Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. Idrokning psixologik jarayonini izohlab bering.
2. Aqli zaif o‘quvchilar ko‘ruv idrokining ahamiyatini tushunti- 
ring.
3. Aqli zaif o‘quvchilarning taktil idrok xususiyatlari.
4. Aqli zaif o‘quvchilarning idrok xususiyatlarini tekshirish us- 
lubiyatlarini ochib bering.
2.2. Aqli zaif bolalarning tafakkuri
Tafakkur 
— atrofdagi borliqning aks etishiga imkon beradigan in ­
son bilish faoliyatining oliy shakli, predmet va hodisalar o‘rtasidagi 
aloqa va munosabatni o‘rnatadi.
Tafakkurning asosiy vazifalari:
— umumiy o‘zaro aloqalarni o‘rnatish;
— muayyan sinf hodisalari turi sifatida aniq hodisalar mohiya- 
tini tushuntirish;
— bir xil guruh hodisalari xossalarini umumlashtirishi.
Tafakkur operatsiyalari:
— tahlil qilish (xayoliy predmet, hodisa, holatlarni qismlarga 
ajratish va tarkibiy belgi, qismlarini aniqlash);
— sintez (turli xil belgilar o‘rtasidagi aloqani taqqoslash, qiyos- 
lash);
— mavhumlashtirish (predmetning asosiy xossalarini ikkilamchi 
belgilardan ajratish);
— taqqoslash (ma’lum obyektlarni taqqoslash va ulardagi umu­
miy yoki farqli belgilarni ajratish);
— umumlashtirish (ikki yoki bir qancha predmet-hodisalarni 
umumiy belgilariga ko‘ra guruhlarga umumlashtirish).
31


Ko‘rgazma-obrazli tafakkur
Bola anglash faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishda tafak­
kur muhim rol o'ynaydi. Bola rivojlanishining ma’lum bir bos- 
qichida unga m a’lum turdagi faoliyat xos bo'ladi.
Ilk yoshda tafakkur shakllanishida asosiy o'rinni m ulo­
qot, predmetli faoliyat egallaydi (L.S. Vigotskiy, A.V. Zoporo- 
jets, A.N.Monstev, D.B. Elkonin). Hozirgi vaqtda m ashhur 
psixologlarning ta ’kidlashicha, bolalarda maktabgacha yoshda 
ko'rgazmali-harakat, ko'rgazmali-obrazli va so'z-m antiq tafak­
kuri rivojlanadi. Bu tafakkur shakllari ontogenez jarayonida bir- 
biri bilan almashinadi, ammo birinchi ko'rgazmali-obrazli tafak­
kur hisoblanadi. U bola rivojlanishi jarayonida, ular tom onidan 
ijtimoiy malakalarni egallash orqali shakllanadi. Bola tafakkur 
rivojlanishida kattalar asosiy o'rinni egallaydi, ular tafakkurni 
o'qitish va tarbiyalash orqali rivojlantirishi kerak. Bolalarda ilk 
yoshda ko'rgazmali-obrazli tafakkurni o'rganish bilan L.S. N o ­
voselova shug'ullangan. U bola tafakkurining rivojlanishi butun- 
lay uni predmetli faoliyati shakllanishi jarayoni bilan bog'liq deb 
ko'rsatgan. Bolada predm etlilikning paydo bo'lishi ular tom oni­
dan insoniy faoliyat usullari va amalga oshirish motivlarini egal­
lash yo'li orqali amalga oshadi.
Aqli zaif bolada aks ettiruvchi faoliyatning farqli xususiyati unda 
bilish faoliyatlarining buzilmaganligi hisoblanadi. Bu eng avvalo 
umumiy va vositali bilimning buzilishidir.
Maqsadga qaratilgan faoliyat sifatida tafakkur har doim ma’lum 
muammoning yechimi sifatida yuzaga chiqadi.
Aqliy masalalarni yechish jarayoni bir nechta bosqichlarga ega: 
masala shartini tushunish, savol qo'yish, yechim ehtimoli farazini 
yaratish, yechimni topish va uning to'g'riligini tekshirish. Barcha 
fikrlash jarayonlari o'zida shaxsning qobiliyatlari, bilim va malaka- 
larini ochib beruvchi ixtiyoriy, maqsadga qaratilgan faoliyatlari- 
ni amalga oshiradi. Aqliy masalalarni yechish aqli zaif bolalarda 
boshlang'ich davrdayoq muhim qiyinchiliklarga olib keladi. Ular 
ko'pincha masalani noto'g'ri anglaydi, uni qisqartiradi yoki buzadi. 
Shu tariqa, avval boshdanoq, maqsadga qaratilgan tafakkur buzil-
32


gan va u boshqaruvchi vazifani boshqara olmay qoladi. Yechishning 
keyingi bosqichlarida kamchiliklar kuzatiladi. Qo‘llanilayotgan 
yechish usullari noto‘g‘ri va samarasiz boiadi. Masalani yechish 
jarayonida qo‘yilgan maqsaddan chetga chiqish, muammoning qay- 
sidir xususiy tomonida to‘xtab qolish kuzatiladi. Yechish jarayonida 
ko‘pincha xatolar va tekshirishlar majmuyiga olib keladi. Tekshirish 
zarur bosqich sifatida qabul qilinmaydi.
Olingan natijalar boshlang‘ich m a’lumotlar bilan bogliq 
bolm aydi. Tafakkurning past mahsulligi aqliy masalalarni yechish­
ning barcha bosqichida ko'rinadi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida aqli zaif bolalarga o‘z 
faoliyatini tashkil etishga, aqliy jarayonning bosqichi to‘laqonli 
o'tishiga yordam berish kerak.
Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur uchun obrazlar bilan aqliy faoli­
yat natijalari, tasavvuri orqali aqliy masalalarni yechish xarakterli 
hisoblanadi.
Haqiqiy hayotdagi predmetlar obrazini tahlil qilish, ichki nutq 
yordamida amalga oshiriladi. M e’yorda rivojlanayotgan bolalarda 
ko‘rgazmali-obrazli tafakkur asosan maktabgacha yoshda rivojlana- 
di. Aqli zaif o'quvchilarda tasavvur etilayotgan va idrok etilayotgan 
predmetlarni analiz va sintez qilishning rivojlanganligi kuzatiladi. 
Ularning diqqatini predmetlarning mavjud boim agan xususiyatlari, 
yorqin ko‘zga tashlanadigan belgilari tortadi.
Maxsus maktab o'quvchilarida alohida predmetlar va predmetli 
holatlarni so‘z bilan tavsiflashda qiyinchiliklar kuzatiladi. Bu toi­
fa o‘quvchilar o‘zlariga tanish predmetlarni qarama-qarshi qo‘yib, 
ularni taqqoslashda ularning umumiy xususiyatlaridan asosiysini 
aniqlash imkoniyatiga ega emas. Ularda tasavvurga ko‘ra taqqos­
lash vazifasini tushunmaslik kuzatiladi. 0 ‘quvchilar so‘zni erkin 
ravishda qoilay olmaydi. T.A. Pratsko aqli zaif bolalarda topish- 
moq materiali asosida so‘zli-obrazli masalalarni yechish xususiyat­
larini o‘rgangan. Uning aniqlashicha, topishmoqni tushunishning 
boshlang‘ich bosqichida o'quvchilar uning javoban ifodasini topgan 
so‘zlarni ajratadi. Nutqning tasviriy vositasi ular uchun tushunar- 
sizligicha qoladi. Ammo aqli zaif o ‘quvchilarning aqliy faoliyatini 
ko‘rgazmali vositalar yordamida faollashtirish mumkin. Maktab
33


sharoitida o‘qitish jarayonida ko'rgazmali-obrazli tafakkur rivojla- 
nadi. Obyektlarni aqliy analiz qilish maydoni kengayadi, tasav­
vur roli kengayadi, mavhumlashtirish qobiliyatining rivojlanishida 
ahamiyatli siljishlar kuzatiladi, 1-sinfdan 5-sinfgacha ko'rgazmali- 
obrazli tafakkur rivojlanishida ijobiy dinamika kuzatiladi. Shu bi­
lan birga aqli zaif o'quvchilarning ko'rgazmali-obrazli tafakkuri 
sog'lom tengdoshlarinikidan baribir pastligi aniqlangan. Ko'pgina 
aqli zaif o'quvchilarda murakkab hayotiy malakalar bilan bog'liq 
bilim va tasavvurlari orqali amalga oshiriladigan aqliy faoliyatlarida 
yetarli darajada umumlashtirishga erishmaydilar. Buning oqibatida 
ular aqliy masalalarni yechishda so'z ma’nolaridan erkin foydalana 
olmaydi.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin