o'ziga xosligi bilan muhim darajada bog‘liq. Shunday qilib, faoli
yati va xulqi keskin buzilgan, qo'pol motorika buzilishlari, ko‘rinib
turgan fonetika-fonematik eshitish nuqsoni bo'lgan o'quvchilar
uchun korreksion xarakterga ega, ularga xos kamchiliklarni yen-
gishga yo'naltirilgan maxsus ish tizimi ko'zda tutilgan.
Nihoyat, o'ziga xos xususiyatlari bilan sinfdoshlaridan keskin
farq qiluvchi ayrim o'quvchilar ham uchraydi. Shuningdek, bola
joyda juda bo'sh mo'ljalga oladi, bu uni yozish, o'qish matema
tika va boshqa predmetlarga o'qitishda qiyinchiliklar tug'diradi.
O'quvchi individual yondashishga muhtoj, busiz u o'quv dasturini
o'zlashtira olmaydi.
Qisqacha oligofrenga o'xshash bolalar haqida to'xtalib o'tamiz.
Ko'pchilik hollarda ular maktabga bolalar uylaridan keladilar. Go'dak
yoshida bu bolalar chaqaloqlar uyida bo'lgan. Ular hech qachon
ona g'amxo'rligi va erkalashini, ota-onalar bilan hissiy muloqotni
ko'rmaganlar, ya’ni erta bolalar deprivatsiyasi sharoitida yashaganlar.
O'qish va tarbiyani bolalar uyida davom ettirib, bunday bolalar o'z
tengdoshlaridan ortda qoladilar, tengdoshlari normal bolalikni shax-
siy rivojlanish va bilish faoliyati shakllanishini ko'zdan kechirganlar.
Maktab yoshiga kelib ular xulqi, qiziqishlari, nutqining va ongining
holati bo'yicha aqli zaif bolalar bilan bir xil darajada bo'ladilar. Ular
rivojlanmaganligi turg'un xarakterga ega bo'ladi.
Ular ko'pincha V III turdagi maxsus korreksion maktablarga
yo'llansada, yuqori sinflarga chiqib ularning ba’zilari ijtimoiy im-
koniyatlar va boshqa kriteriylar bo'yicha o'z sinfdoshlaridan o'zib
ketadilar. Aynan ana shular o'zlariga qo'yilgan tashxisni oldirib
tashlamoqchi bo'ladilar va bunga erishadilar ham. Bir qator hol
larda bunday bitiruvchilar o'z ma’lumotlarini davom ettiradilar.
Dostları ilə paylaş: