II bo‘lim. SURDOPSIXOLOGIYA
IV bob. SURDOPSIXOLOGIYANING
NAZARIY ASOSLARI
4.1. Surdopsixologiya fani hamda uning metodlari mohiyati
Surdopsixologiya psixologiyaning maxsus bo‘limi bo'lib, eshi
tishida nuqsoni mavjud bolalar ruhiyatining shakllanish xususiyat
larini tahlil qilishni ko'zda tutadi.
Surdopsixologiya predmeti eshitishida nuqsoni mavjud shaxs
lar ruhiyatining o‘ziga xosligini o'rganish va turli murakkablikdagi
nuqsonlar yo'llarini aniqlashni qamrab oladi.
Surdopsixologiya vazifalari rus surdopsixologi T.G. Bogdanova
tomonidan quyidagicha belgilanadi:
• eshitishida nuqsoni mavjud shakllarning ruhiy rivojlanishning
umumiy va maxsus qonun-qoidalarini aniqlash;
• eshitishida nuqsoni mavjud shaxslar bilish faoliyatining rivoj
lanish xususiyatlarini o'rganish;
• ular shaxsining rivojlanish xususiyatlarini
tadqiq etish;
• eshitishida nuqsoni mavjud shaxslar ruhiy rivojlanish xususi-
yatlarining psixologik korreksiyasi va diagnostikasi metodlarini ish
lab chiqish;
• eshitishida nuqsoni mavjud shaxslarga pedagogik ta ’sir usul-
larni psixologik asoslash.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan shaxslar ruhiy xususiyatlari
XIX asr
o'rtalaridanoq pedagog va shifokor-psixologlar e’tiborini o'ziga jalb
etib kelgan. V.I. Fieri, FA . Ostrogradskiy, I.M.Logovskiy, F.A.Rau
kabi olimlarning pedagogik faoliyati va tadqiqotlari surdopsixologi-
yaning rivojiga katta hissa qo'shgan. Ularning ilmiy ishlarida eshi
tishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ruhiy xususiyatlarini kuzatish va
aniqlashga doir fikrlar beriladi. Xususan, V.I. Fieri eshitishida nuq
soni bo'lgan bolalar harakat ko'nikmalar xususiyatlarini ta’riflab,
noto'g'ri koordinatsiya, harakatlarning ishonchsizligi kuzatilishini
ta’kidlaydi.
L.S.Vigotskiy genetik tamoyillar
tahlili asosida eshitishida
nuqsoni bo'lgan bolalar ruhiyatining xususiyatlarini yoritib be-
70
radi. K ar bolaning rivojlanishi ijtimoiy sharoiti psixologik yangi
holatlar kuzatilishini asoslashini e’tiro f etadi. L. Vigotskiyning
fikr-mulohazalari maxsus pedagogikaning
rivojiga katta his-
sa qo‘shdi, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarni tabaqalab
o ‘qitish
Dostları ilə paylaş: