrlarini og'zaki shaklda bayon etish uchun ular doimo 
kattalarning yordamiga muhtoj bo'ladilar. Me’yorida rivojlanayot- 
gan bolalarda nutqning fonematik tomoni shakllanishi 4—5 yoshda 
o'tadi. Ona tilini egallash jarayonida u nutq oqimidan so'zlarni ajra- 
tishga, ularni tahlil qilish, ularning asosiy, ma’no beruvchi fonema- 
tovushlarni eshitishga hamda talaffuz qilishga o'rganadi. Asta-sekin 
eshitish analiz va sintezini aniqlab, artikulatsiya a’zolari ishining 
takomillashib borib, nutqning semantik tomonini o'zlashtirgan sari
53


bolaning talaffuzi ancha to'g'ri boiib boradi va maktabga borish 
vaqtida tilining fonetik normalariga mos keladi.
Aqli zaif bolalar talaffuzidagi nuqsonlar — nutqning to iiq
rivojlanmaganligining ko‘rinishlaridan biridir. Me’yorida rivojlana- 
yotgan bolalarda kuzatiladigan talaffuz nuqsonlaridan farqli aqli zaif 
bolalarda uchraydigan talaffuz kamchiliklari boshqa, ancha murak- 
kab, shuning uchun ham bartaraf etish qiyin bo'lgan sabablarga 
ega boiadi. Ularning asosida bola tomonidan ona tilining tovush 
tomonini o'zlashtirish sekinlashganligi yotadi. Aqli zaif bolaga eshi- 
tilishi bo'yicha o'xshash fonemalarni ajratish va so'zning tovush 
tahlilidagi qiyinchiliklardan namoyon boiadigan fonetiko-fonema- 
tik buzilishlar xosdir. Bular talaffuz nuqsonlarini keltirib chiqaradi. 
Haqiqatdan, o'xshash tovushlarni yetarlicha aniq ajrata olmasdan 
bola ularni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgana olmaydi, chunki mus­
taqil ravishda o'zining talaffuzini nazorat qilib, takomillashtira ol­
maydi. So'zning tovush tahlili va sintezning nuqsonlari o'z navbati­
da ularning tuzilishini egallab olishga to'sqinlik qiladi. So'zlarda 
tovushlarni tashlab ketish, o'rnini almashtirish, shuningdek, so'zni 
oxirigacha aytmaslikka olib keladi.
Aqli zaif bolalarda fonematik eshitishning yomonligi, turli 
talaffuz kamchiliklari bolalarning yozish va o'qish faoliyatlariga 
ta ’sir qilmay qolmaydi. Aqli zaif bolalar shaklan o'xshash harflarni 
bir-birlari bilan almashtirib yozadilar. Ular orasida m aiu m anali­
zatorlari buzilgan bolalar ham uchrab turadi. Bunday mazmun- 
dagi kamchiliklar individual-korreksion ishlar bilan bartaraf etib 
boriladi.
Aqli zaif bolalarda nutqning fonematik nuqsonlari turlicha 
namoyon boiadi. Ba’zi bolalarda ular yaqqol namoyon boiadi. Bo­
lalar ba’zi tovushlarni umuman talaffuz etmaydilar (SH, R, К va 
boshqalar), bir qator tovushlarni noaniq talaffuz etadilar (L, Z, B), 
artikulatsiyasi va eshitishi bo'yicha o'xshash tovushlar almashtirila- 
di. Aqli zaif bolalarning ba’zilarida tutilib gapirish kuzatilib, bu nuq­
son tovushlar talaffuzining buzilishlari yoki boshqa nutq nuqsonlari 
bilan birgalikda kelishi mumkin. Shubhasiz, talaffuz kamchiliklari 
aqli zaif bolalarda! me’yorida rivojlanayotgan bolalarga qaraganda 
ko'proq uchraydi.
54


G.A. Kashening m a’lumotiga ko‘ra, yordamchi maktab 1-sinf 
o‘quvchilarining 65%, 2-sinf o'quvchilarining 60% da u yoki bu 
darajadagi talaffuz nuqsonlari kuzatiladi. I.P. Kornevning kuzatish- 
laricha, yordamchi maktabga o‘qishga qabul qilinayotgan vaqtda aqli 
zaif bolalarning 60% turli talaffuz qiyinchiliklariga ega bo‘ladilar.
Tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar bartaraf etilganidan so‘ng ham 
aqli zaif bolalar tovushlarni alohida talaffuz eta olsalar ham bu to- 
vushlarni mustaqil so‘zlashishda qo'llay olmaydilar. Chunki, alo­
hida tovushlarni talaffuziga qaraganda tovushlardan o'zining faol 
nutqida foydalanish haqiqatdan murakkab faoliyatdir.
Aqli zaif bolalar bilan aloqa qilishda ular nutqining yetarli­
cha ifodali emasligi ko‘zga tashlanadi. Og'zaki nutqning fone­
tik ifodaliligining asosiy vositasi bo'lib jum lani aksentli ajratish 
va jum laning intonatsiyasi xizmat qiladi. Aqli zaif bolalarning 
og'zaki nutqida ifodali vositalar juda zaif bo'ladi. Ularning nutqi 
monotonligi, intonatsiyasiz keraksiz pauzalar bilan xarakterlanadi. 
Alohida hollarda patologik sekinlashgan, past yoki tezlashgan, 
qo'zg'algan bo'ladi.
Aqli zaif bolalarda so'zlar boyligi odatda juda sekinlashgan 
bo'lishi kuzatiladi. Ular ko'pincha doimo uchraydigan, yaxshi tanish 
bo'lgan predmetlarning nomlarini ham bilmaydilar. G.L. Vigotskiy- 
ning m a’lumoticha, aqli zaif 1—2-sinf o'quvchilari lug'atida asosan 
ot va fe’llar ustunlik qiladi. G.M .Dulnev aqli zaif bolalar o'z nutq­
ida sifatlardan kam foydalanadilar, deb ko'rsatadi.
Lug'at zaxirasining kamligi aqli zaif bolalarga o'z fikrini, his- 
tuyg'u va istaklarini aniq ifodalashga to'sqinlik qilibgina qolmasdan, 
balki bir qator hollarda ularga qaratib so‘zlangan nutqni tushunish- 
lariga xalaqit beradi. Ko'p hollarda ular bir so'z bilan bir necha tu- 
shunchalarni «umumlashtiradilar». Masalan, qushning tumshug'ini 
burni, ro'molni shapka va hokazo deydilar. Bir qator hollarda aqli 
zaif bolalar bir so'z bilan bir-biriga yaqin predmetlarnigina emas, 
balki, ancha yiroq bir-biriga umuman yaqin bo'lmaganlarni ham 
bir so'z bilan ifodalaydilar. Masalan, qushning patini «soch» deb 
ko'rsatadilar, bunda aqli zaif o'quvchilar m uhim bo'lmagan, faqat- 
gina tashqi ko'rinish, ba’zan esa u yoki bu sababga ko'ra ko'zga 
tashlangan o'xshashlik asosida predmetlarni nomlaydilar.
55


Bir tomondan predmetlar ikkinchi tomondan so'zlar o'rtasidagi 
munosabatlarning o'ziga xosligi aqli zaif bolalarda kuzatiladigan 
predmetlararo differensiatsiyasi haqida ma’lumot beradi. Aqli zaif 
bolalarning ko'pchiligi turli-tuman predmetlarni nisbatan oson 
tanib nomlaydilar. Ammo obyektlarning xususiyatlari o‘rtasida 
o'xshashlik mavjud hollarda ularni nomlashda aqli zaif bolalar kes­
kin qiyinchilikka uchraydilar.
Aqli zaif bolalar tomonidan predmetlarning sifatlarini nomlash­
da ham so‘zlarni o‘rinsiz, keng ma’noda tushunish va qoilash ho- 
latlari kuzatiladi. Masalan, «katta» so‘zi orqali obyektning faqatgina 
katta-kichikligini emas, balki ogirligi, uzunligi, qalinligi, baland- 
ligi va hokazolarni ifodalaydilar. Bunday xususiyatlar asosida aqli 
zaif bolalar tafakkur jarayonlari, xususan analiz va sintezning 
0
‘ziga 
xosligi yotadi. Atrofdagilarning yetarlicha aniq idrok eta olmay, 
anglay olmasdan aqli zaif bolalar predmetlarni differensiatsiyalab 
nomlaydilar va umumlashgan, mavhum nomlar bilan chegaralanib 
qoladilar.
Aqli zaif bolalar nofaol lug‘atining faol lug'atdan ustunligi ku­
zatiladi (G.M. Dulnev). Aqli zaif bolalarda so'zlarning ko‘p qismi 
ularning nofaol lug‘atiga kiradi, nutqda esa ularning juda kam 
qismi qoilaniladi. Aqli zaif bolalar nutqi rivojlanishini tormoz- 
laydigan asosiy omillardan biri bu kategoriyadagi bolalarga xos 
boigan ona tilining semantik tomonini o‘zlashtirib olishda yetish- 
movchilik hisoblanadi. Ma’lumki, bolalar tanish so‘zlarni ancha 
oson talaffuz qiladilar va ajratadilar. Demak, so‘zning ahami- 
yati bolaning fonematik eshitishni yo'naltirish va tashkil etishda 
m uhim rol o'ynaydi. Umumiy rivojlanishdagi nuqsonlar aqli zaif 
bolalar tomonidan atrofdagilar predmetlarni nomlab yoki harakat­
larni bajarayotib talaffuz etayotgan so'zlarni tushunishga to'sqinlik 
qiladi.
So'zlarning ma’nosini tushunishdagi nuqsonlar o'z navbatida 
fonematik eshitishning rivojlanishini qiyinlashtiradi, shu bilan bola 
nutqining shakllanishini tormozlaydi.
Me’yorida rivojlanayotgan maktabgacha yoshdagi bolada nutq 
hayotiy tajribani bevosita anglatish, atrofdagilar bilan aloqa qilish 
bilan chambarchas bo g iiq shakllanadi. Bolaning faol amaliy va
56


\
W im faoliyati uning tasavvurlari doirasini kengaytiradi, unda yan­
gi ehtiyoj va qiziqishlarning paydo bolishiga turtki beradi. Bu esa 
o'z navbatida bolada kattalar bilan nutqiy aloqa qilish zaruriyatin- 
ing keskin oshishiga olib keladi. K attalar bilan aloqa qilish orqali 
bola o'zining lug'atini boyitadi, so'zlarning yangi m a’nolarini bilib 
oladi, so'z birikm alarini o'zlashtiradi, so'ngra ulardan o'z istak- 
lari, hislari, boshqa odamlarga munosabatini va hokazolarni ifoda 
etish uchun foydalanadi. Kichik yoshdagi aqli zaif bolalarda ham 
nutqning rivojlanishi albatta uning hayotiy tajribasi oshishi va 
atrofdagilar bilan aloqa qilishiga bog'liq. Ammo psixikaning yoki 
ruhiyatning rivojlanmay qolganligi ularda tajribaning ortishi sekin 
va nuqsonli kechadi. Nuqsonli rivojlanayotgan amaliy va bilish 
faoliyati ko'p hajmdagi turli tasavvurlar tez to'plash uchun yetar­
licha asos bo'la olmaydi va bolada yangi ehtiyoj hamda qiziqishlar 
paydo bo'lishiga imkon yarata olmaydi. Aqli zaif bola m e’yorida 
rivojlanayotgan tengdoshiga qaraganda atrofdagilar bilan aloqa 
qilishga kamroq ehtiyoj sezadi va yetarlicha muloqotda bo'lmaydi. 
K attalar bilan muloqot aqli zaif bolalarda kech va m e’yordan chet- 
ga chiqishlari bilan shakllanadi.
Aqli zaiflikni keltirib chiqargan gidrotsefaliyada ba’zan nutq 
yaxshi rivojlangandek tuyulsada, aslida unday bo'lmaydi. Bunday 
bolalarning nutqida juda murakkab jumlalar, so'zlar bo'ladi, ular 
nutqining grammatik tuzilishi ham juda murakkabligi bilan ajra- 
lib turadi. Bu bolalarning fikr yuritishlari nasihatgo'ydek tuyula- 
di. Nutqning mohiyatiga o'zlari yaxshi tushunib yetmaydilar. Bu 
bolalar nutqi yaxshi rivojlangan bo'lsa ham aqli zaif bolalarning 
fikr yuritish quroli bo'la olmaydi. Aqli zaiflikdagi bunday o'ziga 
xos nutq juda kam uchraydi. Shizofreniya kasaliga uchragan aqli 
zaif bolalarning nutqi ham yuqoridagi holatga o'xshab ketadi. Bu 
bolalarda nutq malakalari, tushunish holatlari, sog'lom bolalar­
dan ham tez shakllanishi mumkin. Ularning so'z boyliklari nor­
mal bolalarnikidan kam farq qiladi. Ammo, ular nutqida buzilgan 
so'zlar uchrashi mumkin. Bosh miya jarohatlarida, revmatizmda 
aqli zaif bolalarning og'zaki nutqlarida sezilarli muhim o'zgarishlar 
bo'lmaydi, shu bilan birga, ularning yozma nutqlarida yetarli kam­
chiliklar uchraydi. Bunday bolalarning yozish malakalari juda sekin
57


shakllanadi. Tutqanoq kasaliga mubtalo bo'lgan bolalarning nutqi 
dastlabki ko'rinishda aqli zaif bolalar nutqiga o'xshaydi, bu bolalar 
bir xil jumla, so'zlarni qaytarishga moyil bo'ladilar. Ular nutqida 
ortiqcha tutilishlar mavjud.
Yuqorida 
ta’kidlab 
o'tganimizdek, 
yordamchi 
maktab 
boshlang'ich sinf o'quvchilarining 40—60% da turli nutq kamchi­
liklari uchraydi. Bu nuqsonlar orasida asosiy qismni tili chuchuk- 
lik, manqalanish, duduqlanish tashkil etadi. Aqli zaif bolalar nutq- 
ining aloqa vositasi sifatidagi roli barcha tomonlardan zararlangan 
boiadi. Bunda nutqning axborot, hissiy-iroda, boshqaruvchanlik 
vazifalari buzilgan boiadi. Bunday bolalarda nutq bilan faoliyat 
orasida muvofiqlik ko'zga tashlanmaydi. Nomuvofiqlik aqli zaif 
bola nutqi bilan uning xulqi orasida ko'zga tashlanadi. Aqli zaif 
bolalar o'zlarini nazorat qilish uchun ham o'z nutqlaridan foy- 
dalana olmaydilar. A.R. Luriyaning ta ’kidlashicha, sogiom bolalar 
bog'cha yoshidayoq nutqdan nazorat quroli sifatida foydalana olar 
ekanlar.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin