Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. Oligofrenopsixologiya fanining rnaqsad, vazifalari, metodlari 
nimalardan iborat?
2. Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari.
3. Oligofrenopsixologiya fanining rivojlanish tarixi.
4. Oligofrenopsixologiyafaniningboshqafanlarbilanbog'liqligini 
chizmada ko'rsating.
19


II bob. AQLI ZAIF O 'QU V CH ILA RN IN G B ILISH
FAOLIYATI
2.1. Aqli zaif o'quvchilarning idroki
Idrok — bu inson analizatori yoki analizatorlar sistemasiga bevo- 
sita ta’sir etuvchi, narsa va hodisalarning butunligicha yoki ularning 
turli xususiyatlari o'zaro aloqasining shakllanish jarayonidir. Idrok 
turli sezgilar asosida shakllanadi.
Psixologiyada idrok quyidagilarga ajratiladi: ko‘ruv, eshituv, tak- 
til, ta’m bilish va hid bilish.
Idrokning barcha turlarida harakatlanish sezgirligi muhim o'rin 
tutadi, biroq bularni inson ko'pincha idrok etmaydi. Idrok etish- 
da nutq katta rol o‘ynaydi. Narsa va hodisalarning so‘zlar bilan 
ta ’riflanishi, ular orasidagi mavjud o‘zaro aloqa ta’minlanishini, ab- 
straksiyasi va umumlashtirilishi idrok etilayotganlarning mazmuni- 
ni ochishga yordam beradi.
Idrokning obyektiv faoliyati inson faoliyatining ilgarilanganli- 
gidir. Shu bilan birga faoliyat, amaliyot idrokning rivojlanishiga, 
harakatlarning to‘g‘ri va to‘la aks etishiga yordam beradi.
Aqli zaif bolaning ruhiyati o‘ziga xos sistemani aks ettirib, turli 
nuqsonlar va rivojlanishda orqada qolishlar to ‘laligicha faoliyat­
ning ruhiy jarayonlariga ta ’sir etadi. Bu holat idrokka ham taal- 
luqlidir.
Aqli zaif o'quvchilarning ko'ruv idroki. Hozirgi kunda eng ko‘p 
o‘rganilgani aqli zaif o‘quvchilarning ko‘ruv idroki hisoblanadi. Bu
— ko'rish analizatori boshqalariga nisbatan atrof-olam haqidagi tur­
li xil axborotlarni olishga yordam beradi. Eksperimental psixologik 
uslublarning ishlab chiqilganligi tegishli ahamiyat kasb etadi.
Ko£rish orqali idrok etish — juda murakkab ish bo‘lib, bu jara- 
yonda ko‘pgina qo‘zg‘atuvchilar ko‘zga o‘z ta’sirini ko'rsatadi.
Idrok etishda analiz qanchalik aniq bo‘lsa, sezish shunchalik si- 
fatli, kuchli va to‘la, aniq bo‘lib ular qo‘zg‘atuvchilarda differensial 
aks ettiriladi.
Sharhlash psixologiyasi — katta, murakkab, oligofren bolalarga 
nisbatan yaxshi o‘rganilmagan bir muammodir. Kuzatishlar kichik
20


sinflarning aqli zaif o‘quvchilarining atrofni sharhlash imkoniyat- 
lari juda past, bu ularning xulqiga ham ta ’sir qiladi.
Aqli zaif o‘quvchilarning ko‘ruv idroki qator o‘ziga xos xususi- 
yatlar bilan xarakterlanib, bular atrof-olam va uni o‘rganishga ta’sir 
ko'rsatadi. Bu xususiyatlarga obyektni ko‘rishni idrok etishning 
sekinlashishi kiradi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, bolalarga yaxshi 
tanish boigan rangli rasmlarni davomiyligi 22 millisekund vaqtni 
tashkil etgan paytda ko'rsatganda, aqli zaif bolalar bularning biror- 
tasini bilmagan va to‘g‘ri ayta olmagan. Ommaviy umumiy o‘rta 
ta ’lim maktabining I sinf o‘quvchisi shunday sharoitda ko‘rsatilgan 
rasmlarning 57% ni to‘g‘ri aytadi va taniy oladi.
Kuzatish muddatini 42 millisekundga cho'zganda aqli zaif bo- 
lalardan 55% javoblarni eshitish mumkin. Bunday sharoitda ular­
ning sogiom tengdoshlarining 95% to‘g‘ri javob qaytaradi. Ko‘rib 
turganimizdek, aqli zaif bolalarga soglom bolalarga nisbatan tanish 
narsalarni tanib olishi uchun uzoqroq, ya’ni ko‘proq vaqt kerak. Bu 
oligofrenlarga xos boigan analiz va sintez jarayonining sekinlashi­
shi bilan xarakterlanadi.
Maxsus tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, aqli zaif o'quvchilarga 
berilgan masala qiyinlashganda, ularda sensor axborotni qayta ish- 
lash ancha sekinlashadi.
Olingan tahlil natijalari aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan 
korreksion pedagogik ishlarda qo‘1 kelishi mumkin.
Aqli zaif o‘quvchilarning maktabda o‘qish yillarida ularning 
ko‘ruv idroki sezilarli darajada tezlashadi. Shunday qilib, III sinf 
o‘quvchilariga 22 millisekund vaqtda ko'rsatilgan rasmlarda 27% 
to ‘g‘ri topiladi. (Ommaviy m aktabning III sinf o‘quvchilari 100% 
natija beradi.) Amm o bu vaqtni 42 millisekundga cho‘zganda 
100% natija beradi. Ushbu m aium otlar oligofrenlarning ko‘rib 
idrok etishi tezlashgani haqida xabar beradi, ammo bu III sinf 
o‘quvchilari uchun yetarlicha sekinlashgan. Aniqlanishicha, aqli 
zaif bolalarning ko‘rilishi sodda b o ig an narsalarni idrok etishi 
tezlashib, narsalarning ko‘rinishi murakkablashsa, ularning idrok 
etishlari sekinlashadi.
Shunga ko‘ra, murakkab shakllar ko‘rish analizatorining anali- 
tik-sintetik faoliyatida hali ham sodda ko‘rinishlarda aks etadi.
21


Sog‘lom bolalarga nisbatan aqli zaif bolalar atrof vaziyatga ko‘z 
yugurtirib chiqqanda kam narsalarni idrok etadi. Bu ularga atrof- 
muhit bilan tez tanishishga, m a’lum bir predmetni, hodisani ajratib 
olishni qiyinlashtiradi.
Aqli zaif o'quvchilarga ko'ruv idrokining torligi ham xarakter- 
lidir. 0 ‘quvchilar, ayniqsa, kichik sinf o‘quvchilari bir vaqtning 
o'zida me’yordagi kabi emas, balki 8—12 ta katta bo'lmagan buyum- 
larni, eng kamida 4—6 ta katta bo'lmagan buyumlarni ko‘ra oladi 
(l.M . Solovyev).
Aqli zaif o'quvchilarning ko'ruv idroki qisqaligi atrof borliqni 
o'rganish imkoniyatlarini kamaytiradi. Bu bilan ba’zi o'quvchilarni 
o'qishga o'rgatishdagi qiyinchiliklarni tushuntirish mumkin.
Aqli zaif bolalarning ko'ruv idrokining yana bir xususiyati yetar­
licha differensiallanmaganligi: ular har doim ham ranglarni ajrata 
olmaydi, atrofdagi obyektlarni, ularga xarakterli bo'lgan qismlarsiz 
ajratadi. Masalan, birinchi sinf o'quvchilari oq, qora, to'q qizil, to'q 
ko'k ranglarini ajratishadi. Ammo och rangli, ularga o'xshashlarini 
ajrata olmaydilar. Chunonchi, ko'p hollarda ko'k va siyohrang, 
olovrang va qizil ranglarni ajrata olmaydilar. I ll sinfga kelib oli- 
gofren bolalarning rang ajratish xususiyatlari aniqlanadi. Uning 
aniq ko'rinishlari ba’zi o'quvchilarda saqlanib qoladi.
Aqli zaif o'quvchilarda rang ajrata olmaslikning asosiy sabablari, 
anglash faoliyatida ranglarni sezish xususiyatining pasayganligi nuq­
soni asosiy rolni o'ynaydi.
O'tkazilgan qator tajriba natijalariga ko'ra aqli zaif o'rta maktab 
o'quvchilari orasida rang ajrata olmaslikning sababi uni idrok etishda 
emas, balki hamma ranglarning nomlarini bilmasligida. O'quvchilar 
u yoki bu rangni ancha to'q bo'lgan hollarda aytishadi.
O'quvchilar och tusli rangning nomini aytmoqchi bo'lganlarida, 
ular o'zgacha nom bilan ataydilar. Masalan, och ko'kni ular «ko'kish
— yashil» yoki «yashil sariq» deyishadi. Boshqa hollarda ular «bu- 
naqamas», «ular boshqacha» iboralarini qo'llashadi. Kichik sinf- 
lardagi o'quvchilar ranglarni adashtirishadi, masalan, siyohrangni 
olovrang, olovrangni binafsharang va boshqalar. O'quvchilarda te­
gishli obyektlarga xos ranglarni ajrata olmasligi, borliqni anglash 
ko'nikmasini kamaytiradi.
22


Aqli zaif o‘quvchilarning ko'rish o'tkirligi pasaygan bo‘ladi. Ular 
sog‘lom tengdoshlariga nisbatan, och fondagi narsalarni qiyinchi­
lik bilan ajratishadi. Ko'rish o'tkirligining sustligi ularga bir-biriga 
yaqin turgan narsalarni ajratishda o‘quvchilar ularni ko'pincha 1 
ta katta obyekt sifatida qabul qiladi. Ko‘rish o‘tkirligining pastligi 
bolalarda atrof-olam haqida tasavvurlarning yaxlitligiga, birligiga, 
aniq formalarga ega emasligiga, ba’zi narsalar ularning ko‘z ostidan 
tushib qolishiga olib keladi.
Ko‘rishning bu xususiyati kichik maktab o'quvchilarida ko'rib tur­
gan narsalarning unga tegishli bo'lgan qismlarining ko'rinmasligiga 
olib keladi. Bu asosan, qo'l mehnati darslarini mustaqil bajarganda bi- 
linadi, o'quvchilar ishlarini bo‘sh bajaradilar. Yasagan ishlari umuman 
olganda namunaga o'xshamaydi. Shunga qaramay ular o‘z ishlaridan 
qanoat hosil qilib o'zlarini maqtaydilar va yaxshi va a’lo baholar olish- 
ni xohlashadi. Bunday baholash oligofren bolalarga tegishli bo‘lib, o'z 
mehnatlari va namuna o'rtasidagi farqni anglay olmaydilar. Aqli zaif 
kichik maktab o'quvchilarining narsa va hodisalarni o'zlaricha tanib 
idrok etishi ularning ilgari egallagan ko'nikmalarida aks etgan. Oli­
gofren o'quvchilar uchun ko'rganlarini umumlashtirish xosdir. Shunga 
qaramay, birinchi sinf o'quvchilari olmaxon bilan mushuk, soat bi­
lan kompas o'rtasidagi farqni ajrata olmaydi. Ular nuqtayi nazarida 
sog'lom tengdoshlariga nisbatan, masalan, geometrik figuralardan 
kvadrat va to'g'ri to'trtburchaklarni, ular orasidagi farqni bilmagan 
holda bir guruhga mansubligini bildiradilar.
Aqli zaif bolalarda ko'ruv idrokining differensiallanmagan- 
ligi tanish obyektlarini sharhlash paytida aniq kuzatiladi. 
Masalan, 1-sinf o'quvchilariga qalamni ko'rsatib, ulardan nimani 
ko'rayotganlarini so'ralganda bolalar predmet nomini aytishadi va 
o'z javoblarini noto'g'ri hisoblashadi. O'quvchilarni davomini kuza- 
tishga yo'naltirilganda, ular uning rangini va qalamning ishlatilishi 
haqida gapirishadi, ammo uning qalinligi, uzunligi, qirralarining 
mavjudligi, bir tomonning ochilganligi, qirralarining bir tomonida 
yozuvning borligiga ahamiyat berishmaydi. Normal rivojlanayotgan 
bolalar bularni o'zlari bilib aytishadi. Bu ma’lumotlar aqli zaif bo­
lalarning lug'at boyligining kambag'alligidan dalolat beradi. Biroq 
o'quvchilar bu sifatlarni, noaniq yoki noto'g'ri javobga ishora qilib
23


ham aytmaydilar. Bu bolalar lug'atida tegishli so‘zlar mavjud emas- 
ligidan dalolat beradi.
Aqli zaif o'quvchilar uchun ko'ruv idrokini boshqa sharoitlarga 
moslashtirish qiyin. Agar kichik sinf o'quvchilariga tepasi va tagiga 
ega predmetlarni 180 gradusda ag'darsa bularni umuman boshqa 
narsalar deb idrok etishadi. Rasmda ko'rsatilgan tarelka ustidagi 
piyolani ag'darganda o'quvchilar uni shlyapa, qo'ziqorin deb ayti- 
shadi. Aqli zaif bolalar biron narsa-buyumning nomini aytib darrov 
boshqasiga o'tib ketishadi, ularda shu buyumga qiziqish, uni yax- 
shilab ko'rishga bo'lgan intilishlari yo'q. Aqli zaif bolalarga nisbatan 
sog'lom bolalarda to'nkarilgan obyektni tanish jarayoni kuzatiladi. 
Ba’zi bolalar, avval ko'z yugurtirib chiqib noto'g'ri javob aytisha- 
di. So'ng uni yaxshilab ko'rib chiqib alohida qismlarini topib, uni 
qo'ziqorin emas, balki ag'darilgan piyola deb aytishadi.
Fazoda mo'ljal olish inson aktivligining muhim turlaridan 
biridir. U faoliyatning ko'pgina yo'nalishlari uchun kerak. O'tgan 
asrda aqli zaif bolalar bilan shug'ullangan shifokorlar va pedagoglar, 
ularning fazoda sust moslashishini kuzatganlar. Fazoviy buzilishlar 
aqli zaif bolalarda uchraydigan, eng ko'p tarqalgan va ko'p uchray- 
digan nuqsonlardan hisoblanadi.
Fazoni idrok etish har xil nuqsonli a’zolarning turli xil inter- 
modal aloqalariga asoslanadi. Fazoda komponentning to'liqligi 
ko'zga ta’sir etayotgan turli funksiyalarga bog'liq: uning o'tkirligiga, 
perseptiv maydonga, ko'z o'lchagichga, negaki aqli zaif bolalar bu 
darajaga yetmaydi (T.N.Belovina).
Psixologlar sog'lom bolalarda fazoni o'rganishning 3 asosiy 
bosqichini ajratishadi. Shundan birinchisi bolada harakatlanishning 
paydo bo'lishi, fazoda faol o'rnini egallash, shu bilan boshqalarni 
ko'rishga qulay bo'lgan holatni egallash. Ikkinchisi, predmet — 
harakatlarini egallash bilan bog'liq bo'lib, ular obyekt xususiyat­
larini va fazodagi o'zaro aloqasini kengaytirib o'rganishga turtki 
bo'ladi. Uchinchi bosqich nutq rivojlanishidan boshlanadi, so'zda 
fazoviy kategoriyalarni aks ettirish va umumlashtirishning paydo 
bo'lishi.
Aqli zaif bolalarda ham fazoni bilishning uch asosiy bosqichi 
o'zgacha tartibda, ammo juda kech muddatlarda o'tadi. Ular o'z
24


tengdoshlariga nisbatan ancha yuqori yoshlarda harakatlanishni 
o'rganishadi, bu ularni atrof — fazoni idrok etishini kechiktiradi.
Aqli zaif bolalarga xos bo‘lgan uyatchanlik va harakatlar koor- 
' dinatsiyasining kamligi, bolaga nisbatan yaqinda turgan narsalar 
\ bilan ko'rib tanishish shakllanishiga teskari ta ’sir ko'rsatadi. Aqli 
zaif bolalarga maqsadsiz harakatlanishning predmet harakatlarida 
shakllanish kamchiliklari va ortda qolishlari xos. Ularda sinkeneziy, 
tonik harakatlanish kuzatiladi. Yuqori shakllardagi motor harakat­
lanishning rivojlanmasligi predmet harakatlanishni egallashni tor- 
mozlaydi, bu o'z o'rnida aqli zaif bolaning atrof-muhitda mo'ljal 
olishiga xalaqit beradi. Shuning uchun, ikkinchi bosqich fazoni 
o'rganish cho'zilib ketadi va orqaga suriladi.
Aqli zaif o'quvchilar uchun orqada qolish va nutq rivojlanishi­
ning o'zgachaligi ularning fikrlashi bilan bevosita bog'liq, ayniqsa 
so'z — mantiqiy fikrlashi. Aqli zaif o'quvchilar o'zlarining nutqlarida 
kelishik qo'shimchalarini va bog'lovchilarni noto'g'ri va tushunmay 
ishlatadilar, bu tushunchalarni to'g'ri belgilash va umumlashtirishni 
bilmasliklaridan darak beradi. Boladagi nuqsonli rivojlanish so'z — 
mantiqning to'liq bazasini ta ’minlamaydi.
Maktabgacha bo'lgan davrda psixikaning xususiyatlari fazoviy 
* idrok qilish shakllanishining barcha bosqichlarida muhim boiib, u 
aqli zaif bolalarda kam ifodalangan. Maktab ta iim i davrida rasm, 
geografiya, qo'l mehnati va kasbiy ta iim darslarida ularning fa- 
zoda mo'ljal olish nuqsonlari yaqqol ko'zga tashlanadi. Shunday 
qilib, o'quvchilar daftarning varag'ida, sinf xonasida, jismoniy tar­
biya zalida, hovlida qiynalib mo'ljal oladilar. Ko'pincha ta ’limning 
boshlarida harflarni qatorlarga yozishmaydi, duch kelgan joyga 
yozib qo'yishadi, daftarda materialni kerakli tartibda joylashtira 
olmaydi. Obyektlarni tasvirlashganda, ularning kattaligini sezilar- 
li kattalashtirib yuborishadi, ularni chapga yoki o'ngga surib yu- 
borishadi (T.N.Golovina, l.A.Groshenkov). O'qituvchining rasmni 
qayerga joylashtirish haqida (pastki burchak, o'rtada, o'ng tomonda) 
so'z bilan ta’riflashi ayniqsa murakkab vazifa berilganda (tepadagi 
o'ng burchak) o'quvchilarda qiyinchilik tug'diradi. Jismoniy tarbi­
ya darslarida ham bunday dalillarni keltirsa boiadi, o'quvchilarga 
tartib bilan turish va zalda berilgan yo'nalish bo'yicha harakatla-
25


nish murakkablik qiladi. Aqli zaif yuqori sinf o'quvchilari mehnat 
darslarida andozalarni to‘g‘ri joylashtirishga qiynalishadi. Ko'pincha 
ular buni yaxshi uddalay olishmaydi.
Boshlang‘ich sinf aqli zaif o'quvchilarning idrok qilishlarining 
boshqachaligi, ularni sujetli rasmlarni tomosha qilganlarida bilinadi. 
O'quvchi sujetli rasmni tomosha qila turib, undagi buyumlarni to'g'ri 
ayta olishi va joylashishini aniqlashi, personajlarni aniqlab olishi, 
ularni qanday aloqalar bog'lab turishi, sharoitni tushunishi kerak.
Sujetli rasmni tushunishi idrok qilinayotgan tasvirning analiz 
va sintez qilish sifatiga bog'liq. Agar bunday fikrlash jarayonlari 
to'liq bajarilmasa, qator hollarda — noto'g'ri ro'yobga chiqariladi. 
Ta’Iimning boshlang'ich bosqichida aqli zaif bolalar rasmni ko'ra 
turib, ko'zga ko'ringan obyektlarni betartib sanashga tushishadi. 
Ular birlamchi va ikkilamchi obyektlarni ajratishga qiynalishadi 
(I.I. Budnitskaya, I.M. Solovyov, M.M.Stadnenko). Bunda bolalar 
ajratgan obyektlarini ma’noviy guruhlarga umumlashtirmay, ular­
ning umumiy mazmunini idrok etishga urinishadi. Buni hattoki, 
sujetli rasm sodda va o'quvchilarga tushunarlidek bo'lgandan ham 
ko'rish mumkin. Masalan: «Birinchi marta birinchi sinfga» ras- 
mini ko'ra turib, o'quvchilar tasvirdagi qiz kiyimlarining ko'pgina 
qismlarini sanashadi, ammo uning qo'lida portfeli borligini, kalen- 
dardagi «1-sentabr» yozuviga, o'quvchi qizning maktabga ketayot- 
ganligiga ishora ham qilishmaydi (N.M.Stadnenko).
Normal rivojlanayotgan boshlang'ich sinf yoshidagi o'quvchilar 
qisqa muddat ichida sujetli rasmni ko'ra turib, tanish predmetlami 
nomlashadi va ajratishadi. Aqli zaif boshlang'ich sinf o'quvchilari esa 
ko'pincha rasmlarni topib olishda va obyektni tasvirlashda xatoga yo'l 
qo'yishadi. Bu ularning bilim olish saviyasining pastligidan dalolat 
beradi. Noto'g'ri analiz qabul qilinayotgan tasvirni tanib olishga ham 
ko'maklashadi. Rasmda ko'rsatilgan alohida obyektlarni to'g'ri tanlab 
olishga to'g'ri shakl ajratish katta ahamiyat ko'rsatadi. Faqat shaklgina 
predmetlarni analiz va taqqoslashda yetakchi belgi hisoblanadi. Aqli 
zaif o'quvchilar umumiylikni differensiyalashda, alohida va birlikda, 
tekshiruvni davom ettirishda, shakllarni ajratishda qiynalishadi. Ular­
ga fragmentarlik, idrok etishning kambag'alligi, analiz jarayonlarining 
sust yo'nalganligi va taqqoslamaslik xos (T.N. Golovina).
26


Aqli zaif o'quvchilar uchun fazodagi obyektlarning o'zaro alo- 
qasini aniqlash ham qiyin masaladir. Ko'pgina qiyinchiliklar tas- 
virdagi tegishli belgilarni idrok qila olmaslik, tushunmaslikdan kelib 
chiqadi. Hayratlanarlisi shuki, uzoqdagi narsalar rasmda kichraytib 
tasvirlanadi. Ba’zi obyektlar oldingi qatorda turganlarining qismlari 
bilan to'sib qo'yilgan bo'lishi mumkin. Masofa chizilayotgan rasm- 
larning aniq chegaraga, intensiv ranglarga ega emasligiga soyalarning 
ishlatilganiga, tasvirlarning kichrayganiga ham ta’sir ko'rsatadi.
Qator hollarda rasmdagi predmetning kichraytirilgan tasviri aqli 
zaif o'quvchilarni uni uzoqlashganini tushunishga olib kelmaydi.
Agar yugurib ketayotgan kuchukning panjasi qarshisida turgan 
egasining oldida ko'rinmay qolganida aqli zaif o'quvchilar rassom 
kuchukni xato tasvirlaganini: unda 3 ta panja emas, 4 ekanligini 
aytishadi.
O'quvchilar rasmni unda tasvirlangan predmetning farqiga, bi­
rinchi, ikkinchi, orqa plandagiga ahamiyat berishmaydi. Bu ularga 
bir qatordagidek tasavvur beradi. O'quvchilar uchun sujetli rasm­
dagi holatni to'laligicha anglash, personajlar o'rtasidagi aloqa va 
munosabatlarni aniqlash qiyin. Bunda alohida tasvirlangan perso- 
najlarni tanib olish katta ahamiyatga ega. Masalan: o'quvchilarga 
dasturxonda o'tirgan ona va bola rasmi ko'rsatilgan. Bu yerda ona 
choy ichib o'tiribdi, o'g'li esa his-hayajon bilan unga muhim bir 
narsani imo-ishoralar bilan tushuntirayapti. Devorda rasm osilib 
turibdi. Polkada soat turibdi.
Qayd qilinishicha o'quvchilar rasmdagi personajlarni ajratib 
tanim ay global tushunganda (qiz va bola sifatida) unda rasm- 
ning sujeti bunday kechadi: «Qiz va bola choy ichib o'tirishibdi» 
yoki «Qiz dasturxonda o'tirib choy ichayapti, bola soatga qara- 
yapti». Bu ifodada bolaning ko'tarilgan qo'li xato ifodalanib, imo- 
ishora sifatida emas, balki chiroqni yoqishga bo'lgan harakatdek 
ko'riladi. Agar onani bir ayol, bolani esa begona sifatida ko'rishsa 
o'quvchilarninu tasviri bunday bo'ladi: «Ayol va bola dasturxonda 
o'tirishibdi». Ammo agar ayolda onani, bolada o'g'lini ko'rishsa 
rasmning to'g'ri interpretatsiyasi yuzaga keladi. «Ona o'g'li bilan 
choy ichayapti. O'g'li o'qishdan qaytib keldi. Onasiga qiziq narsa 
haqida gapirib berayapti».
27


Aqli zaif o'quvchilarning sujetli rasmni anglab yetishi ko'pincha 
uning mazmuni va kompozitsiyasiga bog‘liq. Obyektlar soni ko‘p 
bolganda, markaziy obyekt bo‘lmagan obyektlar uchraganda, per- 
sonajlar va ularning tashvishlari shu holatni ham butunligicha qabul 
qilishni qiyinlashtiradi. Bunda o'quvchilar egallagan bilimlari, ular- 
dan foydalana olishi, diqqatni jamlab rasmni uzoq tomosha qilishi 
asosiy rolni egallaydi.
Olingan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, aqli zaif 
o'quvchilar bilan maxsus ta’lim olib borilganda ularning nutqi va 
fikrlashi, boshqa psixik jarayonlari, ko‘rib idrok etishi yaxshilana- 
di, vaholanki, qilingan ishlar sezgi nuqsonlarini korreksiyalashga 
yo'naltirilgan bo'ladi.
Aqli zaif o'quvchilarning taktil idroki. Insonda idrokning asosiy 
turlaridan biri teri-tuyish hisoblanadi. Sezgi sistemasi teri-tuyishni 
shakllantirishni ta’minlaydi, u o‘z ichiga teri (taktil, harorat) va 
kinestetik analizatorlarini oladi. Teri-tuyish organi qo‘l hisoblana­
di. Teri-tuyish orqali boshqa analizatorlardan olinadigan axborotlar 
aniqlashadi, kengayadi va chuqurlashtiriladi. Bundan tashqari, ba’zi 
obyektlarning alohida xususiyatlari ko'rish, eshitish va hid bilish 
bilan idrok etishga bo‘ysunmaydi. Bularga buyumning harakati, 
uning og‘irligi, fakturaning ba’zi sifatlari kiradi va boshqalar. Ularni 
aniqlash uchun teri-tuyish zarur.
Psixologiya sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, obyektni 
idrok qilishning qator xususiyatlaridan, masalan, silliq yoki g'adir- 
budur yuzani insonning ko‘rish sistemasi emas, balki qo'li yaxshi- 
roq sezadi.
Olingan m a’lumotlarga ko‘ra, ikki sezgi sistemasi — ko‘rish va 
teri-tuyish (taktil) birgalikda yuqori natijalar beradi.
Aqli zaif o'quvchilarning teri-tuyishni o'rganish muammosi tadqi- 
qotchilar diqqatini tortmagan va bu sohada yetarlicha ma’lumotlar 
berilmagan. Ushbu kategoriyadagi o'quvchilarning teri-tuyish orqali 
idrok qilishini ko‘rib chiqib, V.l. Lubovskiy shunday xulosaga kelgan, 
tempning tushunishi va axborotni qayta ishlashda obraz va tushun- 
chalarning to'liq shakllanmaganligi barcha anomal bolalarga xos. 
Ushbu holatni aqli zaif bolalarga nisbatan olganda R.B.Kaffema- 
nas idrok etishning qiyinlashishi, bilish faoliyatining yetarli emas-
28


ligi barcha oligofren bolalarda uchrab, ularning ko‘rgazmali-obraz 
fikrlashi qiyinlashadi deb ta ’kidlaydi. Obrazlar bilan ish olib bor- 
ganda ko‘pgina o'quvchilar katta qiyinchiliklar sezishadi. Shuning 
uchun obrazlarni shakllantirish davomida turli xildagi axborotlarni 
ko‘proq jalb etish kerak. Obyektni ko‘rish va eshitish orqali idrok 
etishda qisman teri-tuyishni ham ishlatish foydali.
Bu holat insonning hamma sezgi organlari o‘zaro aloqadorligi, 
neyrofiziologik va psixologik tadqiqotlarining yangi ma’lumotlari 
bilan tasdiqlanadi. Birortasi ishdan chiqsa, boshqalarida ham bu- 
zilishlarni kuzatish mumkin.
Aqli zaif bolalarning teri-tuyish bilan idrok etishini eksperi­
mental o‘rganish bo‘yicha 2 ta tadqiqot ishi mavjud. Ulardan biri, 
A.P. Gozova tomonidan bajarilgan bo‘lib, o‘quvchilarga yaxshi ta­
nish bo'lgan obyektlar, katta buyumlar va to‘g‘ri shakllar orqali teri- 
tuyish xususiyatlarini yuzaga chiqarishdan iborat. Katta buyumlarga 
mumdan qilingan nok, fayansdan qilingan idish, yog‘och piramida 
yoki, yelim (plastmassa) eshakcha kirgan. Xuddi shu predmetlar 
yelimdan yassi shaklda yasalgan.
Aniqlanishicha, katta yassi buyumlarni to‘g‘ri tanib olish soni 
o'qitish jarayonida oshib boradi. Oligofren bolalar yassi buyumlarga 
nisbatan, keng sigim li predmetlarni osonroq o‘zlashtiradilar. Bu yassi 
tasvirlarning qator teri-tuyish belgilaridan xoli ekanligiga asoslanadi. 
Bundan tashqari o'quvchilar mustaqil yassi buyumlarni konturi orqali 
o'rganib, olingan m aium otlarni analiz va sintez qilishlari kerak.
A.P. Gozova ma’lumotiga ko‘ra, 1-sinf aqli zaif o'quvchilari teri- 
tuyish orqali katta sig‘imli materialni o‘zlashtiradilar. Bunda nok 
va idishni — shisha, piramidani — yog‘och deyishadi. Ba’zi bolalar 
yassi nokka aniqlik kiritam an deb, uni «rezinka» yoki «kvadrat- 
cha» deb atashadi. Beshinchi sinf o‘quvchilarining 20% javoblarida 
m a’lum bir buyumning borligiga ishora qilinadi: «Qandaydir plast­
massa». Ba’zi obyektning shakliga qarab qo‘shimchalar kiritishadi 
«oyna», «aylana», «kurakcha».
Ushbu tadqiqotlarda ishtirok etgan sogiom bolalarda, aqli zaif- 
larga nisbatan shakllarni aniq nomlashadi.
Ikkala guruh o‘quvchilari o'rtasidagi katta farq yaqqol bilinadi. 
Sogiom bolalarga nisbatan, intellektida nuqsoni boigan bolalarda
29


ko'proq va qo'polroq xatolar uchraydi. Masalan, beshinchi va yet- 
tinchi sinf o'quvchilari eshakni tuya yoki olmaxon, deb tanishadi. 
Bunday xatolar umumiy o'rta ta’lim maktabida 5-sinfdan bosh- 
lab kuzatilmaydi. Shuni aytish kerakki, o‘rta va yuqori sinflarda 
o‘qiydigan oligofren o'quvchilarda teri-tuyish faoliyatining notekis 
natijasini ko'rish mumkin bo'lib, ular to'g'ri javoblar bilan bir qa- 
torda qo'pol xatolarga ham yo'l qo'yadilar.
Aqli zaif bolalar o'rganayotgan obyektlarning 1 ta yoki 2 ta asosiy 
bo'lmagan belgisiga asoslanishadi. Ma’lumki, bunday o'rganish 
natijalari ko'pincha xato hisoblanadi.
R.B. Kaffemanasning keyingi yillarda olib borgan izlanish- 
lari A.P.Gozova tomonidan olingan m a’lumotlarni aniqlashtiradi 
va tasdiqlaydi. Muallif aqli zaif o'quvchilarga teri-tuyish orqa­
li (ko'rmasdan), tekis chiziqlardan tashkil topgan, oddiy relyefli 
shakllar bilan tanishishni taklif etgan. So'ng, ko'zlari yordamida 
xuddi shunday shakllarni cho'plar yordami bilan yasashlari kerak 
bo'lgan.
Aniqlanishicha, bu turdagi mashqlar hattoki katta sinf 
o'quvchilarining qo'llaridan kelmaydi. Hatto kichik sinf o'quvchilari - 
ning hammasi ham, teri-tuyish orqali shakllar bilan tanisha olmay­
di. Ko'pgina bolalar predmetni qo'llarida ushlab turib, hech qanday 
teri-tuyish harakatlarini bajarishmaydi. Kattalar tomonidan yordam 
berilmasa, shakllarni o'rgana olmaydi. Katta sinf o'quvchilarida 
xaotik, impulsiv, ortiqcha shoshqaloqlik harakatlari kuzatildi va bu 
o'rganilayotgan predmetga nisbatan aniqlik kiritmaydi.
Shuni aytish kerakki, berilgan shaklning to'liq obrazini yaratish- 
da ko'pincha qo'l harakatlarining bir-biriga bo'ysunmasligi xalaqit 
beradi. Ular alohida ma’lum bo'lmagan, ajratilmagan belgilariga 
asoslanishadi, bunda ko'pincha informativ belgilar o'zlashtirilmay 
qolinadi.
Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, o'g'il bolalar qizlarga nisba­
tan mashqlarni muvaffaqiyatli bajarishadi.
R.B. Kaffemanasning fikricha, aqli zaif bolalarda teri-tuyish 
orqali idrok etishning rivojlanishi uchun, dars va darsdan tashqari 
vaqtlarda ko'proq e’tibor berilsa muvaffaqiyatga erishilardi. Al- 
batta, bu korreksion ishlarda foydali bo'lib, maxsus maktab
30


bitiruvchilari joylashadigan turli ishlab chiqarish korxonalaridagi 
m ehnat teri-tuyish orqali idrok etishning rivojlanganligini talab 
etadi.
Aqli zaif bolalar idrokini o‘rganish to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun 
«Etalonlar metodikasi», «Rasmda kim yashiringan», «Raqamli kod- 
lash» metodikasi, «Yetishmaydigan qismlarni top» nomli uslubiyat- 
dan foydalanish tavsiya etiladi.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin