Ko‘rgazma-harakatli tafakkur
Ko'rgazma-harakatli tafakkur insonning yangi sharoit va amaliy
muammoli topshiriqni yechishning yangi usuli bilan to'qnashganda
paydo bo'ladi. Bunday turdagi topshiriqlarga bola butun bolalik
davrida — maishiy va o'yin faoliyatlarida duch keladi. Ko'rgazma-
harakatli tafakkurning muhim xususiyati shuki, holatni o'zgartirish
usuli bo'lib amaliy harakat xizmat qiladi va u sinab ko'rish yo'li
bilan amalga oshiriladi.
Aqli zaif bolalarda ko'rgazma-harakatli tafakkurning rivojla
nishi orqada qoladi. Aqli zaif bolalar predmetlar bilan harakat
qilishlarining har kungi tajribalarini mustaqil umumlashtira ol
maydilar. Shuning uchun aqli zaif bolalarda umumqabul qilin
gan qurollardan foydalanishni talab etadigan anglash bosqichi
rivojlanmagan bo'ladi. Amaliy harakatlar va ularni so'z belgi
lari o'rtasidagi aloqa yetarlicha bo'lmaydi. Nutq tashkil etuv-
chi va boshqaruvchilik vazifasini bajaradi. Aqli zaif bolalarda
ko'rgazma-harakatli tafakkurni shakllantirish asosiga muammoli
amaliy vazifa va vaziyatlarda mustaqil mo'ljal olishni rivojlanti
rish kiritilishi lozim.
Aqli zaif bolalarda amaliy vazifalarni bajarishda qiyinchilik yu
zaga keladi. Masalan, aqli zaif bolalarga kesma rasmlarni birlashti-
rish va Segen doskasini to'ldirish qiyinchilik tug'diradi. Ularning
predmetlar bilan harakatlari impulsiv xarakterga ega, bu harakatlar
fikrlash vazifasiga bog'liq bo'ladi.
34
Mantiqiy tafakkur
Fikrlash qobiliyati aqli zaif bolalarda
0
‘ziga xos tarzda amalga
oshadi. Aqliy faoliyat jarayoni o'zaro bog‘liq aqliy operatsiyalar bi
lan amalga oshiriladi. Predmet va hodisalarni tahlil qilish jarayoni
da aqli zaif bolalar sogiom tengdoshlariga qaraganda kam, m aium
qismlarni aniqlaydi. Sintez qilish jarayonida umumlashtirish ja
rayonining pastligi kuzatiladi. Obyektlarning o'xshash va farqli
belgilarini aniqlashda yordam beradigan taqqoslash operatsiyalari
ham maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘ziga xos tarzda kechadi.
Ko'pincha yo‘q belgilari taqqoslanadi.
Mavhumlashtirish — aqli zaif bolalar uchun ancha qiyin ope-
ratsiya hisoblanadi. Mavhum tafakkurning buzilishi aqli zaiflikning
asosiy belgisini tashkil etadi. Aqli zaif bolalar tomonidan umum
lashtirish situativ xarakterda boiadi. Tafakkur bilishning bosh quroli
hisoblanadi. U analiz, sintez, umumlashtirish, mavhumlashtirish,
aniqlashtirish kabi operatsiyalar shaklida kechadi. Tadqiqotlar-
ning ko'rsatishicha, bu barcha operatsiyalar aqli zaiflarda yetarlicha
shakllangan va o'ziga xos tomonlarga ega. V.G. Petrova, B.I.Tinskiy,
I.M. Solovyova, N.M.Stadnenko, J.I.Shif maiumotlariga ko'ra, aqli
zaif bolalar predmetlarni tushunadi, tahlil qiladi, qator zarur xususi-
yatlarni qoldirib, faqatgina yaqqol aniq qismlarinigina hisobga oladi.
Bunday tahlil natijasida ular predmetlarning qismlari bilan aloqasini
o'rnatishda qiynalishadi. Odatda, ular faqat predmetlarning ko'ruv
xususiyatlariga tayangan holda rangini aniqlashadi. Predmetlarni
tahlil qilishda ularning individual belgilarini emas, umumiy bel
gilarini aniqlaydi. Analizning takomillashganligi uchun predmet
larni sintez qilish qiyinlashadi. Predmetlarning alohida qismlarini
ajrata turib, ular orasidagi aloqani o'rnata olmaydi, shuning uchun
predmetlar haqida butun tasavvurga ega boiishda qiynaladi. Aqli
zaif bolalarda taqqoslash operatsiyasida tafakkurning sifatlari yorqin
namoyon boiadi, unda maxsus qo'yilgan analiz va sintez o'tkaziladi.
Ular predmetlar va hodisalardagi asosiy narsani ajrata olmay, mavjud
bo'lmagan belgilarni, ko'pincha mos kelmaydigan belgilar taqqos-
laydilar. Aqli zaif bolalar o'xshash va farqli predmetlarning farqini
aniqlashda qiynaladilar. Ayniqsa ular uchun o'xshashlikni aniqlash
qiyin. Ruchka va qalamni taqqoslab, ular: «ular uzunligiga ko'ra
o‘xshash, yana ularning terisi bir xil» deb javob berishadi. Aqli zaif
bolalar tafakkurining farqli tomoni tanqidiy qarashning yo'qligi, o'z
ishlarini mustaqil baholay olmasligidadir. Ular ko'pincha o'z xato-
larini belgilashmaydi, bu ayniqsa ruhiy kasallangan bolalarda bosh
miyaning peshana qismi jarohatlangan bolalarda va og'ir darajadagi
aqli zaif bolalarda yorqin namoyon bo'ladi. Ko'ruv idroki asosida
idrok etilgan fikrlash natijasidagi tasvir kambag'alligi, bog'liq emas
ligi, oddiyligi bilan ajralib turadi. O'quvchi obyektga qarab, uning
nomini bilsa ham, qismlarini to'liq aytolmaydi. Odatda, shakllar-
ning umumiy konturlari qismlarini tartibsiz bayon etadi.
Kichik maktab yoshidagi aqli zaif bolalar uchun 2 va undan or-
tiq predmetni solishtirish qiyinchilik tug'diradi. Solishtirishda I—II
sinf o'quvchilari bir obyektni ikkinchisidagi ajratuvchi xususiyat-
lariga e’tibor beradilar. Bu obyektlarning o'xshash xususiyatlarini
hisobga olmaydilar.
Bolalar obyektlar o'rtasidagi farqni solishtirib bo'lmaydigan
xususiyatlar bilan qiyoslaydilar. Masalan, bu piyola katta, bunisida
esa ko'k gul rasmi bor. Ular har xil. Birinchi predmetning kattaligi,
ikkinchi predmetning guli taqqoslangan.
Ayrim hollarda o'quvchilar vazifani oson yengil vazifalar bilan
almashtiradi yoki obyektni solishtirish o'rniga ulardan birini analiz
qila boshlaydilar. Yoki solishtirishni boshlab, o'z harakatlarini na
zorat etolmaydi. Bola o'zi uchun qiyin bo'lgan vazifada to'xtay ol
maydi va o'z aqliy faoliyatini yengillashtirib boshqa vazifaga o'tadi.
Aqli zaif bolalar tafakkurini tahlil qilib, bu jarayonning stereo-
tipligi, qiyin harakatligi va umuman to'liq egiluvchan emasligini
ta ’kidlash joiz. Shuning uchun mavjud bilim va malakalarni yangi
sharoitda qo'llash aqli zaif bolalarda qiyinchilik tug'diradi va vazi
fani xato bajarishga olib keladi.
Aqli zaif o'quvchilar tafakkurini o'rganish va to'g'ri tashxis
qo'yish uchun «Kesma rasmlar» metodikasi, «To'rtinchisi ortiq-
cha» metodikasi, «Klassifikatsiyalar» va «Yetishmaydigan qismlarni
aniqlash» metodikalarini tavsiya etish mumkin.
Savol va topshiriqlar
I. Tafakkur operatsiyalarini aytib bering.
36
2. Aqli zaif bolalarning ko‘rgazma-obrazli tafakkur xususiyatlari.
3. Aqli zaif bolalarning ko‘rgazma-harakatli tafakkur xususiyat
lari.
4. Aqli zaif bolalarning so‘z — mantiq tafakkuri xususiyatlarini
ochib bering.
Dostları ilə paylaş: |