3.1. Aqli zaif bolalarning o‘z-o‘zlariga baho berish xususiyatlari
Shaxs shakllanishining asosiy omillaridan biri — aqli zaif bola
larning o'z imkoniyatlariga to'g'ri baho berish xislatlarining shakl-
langan boiishidir. Baholashga kishilar, narsalar, holatlar jalb etilishi
mumkin. O'z-o'zini baholashda kishining o'z aloqalarini, harakat
larini, sifatlarini, qilgan ishlarini, yutuqlarini baholash tushuniladi.
O 'z-o'zini baholashning shakllanishi atrofdagilarning baholashlari,
o'z faoliyat natijalarini ko'rishlari natijasida amalga oshib boradi.
O'quvchilarda o'z-o'zlarini baholashlari turli topshiriqlarni bajarish
jarayonlarida to'planib boradi. Bu jarayon bolalar ish faoliyatining
natijalarini baholab boruvchi o'qituvchining roli juda katta. Aqli
zaif bolalarda o'zlarini anglashlari birmuncha pasayganligi sabab
li, ish natijalarini ham birmuncha noto'g'ri baholaydilar. Shuning
oqibatida o'z faoliyatlarini to'g'ri tahlil qila olmaydilar. Bularning
barchasi aqli zaif bolalarda o'z-o'zlariga baho berishning o'ziga xos
shakllanishiga olib keladi. Maxsus tekshirishlar natijasida yordamchi
maktablarning turli sinflarida bolalarning o'z-o'zlarini baholashlari
haqidagi m aium otlar olingan. Kichik sinflarda o'z-o'zlariga baho
qo'yish ba’zan past, ba’zan esa yuqori bo'lar ekan. O 'rta sinflarda
o'z-o'zlariga baho berishlari birmuncha o'z imkoniyatlariga to'g'ri
kelar ekan. Yuqori sinflarda esa, o'z-o'zlariga baho berish nisbatan
yuqori bo'lar ekan. Kichik sinflardagi o'quvchilarning o'z imkoni-
yatlarga to'g'ri baho bermaslikning sababi, birinchidan, shaxsning
63
shakllanmaganligi, faoliyat maqsadlarini tushunmaslik, mehnat
natijalarini to'g'ri tahlil qila olmasliklaridir. Yuqori sinflardagi
o'quvchilar o'z imkoniyatlariga yuqori baho berishning asosiy sa-
babi, o'zlaridagi nuqsonni kamaytirish va o'z imkoniyatlarini to‘g‘ri
baholay olmaslikdir. Nuqsonli bolalarda nuqson mazmuniga ko'ra
o'z imkoniyatlariga yuqori va past baho berish xosdir. Bosh mi-
yada qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari birmuncha turg'un
bo'lgan oligofrenlarda ta’lim-tarbiya jarayonlarida o‘z imkoniyat
lariga to‘g‘ri baho berish hollarini ko'rish mumkin. Hissiy jihat
dan birmuncha «kambag‘al» bo'lgan aqli zaif bolalarda har qanday
murakkablikdagi topshiriqlar bilan ulardagi noto'g'ri tasavvurlarini
to'g'rilash qiyin. Shuning oqibatida aqli zaif bolalar o'z faoliyatlarini
to'g'ri rejalashtira olmaydilar, faoliyat natijalarini ko'ra bilmaydilar.
Umuman baho va o'z-o'zini baholash aqli zaif bola shaxsining tu
zilishida eng asosiy qismni tashkil etadi.
L.I.Bojovich m a’lumotlariga ko'ra, to'g'ri shakllangan o'z-o'ziga
baho berish shaxs shakllanishining yetakchi omillaridan biridir.
Shu sababli, yordamchi maktab o'qituvchilari bu muammoga oid
bolalarning psixologik xususiyatlarini bilishlari talab etiladi. O'z
imkoniyatlariga to'g'ri baho berish kattalar tomonidan amalga oshi-
rilib boriladi. Agarda aqli zaif bolalar o'z faoliyatlarini to'g'ri tahlil
qila olmasalar, atrofdan uning faoliyat natijalariga qo'yilgan baholar
salbiy yo'nalish kasb etadi. Agarda bola oilada ko'proq ijobiy ba
holar olib yurgan bo'lsa, bu bolalar maktabga kelgach, biror salbiy
baho olishlari ularda qator noto'g'ri xulq xislatlarining shakllanishi-
ga olib keladi. Bu bolalar tez xafa bo'ladigan, yig'loqi, qaysar bo'lib
qoladilar. Agarda bunday salbiy xulq shakllari uzoqroq saqlansa,
bular shaxsning turg'un sifatlariga aylanib qoladi. Sog'lom bola
larga oid bo'lgan bunday ma’lumotlar aqli zaif bolalarning qator
xususiyatlarini tushunishiga yordam beradi. Aqli zaif bolalar hali
maktabga bormasdan, oilada o'z imkoniyatlariga nisbatan yuqori
baho olganlar. Ota-onalar bolalarining ozgina yutuqlarini ham
yuqori baholashib, maqtashgan. Bolalarning bog'cha, maktabga
kelishlari bilan qator ko'ngilsiz voqealar boshlangan. Chunki bo
laning oilada olgan «yuqori» baholari endi kuzatilmaydi. Bolalar
o'z imkoniyatlariga yarasha baho oladilar. Sodda, lekin qimmat-
64
li metodika boigan De-Greyefe bilan yengil darajadagi oligofren
bolalarning o‘z-o‘zlariga baho berishlari tekshirilgan. Bunda bo
lalarga uchta aylana ko‘rsatilib, doskada shu aylanalardan qarab
chiziqcha chizish so‘ralgan. Bolalarga birinchi aylana shartli tarzda
0
‘qituvchi, ikkinchi aylana bolaning o‘rtog‘i, uchinchi aylana bola
ning o‘zi deb tushuncha berilgan. Tekshirilayotgan bolalar yuqori-
dagi «aylanalar»ning qaysi birini aqlli deb sanasalar o‘sha aylanadan
pastga qarab uzunroq chiziqcha chizishni, o‘rtaroq aqlli «aylanaga»
o‘rtacha uzunlikdagi chiziqcha chizishi va nihoyat aqlsiz «aylana
ga» qisqa chiziq chizishni so‘ragan. Tabiiyki, aqli zaif bola eng uzun
chiziqchani o‘zining aylanasidan pastga qarab chizgan. Bunday aqli
zaif bolalarning o‘zlariga yuqori baho qo‘yishlarini L.S. Vigotskiy
muallif nomi bilan atashni taklif etgan. Muallif De-Greyefening
quyidagi xulosasi bilan kelishadi. Aqli zaif bolalardagi o‘z imkoni
yatlariga yuqori baho berishning sababi, ulardagi umumiy aqliy
taraqqiyotning buzilganligidir. L.S.Vigotskiy m uallif flkrlarini
toidirib, aqli zaif bolalardagi o‘zlariga yuqori baho berishlari faqat
gina aqliy yetishmovchilik b o iib qolmasdan, balki yana bu bolalar
uchun baho ularning hissiy kamchiliklarining yorqin ko‘rsatkichidir.
Balki boshqa yana biror mexanizm bordir deb ta ’kidlaydi muallif.
Balki, o‘zlariga yuqori baho berish hollari ularga atrofdagilarning
qo‘yayotgan past baholariga javoban ko‘rsatayotgan soxta kompen-
satsiya qilish xarakterologik mahsulidir. De-Greyefening o'ziga xos
kamchiligi shundaki, uning flkricha, aqli zaif bolalar o‘zlarini kam-
chiliksiz deb hisoblaydilar va shuning orqasida o‘z kamchiliklarini
yo‘qotishga intilmaydilar. L.S.Vigotskiy bevosita shu kamchilikni
aqli zaif bolalarning sezishlari orqasida, bu bolalar shu kamchi-
liklarning o‘rnini to id irish maqsadida, o‘zlariga yuqori baho be-
radilar, deb uqtiradi. Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, yordamchi
maktab 2-sinf o‘quvchilarining o'z imkoniyatlariga baho berishlari,
shu sinf ommaviy maktab o‘quvchilarining baholaridan birm un
cha ustun ekan, bu farq 4—6-sinflarda birmuncha pasayib borar
ekan. 8-sinfga kelib esa, yana aqli zaif bolalarning o‘z imkoniyat
lariga baho berishlari ortib borar ekan. Bu natijalar L.S. Vigotskiy
nazariyasi bo'yicha tushuntirib berilishi mumkin. B oshlangich sinf
bolalari affekt natijasida o'zlariga yuqori baho bersalar, bu baholar
65
sekin-asta bolalar ulg‘aygan sari kamayib boradi. Yuqori sinflardagi
o‘zlariga yuqori baho berish esa, soxta kompensatsiya qilish natijasi
bo‘lsa ajab emas. Ayrim aqli zaif bolalarning baholarga nisbatan turli
xil munosabatlari, bu bolalarga baholash jarayonining o'zi, nazorat
qilish hollari salbiy ta’sir etadi. Shu masalaga oid B.I. Pinskiyning
maxsus tajriba ishlari bor. Muallifning ta’kidlashicha, «baholash
holati»dagi bajarilgan ishlarning natijalari birmuncha sifatsiz bo'lar
ekan. Hatto, bu kabi kamchiliklar sog‘Iom bolalarda ham uchraydi.
Ma’lum bo'lishicha, aqli zaif bolalar nazorat ostida ishlaganlarida
xatoliklar soni ortar ekan. Ammo ish tezligi o‘zgarmas ekan. Lekin
sog'lom bolalarga nisbatan aqli zaif bolalarda baholash jarayonidan
manfaatdorlik hislari birmuncha kam bo'ladi. Shu sababli, aqli zaif
bolalar ish natijalarini baholash vaqtlarida differensirlashgan holda
yondashish talab etiladi. Aqliy nuqson chuqurlashgan sari, o'zlariga
baho berish ortib borish xususiyatiga ega bo'lib borar ekan.
Shaxs yo'nalganligining bir tomoni o'zlariga baho berish-
dir. Agarda aqliy nuqsonli bolalarga mos bo'lmagan holda yuqori
baho qo'yilsa, uning o'ziga xos salbiy oqibatlari bo'lishi mumkin.
Me’yordan ortiqcha o'zlariga ishonish, tanqidsizlik, yalqovlik, xud-
binlik shular jumlasidandir. Aqli zaif bolalarga bahoning pasaytirib
qo'yilishi natijasida ham ba’zi salbiy xislatlar kelib chiqar ekan.
Buning oqibatida o'z kuchlariga ishonchsizlik, tashabbussizlik,
o'zi bilan o'zi o'ralashib qolish hollari ko'zga tashlanadi. Ayniqsa,
noto'g'ri baho aqli zaif bolalar shaxsiga salbiy ta ’sir etadi. Buning
oqibatida kuyinish, atrofdagilar muomalasidan qoniqmaslik holat-
lari yuz beradi.
A. Shtroymayyor ta ’kidlashicha, aqli zaif bolalar o'zlariga yuqori
baho berishib, ba’zan sog'lom bolalar bajarishga ikkilangan narsa
larni bajarishga urinib ko'radilar. L.V. Zankovning (1963) va B.Y. Zey-
garnikning (1971) o'tkazgan tajriba ishlarining isbot etishicha, aqli
zaif bolalarda o'zlariga baho berish sekin shakllanar ekan. Oligofren
bolalarga xos bo'lgan o'zlariga yuqori baho berish S.Y. Rubinshteyn-
ning ishlarida ham ko'rsatib o'tilgan. O'zlariga baho berishning
shaxsiy sifatlar bilan bog'liqligini psixologlardan Y.A. Serebryakova
(1956), B.V.Zeygarnik (1969), N.G. Kalita (1971), J.M .Glozman
(1983), J.I. Namazbayevalar ko'rsatib o'tishgan.
66
Aqli zaif bolalar shaxsi va shaxslararo munosabatlarini «Sot-
siometriya», «Dembo-Rubinshteyn S.Y.», «De-Greyefe», «Rene Jil-
ya» metodikalari yordamida tekshirish mumkin.
3.2. Aqli zaif bolalar faoliyati
Aqli zaif bolalarga barcha faoliyat turlarining kech va to‘liqsiz
shakllanishi xarakterlidir.
Bu tafakkur va nutqning m aiu m darajadagi rivoji, qobiliyat,
diqqat va o‘zining irodaviy xatti-harakatlarini maqsadga yo‘naltirish
malakasiga bogiiq boiadi. Amaliy harakatlarni talab etuvchi faoliyat
turi harakat doirasi rivojlanishidagi nuqsonlarning mavjudligi sababli
qiyinchilik bilan amalga oshadi. 0 ‘z-o‘ziga xizmat, ovqat yeyish
kabi oddiy predmet-amaliy faoliyat turi ham aqli zaif o‘quvchilarda
qiyinchilik tug'diradi. M aiu m malaka va ko'nikmalarni bu bo
lalarda tarbiyalash uchun uzoq muddatli maqsadga yo‘naltirilgan
ta iim talab etiladi. Ular harakatlar ketma-ketligini tez unutadilar,
ularning ahamiyatini tushunmaydilar. Shuning uchun barcha egal-
lagan bilimi kattalar yordamida so'zlar vositasida o‘zaro faoliyatda
takrorlanib turishi talab etiladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda to‘g‘ri xulq-atvorni shakllantirish
qiyinchilik tug‘diradi. Ularga xos aqliy kamchilik va zerikarli hayo-
tiy tajriba shart-sharoitni to‘g‘ri tushunish va adekvat baholashni
qiyinlashtiradi. Masalan, bolalar notanish odam boiganda yugu-
rish, baqirish, shovqin qilish m um kin emasligini tushunmaydilar.
Ayrim aqli zaif bolalar jim o‘tiradilar, ota-onasi orqasiga berkina-
dilar, muloqotdan qochadilar. Bu xususiyatlar kichik yoshli bola
larda kuzatiladi. Sogiom rivojlanuvchi bola uchun bog'cha yoshida
asosiy faoliyat turi o'yindir. Aqli zaif bola rivojlanishida o'yin katta
o'ringa ega boimaydi. Bu bog'cha yoshidagi aqli zaif bolalar o'yin
o'ynashdan yiroq boiishi bilan asoslanadi. Bola rivojlanishi uchun
ahamiyatli, lekin murakkab boigan sujetli-rolli o'yin ham aqli zaif
bolalar uchun murakkablik qiladi.
Odatda, aqli zaif bolalarda m a’noga ega boim agan o'yin harakat
larini kuzatish mumkin. Masalan, bola xonaning bir tom oni
dan ikkinchi tomoniga mashinani sudrab ovoz chiqarib o'ynaydi.
Uning harakati va ovoz tovushli harakatlari o'zaro mos kelmaydi.
67
Qizcha qo'g'irchoqni ovqatlantirib, uni yuziga uradi yoki qo‘liga
nima tushsa og‘ziga tiqadi. Ayrim hollarda 2—3 bolalar birlashib
o'ynaydilar. Masalan, bir bola mashina itarib
0
‘ynaydi. Ikkinchi
bola uni orqasidan yuradi. Bunday birga o‘ynash qisqa muddatli
bo‘lib, tez orada o‘rtada kelishmovchilik yuzaga keladi va ular bir-
biridan o‘yinchoqni tortib oladi.
Rasm chizish. Barcha normal rivojlanib borgan bolalar bog‘cha
yoshidan boshlab chizishni yoqtiradilar, avval ular qog'ozga turli
shakllarni tushiradilar. Keyinchalik ularda tanish predmetlar bilan
o'xshashlik kuzatiladi, bolalar keyinchalik alohida obyektlarni chi-
zishga harakat qiladilar.
Aqli zaif bolalarning tasviriy faoliyati sekin va o'ziga xos shakl
lanadi. Ularning rasmlarida diagnostik xarakterga ega harakatlar
kuzatiladi. Maxsus ta’limdan mahrum bolalar qobiliyati oddiy
shakllarni chizishdan nariga o‘tmaydi, faqat maktabgacha yoshidan
o‘tgan bolalar rasmlarida predmetli sujetli rasmlar kuzatiladi. Ular
nomukammal qo‘pol xatolar bilan chizilgan bo‘ladi.
Bolalar odamlar va qushlarni to‘rt oyoqli qilib chizadi. Bog'cha
yoshidagi bolalarda maxsus rasm chizishga o‘rgatilayotganda boshqa
holat kuzatiladi. Ularning ko‘pchiligida potensial imkoniyatlarni
ko‘rsatuvchi muvaffaqiyatlar kuzatiladi.
Aqli zaif bolalar maktabida asosiy faoliyat turi o‘qishdan tashqari,
mehnat faoliyatidir. Topshiriqlar ruhiy rivojlanish nuqsonlarini kor-
reksiyalash uchun shart-sharoit yaratadi. Oligofren o'quvchilar aso
san kichik maktab yoshida o'quvchilar qo'yilgan maqsad asosida
o'z xatti-harakatlarini boshqara olmaydilar. Ular mehnat faoliyatiga
uni tahlil qilmagan holda kirishadilar. O'quvchilar vazifani maqsa-
diga tushunmay, harakat rejasini tuzmay bajaradilar. Vazifani ba
jarishda aqli zaif bolalar murakkab faoliyatdan oson faoliyatga o'tib
ketadilar, ishga qiziqish bilan yondashmaydilar, ishni nomigagina
bajaradilar.
Aqli zaif bolalar o'z imkoniyatlarini adekvat baholay olmaydi.
Ular odatda har qanday ishni bajarishda faoliyat usuli — operatsion
tartibni bilmasdan urinadilar. Aqli zaif o'quvchilar o'z faoliyat nati-
jalariga tanqidiy yondashmaydilar.
68
|