Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Surdopsixologiya va surdopedagogikaning o‘zaro aloqadorligi



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Surdopsixologiya va surdopedagogikaning o‘zaro aloqadorligi
Surdopsixologiya va surdopedagogika uzviy o'zaro aloqadorlik- 
ka ega. Surdopsixologiya eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning 
psixik rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi, qaysi bolalarda 
rivojlanishning qaysi bosqichida u yoki bu o'ziga xoslik aniqla- 
nishini o'rganadi. Surdopsixologiya psixologik-pedagogik tadqi­
qotlar yordamida kar va zaif eshituvchi bolalarga kompensator 
rivojlanishni ta’minlash uchun ularni qaysi yo'l va vositalar bilan 
tarbiyalash va o'qitish kerakligini aniqlab beradi va ta’lim-tarbiya 
jarayonini takomillashtirishga oid psixologik-pedagogik tavsiyalar 
beradi. Surdopedagogikaning vazifalari bu tavsiyalarni o'rganish 
va ularni amaliyotga yanada samarali tatbiq etish yo'llarini to- 
pishdan iborat. Shu bilan birga kar va zaif eshituvchi bolalarni 
o'qitish va tarbiyalash jarayoni ijodiy izlanishlar xarakteriga ega 
bo'lib, bu surdopedagogika fanida o'z aksini topadi. Fan, o'z nav- 
batida, amaliyotni takomillashtirishning yangi usullarini izlaydi: 
eshitishida kamchiligi bo'lgan bolalarni o'qitish va tarbiyalashning 
yangicha nazariyalari ishlab chiqilmoqda, ular ta’lim va tarbiya 
amaliyotiga tatbiq qilinmoqda. Surdopsixologiyaning vazifalari esa 
o'qitish va tarbiyalashning yangicha sistemalaridan foydalanilganda 
bolalarning psixik rivojlanish xarakterini aniqlash, bu sistemalarni 
baholash, kerak bo'lsa, yangi sistemaning u yoki bu bo'g'inlarini 
korreksiyalash usullarini izlashdan iborat.
Savol va topshiriqlar
1. Surdopsixologiya fanining predmetini ko'rsating.
2. Surdopsixologiya fanining kelib chiqish tarixi xususida gapi- 
ring.
3. Surdopsixologiya fanining vazifalarini izohlang.
4. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasini tushuntiring.
4.2. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ruhiy
rivojlanishining o‘ziga xosligi
Eshitish buzilishlari bolalarda turli infeksion kasalliklar oqi­
batida yuzaga keladi. Meningit, skarlatina, otit, gripp kasalliklarini 
infeksion-yuqumli kasalliklar qatoriga kiritish mumkin. Eshitish
74


buzilishlari ichki, o‘rta, tashqi quloqlarning shikastlanishi natijasi­
da yuzaga keladi. Ichki quloq va quloq nervi shikastlangan bo‘lsa, 
ko‘p holatlarda karlik, agar o‘rta quloq shikastlangan bo‘lsa eshitish 
pasayishi kuzatiladi. Maktab davrida ovoz taassurotlarining yuqori 
chastotasi ham, eshitishning yuqori chastotasi ham eshitish qobili­
yati pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bolada eshitish nuqsoni yuzaga kelishiga homiladorlikning no- 
qulay davom etishi, onaning virusli kasalliklari ham muhim rol 
o‘ynaydi (qizamiq, gripp). Eshitish buzilishi sabablari eshitish sezgi- 
larini tug‘ma deformatsiyasi, eshitish nervining atrofi, ximik zahar- 
lanish, tug‘ish davridagi travmalar, mexanik travmalar, kuchli ovoz 
ta ’sirlarining akustik ta’siri boiishi mumkin. Eshitishning buzilishi 
o‘rta quloqning o'tkir shamollashi oqibatida yuzaga kelishi mum ­
kin. Eshitishning qat’iy buzilishi burun va halqum (adenoid, xronik 
shamollash) kasalliklari natijasida ham kuzatiladi. Bu kasalliklar 
chaqaloqlik chog'ida jiddiy xavf soladi. Eshitish pasayishiga ta ’sir 
qiluvchi omillar orasida ototopsik preparatlar asosan antibiotiklar 
m uhim o‘ringa egadir. Eshitish buzilishlari yuzaga kelishida kas- 
biy omillar ham katta ahamiyatga ega. Karlar oilasida eshituvchilar 
oilasiga qaraganda ko‘p miqdorda kar bola tug‘iladi. Shuningdek,
* yaqin qarindoshlar nikohida va er-xotin yoshi o‘rtasida katta farq 
ham eshitish buzilishlariga sabab boiishi mumkin. Aroqxo'r ota- 
onalar, kensok kasalligi, turli xromasomali kasalligi mavjud oila- 
lar (uchuvchi va suvga sho‘ng‘uvchilar)da ham eshitishida nuqsoni 
mavjud bolalar tug‘ilishi kuzatiladi.
Eshitishida nuqsoni mavjud bolalar ruhiy rivojlanish xususiyat­
larini to‘g‘ri tushunish uchun ularga o'z vaqtida tashxis qo‘yish, 
taiim -tarbiya muassasasini tanlash, bu jarayonni tashkil etishda bu 
bolalarning tasnifi muhim o‘rin tutadi.
Eshitishida nuqsoni mavjud bolalarning ruhiy rivojlanishi qo- 
nuniyatlari ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar psixik rivoj­
lanishi qonuniyatlariga xos boiadi. Rivojlanishida nuqsoni mavjud 
bolalar atrof-muhit bilan muloqotda qiyinchiliklarga duch keladi- 
lar, ularda shaxs va o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi xususiyatlari 
namoyon b o ia boshlaydi. Turli buzilish, nuqsonlarga ega bolalar­
ning ruhiy rivojlanishi tahlili, L.V. Vigotskiy ta’rifi bilan aytganda
75


nuqson strukturasidan tuzilgan tahlildan kelib chiqadi. Birlamchi 
nuqson bu o'rinda — eshitishning buzilishi ikkilamchi, uchlam- 
chi nuqsonlarga olib keladi. Ikkilamchi buzilishlar turli sabablarga 
ko‘ra chaqaloqlik, maktabgacha bo‘lgan davrda o'xshash holatda 
namoyon bo‘ladi. Ikkilamchi nuqsonlar tizimli xarakterga ega 
bo'ladi, funksional o'zaro munosabatlar strukturasini o'zgartiradi. 
Ikkilamchi nuqson qanchalik birinchisiga yaqin bo'lsa, uni kor- 
reksiyalash shunchalik murakkabdir. Masalan, eshitishida nuqsoni 
bo'lgan bolalar talaffuz nuqsoni eshitish buzilishi bilan bog'liq 
bo'lib, uni korreksiyalash mushkul vazifadir, nutqning boshqa ji- 
hatlarini rivojlantirish hali eshitish buzilishi bilan u qadar yaqin 
aloqada emas, shu sababli ularni korreksiyalash birmuncha yengil 
kechadi. Ikkilamchi nuqsonlar eshitish buzilishidagi psixologo- 
pedagogik korreksiyaning asosiy obyekti hisoblanadi. Bola ruhiy 
rivojlanishi o'ziga xosligi ikkilamchi nuqsonlarni erta korreksi­
yalash lozimligi dalillandi.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ruhiy tuzilishlarini bar­
taraf etish, uning birlamchi nuqsoni ikkilamchi va uchlamchi nuq- 
sonni yuzaga keltirilganligi maxsus tashkil etilgan ta’lim-tarbiya 
jarayonida amalga oshadi.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin