Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

2.3. Aqli zaif bolalar xotirasi
Xotira — bu individ tajribasining eslab qolinishi, saqlanishi va 
kelgusida qayta tiklanishi. Xotiraga, shuningdek, unutish ham kira­
di. Bu jarayonlar faoliyatda shakllanadi.
Materialni eslab qolish, hayot faoliyati jarayonida individual 
tajribaning to‘planishi bilan bog‘liq. Eslab qolinganni kelgusida 
qo‘llash uchun qayta tiklashi zarurdir. Faoliyatdan m aiu m bir ma- 
terialning tushib qolishi uni unutishga olib keladi.
Aqli zaif bolalar xotirasi sogiom bolalar xotirasidan birmuncha 
farq qilinadi. Savol tugiladi: Aqli zaif bolalar xotirasi rivojlanadimi? 
Ha, aqli zaif bolalar xotirasi ham rivojlanadi, qachonki korreksion 
ishlari erta boshlansa va to‘g‘ri yoiga qo‘yilsa. M aium ki, xotiraning 
rivojlanishiga bir qancha analizatorlar o‘z ta ’sirini o‘tkazadi (ko‘rish, 
eshitish, ta ’m bilish, sezish). Ushbu analizatorlarga tayangan holda 
ish tashkil etilishi aqli zaif bolalarning xotirasini rivojlantiradi.
Matematika, ona tili, o'qish, mehnat, rasm kabi darslarda bar­
cha analizatorlarga tayangan holda ish olib borilishi bolaning rivoj­
lanishiga ijobiy ta ’sir etadi. Ya’ni aqli zaif bolaga tushuntirilayotgan 
mavzu o‘qittirilsa, yozdirilsa, ko£rsatib berilsa, iloji boisa shu pred­
met bolaga his qildirilsa (ushlasa), predmet mazasi aniqlansa bolada 
predmet haqida m aium ot kengayadi, bu esa uzoq muddatli xotirani 
rivojlantiradi.
Aqli zaif bolalar maktabida ta’lim jarayoni asosan takrorlash 
usuliga tayangan holda olib boriladi. Yilning boshida o‘quvchi mak- 
tabga kelganda ko‘p narsa yoddan chiqadi, o'qituvchining vazifasi 
o‘tilgan materialni esga tushirish, m aiu m bir vaqt ichida (taxmi- 
nan bir hafta) materiallar takrorlanadi. Takrorlash ishlaridan so‘ng 
yangi mavzuga o‘tiladi. Takrorlash ishlarini olib borish jarayonida 
shunga e’tibor berish lozimki, o'qituvchi bitta metoddan foydalani- 
shi mumkin emas, bitta metoddan foydalanish aqli zaif o‘quvchini
37


charchatib qo'yadi. Shunday metodlarni tanlash kerakki, ushbu me­
todlar bolaning ortiqcha toliqishiga imkon bermaydi. Faqat shunda- 
gina o'qituvchi o'z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi.
Aqli zaif bolalar xotira xususiyatlarini bir qancha olimlar 
G.Y.Troshin, L.V.Zankov, B.l.Pinskiy, G.M .Dulnev va boshqalar 
ilmiy-tadqiqot sifatida o‘rganganlar. Tadqiqotlarda ko'rsatilishicha, 
aqli zaif bolalarning darajalariga qarab, xotira xususiyatlarini 
rivojlantirish mumkin. Psixologiyadan ma’lumki, inson xotirasini 
rivojlantirish uchun avvalambor uning barcha bilish jarayonlari us- 
tida ish olib borish lozim.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar xotirasini birmuncha 
rivojlantirish uchun mayda qo‘l motorikalaridan foydalanish sama- 
rali natija beradi. Mayda qo‘l motorikalarining rivojlanishi ular­
ning nutqiy nuqsonlarini va bilish jarayonlarini rivojlantiradi. Fron­
tal va individual mashg‘ulotlarda bilish jarayonlari rivojlantiriladi. 
Bu mashg'ulotlarda bolalarni har tomondan rivojlantirishga e’tibor 
beriladi. Bolalarda ixtiyoriy xotiradan ixtiyorsiz xotiraga o‘tish 
uchun bir qancha vazifalar amalga oshiriladi. Bular: plastilindan 
biror predmetni yasash, yasash vaqtida plastilindan to‘g‘ri foydala­
nish, ya’ni gigiyenaga rioya etish, plastilin rangini to‘g‘ri tanlash, 
ranglar uyg'unligiga e’tibor qilish malakalarini shakllantirish ham 
xotiraning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Individual mashg'ulotlarda bolalarning nafaqat nutq nuqsoni 
ustida balki xotira turlari ustida ham ish tashkil etiladi. Chunki 
bolaning nutqiy nuqsonini bartaraf etish vaqtida bola berilayot- 
gan vazifani yodda saqlashi lozim, bunda asosan uzoq muddatli 
xotiraga e’tibor beriladi. Logoped ishni tashkil etish vaqtida bola­
ning individual xususiyatlariga alohida e’tibor berib, mashg'ulotni 
tashkil qiladi. Demak, mashg'ulot bolaning bilish xususiyatlariga 
va nutqini rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. Aqli zaif bolalarda 
barcha ishlar samarasi asosan takrorlashga bog'liq. Vazifalarni bir 
necha m arta takrorlash vaqtida o'tilgan topshiriqlar bolaning xoti- 
rasida olib qolinishiga ko'mak beradi.
Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar xotirasi ustida ish olib borish 
vaqtida tasavvurga ham e’tibor beriladi. Ma’lumki, tasavvurning 
rivojlanishi xotiraga ham bog'liq. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, inson
38


xotirasi qanchalik yaxshi rivojlansa, bu uning barcha bilish jarayon- 
lariga (tafakkur, tasavvur, idrok, xayol kabilar) ijobiy natija beradi.
Yuqori sinf o‘quvchilari bilan boshlang‘ich sinf o'quvchilari xoti­
rasining orasida ham katta farq bor. Boshlang‘ich sinf o'quvchilari 
xotirasi rivojlanishi ilk bosqichlarida ish olib borilsa, yuqori sinf 
o'quvchilari xotirasi ustida ishlar olib borilgan boiib, o'qituvchi aso­
san ularning uzoq muddatli xotira sifatiga e’tibor bera boshlaydi.
Aqli zaif bolalar bilan ishlash natijasi shuni ko'rsatdiki, ularning 
xotirasi hajm jihatdan rivojlanishi orqada qolgan boiadi. Xotiraning 
asosiy xususiyatlaridan biri bu uning hajmidir. Aqli zaif bolalar­
ning xotira hajmi qisqa boiadi. Bolalarga bilim berish vaqtida ular 
m aium otni juda oz miqdorda esda olib qoladilar. Shuning uchun 
ular egallashi lozim boigan materialni kam o‘zlashtiradilar. Bu esa 
o'qituvchi dars o‘tish vaqtida beriladigan materialning hajmiga ham 
alohida e’tibor ajratishini talab qiladi. Xotira hajmi qancha rivojlan­
sa, bu ularning bilim olish malakalarini rivojlantiradi.
Xotira hajmini rivojlantirish uchun bolaning individual xususi­
yatlari inobatga olinadi. Agar aqli zaif bolada bilish jarayonlari- 
ning pasayishi bilan birgalikda unda nutqiy nuqsonning bir qancha 
qo‘pol buzilishlari, shu bilan birgalikda tutqanoqlik yoki bolm asa 
eshitish idrokining pasayishi birgalikda kelsa, bu bola bilan ishlash 
jarayonida barcha nuqsonlari inobatga olinadi. Ya’ni bunday bola­
ning xotirasini rivojlantirish uchun uning bilish jarayoniga va eshi­
tish xususiyatiga tayangan holda ishlar tashkil etiladi. O'qituvchi 
aqli zaif bolalar haqidagi bilimi bilan eshitishida nuqsoni bo'lgan 
bolalar haqida ham m aium otga ega boiishi lozim. Chunki bunday 
bolalar mujassam nuqsonli bolalar sanaladi.
Bugungi kunda inklyuziv ta iim n in g joriy etilishi m aiu m bir 
nuqsonga ega boigan bolalarning ta’lim olishiga katta yordam be­
radi. Asosan ko'rishida nuqsoni boigan, eshitishida nuqsoni boigan 
bolalar sogiom bolalar bilan ta ’lim olish huquqiga ega bo'ladilar. 
Aqli zaif bolalar ham bundan mustasno emas.
Aqli zaif bolalar maktabida yuqori sinflarda bolalarning biror- 
bir hunarga ega boiishi uchun mehnat darslari tashkil etilgan. Bu 
darslar o'quvchilarni nafaqat biror-bir hunarga, shu bilan birga 
ularning bilish jarayonlariga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, sababi bola ish-
39


lash davomida bir qancha ruhiy jarayonlardan foydalanadi, jum la­
dan xotiradan ham. Dars vaqtida o‘quvchilar ham bilim oladilar
ham ishlash vaqtida ularning bilish jarayonlari rivojlanadi. Aqli zaif 
bolalar bilan qancha erta ish tashkil etilsa, bu ularning bilish jara- 
yonlariga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Uzoq vaqt davomida aqli zaif bolalar xotirasi mexanik ravishda 
rivojlangan deb yuritilardi. Hozirgi kunda olib borilgan tadqiqotlar 
shuni ko'rsatdiki, aqli zaif bolalar xotirasi mexanik ravishda rivojlan­
magan, chunki mexanik xotira rivojlanishi uchun ham analiz-sintez 
malakalari yaxshi shakllangan bo'lishi kerak. Aqli zaif bolalarda 
esa analiz-sintez malakalari rivojlanishi bir qancha orqada qolgan 
bo'ladi.
Tadqiqotlarga qaraganda aqli zaif bolalar xotirasi o‘n bir va o'n 
ikki yoshda biroz rivojlanar ekan. O'n uch va o'n to'rt yoshlarda esa 
aqli zaif bolalar mustaqil ravishda mantiqiy tushunchalardan foy- 
dalanishlari mumkin, o'n besh yoshlarda esa aqli zaif bolalarning 
materialni eslab qolish qobiliyati sog'lom bolalarga yaqinlashadi. Bu 
shundan dalolat beradiki, demak aqli zaif bolalar bilan olib borila- 
digan ishlar o'z vatqida to'g'ri va aniq yo'lga qo'yilsa, bu ularning 
rivojlanishiga yordam beradi. Defektologning asosiy maqsadi esa 
aqli zaif bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olib, korrek- 
sion ishlarni tashkil etishdan iborat.
Xulosa qilib shuni ta ’kidlash lozimki, aqli zaif bolalar xotirasi 
ham rivojlanadi, faqatgina aqli zaif bolalarning o'ziga xos xususi­
yatlarini hisobga olish lozim. Aqli zaif bolalar xotirasini tekshirish 
uchun «10 ta so'zni yod olish» metodikasi, «L.V.Zankov» m eto­
dikasi, «Voqealar ketma-ketligini aniqlash» metodikalari tavsiya 
etiladi.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin