Savol va topshiriqlar
1. Eshitish nuqsonlarining tasnifi va tarixi xususida so'zlang.
2. Kar va zaif eshituvchi bolalarga ta’rif bering.
3. Xalqaro tasnifga ta’rif bering.
80
У bob. E SH IT ISH ID A N U Q S O N I BO ‘LGAN BOLALAR
BILISH FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI
5.1. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar sezgi va idrokining o‘ziga
xos xususiyatlari
Sezgi inson sezgi organlariga ta ’sir qiluvchi predmet va hodisa-
larning eng sodda ruhiy jarayonidir. Inson sezgisi tovush, rang,
shakl dunyosi haqida m a’lumot beradi. Sezgidan farqli o‘laroq idrok
predmet va hodisalar yaxlit obrazini o'zida namoyon qiladi. Har
qanday anglash jarayoni idrok etish va sezishdan boshlanadi. Bu
uning dastlabki sezgi bosqichidir. Lekin idrok atrofdagi olam haqida
to‘liq tasavvur berolmaydi. Materiyaning biz bevosita idrok etol-
maydigan xossalari mavjud. Tashqi olamni anglash va aks etishning
eng yuqori formasi tafakkurdir. Rivojlanishida nuqsoni mavjud bo
lalar sezgisi atrof-muhitni obyektiv aks ettiradi va predmet hamda
hodisalarni anglashning muhim bosqichi sanaladi. Kar bola idrok
va sezgi asosida atrofdagi predmetlar rangi, mazasi, hidi, shakli
haqida m a’lumot oladi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar sezgisi va idroki shaklla
nishining umumiy qonuniyatlari bilan birga spetsifik xususiyatlar
ga ega bo'ladi. Avvalambor, bu bolalarda asosiy sezgi turlaridan
biri eshituv sezgisi mavjud bolm aydi. Bizning organizmimizga
doimo tovush ta’sirotlari ta ’sir ko'rsatadi. Rivojlanayotgan bola
asosiy bilim manbayini eshituv sezgisi, idroki orqali qabul qiladi. U
atrofdagilar bilan muloqotga kirishib, radio, musiqa eshitib, kino,
teatrlarni tomosha qilib, ko'p m a’lumotga ega bo'ladi. Kar bola
bunday imkoniyatlardan chegaralangan bo'ladi. Bu atrofni anglash
jarayonini qiyinlashtiradi va kompensatsiyani talab etadi. 0 ‘z nav
batida bu ko'ruv, harakat, hidlash sezgisi va idroki rivojlanishiga
salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda eshi-
tuv sezgisi mavjud emas, degan fikr noto'g'ridir. Yangi okustik ap-
paralhir yordamida o'tkazilgan tadqiqotlar natijalari ko'rsatishicha,
eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning 40 %da eshituv sezgisi
qoldiqlnri mnvjudligini ko'rsatdi. Ulardan ta ’lim-tarbiya jarayonida
lovdnlnnlsh mumkin. XIX asrda 1.1. Fieri, so'ng N.M.Lagovskiy
81
va boshqa tadqiqotchilar ham karlar eshituv qoldig‘i mavjudligini
e’tirof etadilar. N.M.Lagovskiy ta ’kidlashicha, bu eshituv qoldig‘ini
faollashtirish, rivojlantirish mumkin. Gartm aning tadqiqotlariga
tayanib, N.M.Lagovskiy eshituv idroki darajasiga ko‘ra bir necha
guruhlarni tasniflaydi. Bu guruhlardan biriga kiruvchi bolalarda
eshituv idroki ma’lum darajada mavjud bo'lib, u nonutqiy tovush-
larni farqlash imkonini beradi. Boshqa bolalarda eshituv idrokining
darajasi balandroq bo'lib, u unli tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni farqlash
imkonini beradi.
Davomiy mashg'ulotlar mashqlar jarayonida eshitishida nuq
soni bo‘lgan bolalar eshituv idroki faollashtiriladi. Bunda eshituv
idrokining rivojlanishi anatomo-fiziologik mexanizmining tiklani-
shi evaziga emas, balki eshituv idrokini faollash yo‘li bilan amalga
oshadi. Kar bolada eshituv sezgisi va idrokining yo'qolishi sabab-
li ko‘ruv sezgisi va idroki asosiy o'rin tuta boshlaydi. Kar bola
ning ko‘ruv analizatori atrofdagi olamni anglashda asosiy ahami
yatga ega bo‘ladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalardagi ko'ruv
sezgi va idroki eshituvchi bolalar darajasida bo‘lish L.V.Zankov,
I.M. Solovyov, K.I.Veresotskoy tadqiqotlarida dalillangan. Shu sa-
babli eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar eshituvchi bola ahamiyat
bermaydigan tashqi olam xususiyatlari va nozikliklariga ahamiyat
beradi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning eshituv sezgisiga
qaraganda ko‘ruv sezgisining ustunligi, harakat sezgisining, teri-
taktil sezgilarning faolligi kuzatiladi. Eshituvchi bolalar karlarga
nisbatan yashil, siyohrang, qizil, sabzi ranglarni ko‘p almashtira-
dilar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar ranglarni nozik farqlay-
dilar. L.V.Zankov va I.M.Solovyov ta’kidlashicha, eshitishida nuq
soni bo'lgan bolalar chizgan rasmlarda, eshituvchi bolalar chizgan
rasmlarga nisbatan ko‘p detal va qismlar qamrab olingan bo'ladi.
Kar va eshituvchi bolalar rasmlari taqqoslanganda eshituvchi bola
lar rasmlarida predmetlarning muhim qismlarini tasvirlarda mavjud
emasligi ko'rinadi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar rasmlarida
bunday kamchiliklar kam bo'ladi, lekin ular fazoviy munosabat-
lar ifodalangan rasmlarni qiyinchilik bilan chizadilar. L.V. Zankov
va I.M. Solovyov ta’kidlashicha, ko'ruv idroki jarayonida eshitishi
da nuqsoni bo'lgan bolalar eshituvchilarga nisbatan predmetning
82
qo'shimcha detallariga ko‘p ahamiyat beradilar. Shu sababli, eshi
tishida nuqsoni bo'lgan bolalarda idrokning analitik tipi sintetik
tipidan ustun turadi, deb ko‘rsatish mumkin. I.M. Solovyov bu holat
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda eshituvchi bolalarga nisbatan
ko‘ruv sezgisi ustun degan xulosaga olib kelmaydi, deb e’tirof etadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqi shakllanishida ko‘ruv
idroki katta ahamiyatga egadir. Eshituvchi bola eshituv va ko'ruv
sezgisi va idrokiga tayanib, gapirishni o‘rganadi.
Nutqi mavjud bo‘lmagan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
ta’limning boshlang'ich bosqichlarida idrok etilganini umumlash-
tirish va sintezlashda, tasniflashda qiyinchilik sezadilar (masalan:
boshlang‘ich sinfdagi eshitishida nuqsoni bo‘Igan bolaga qizil
qalamni ko‘rsatib, bu nima deb savol berilganda, u qizil deb javob
beradi). Bu rang va predmet tushunchasi bola idrokida yetarli dara
jada taqsimlanmaganligidan dalolat beradi. Bunday differensial
va taqsimlash eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola nutq egallaganida,
uning nutqida predmet va sezgi m a’nosini ifodalovchi so'zlar uning
lug‘atida shakllanganida imkon tug'iladi.
Eshituv sezgisini yo'qotish bilan eshitishida nuqsoni bo'lgan
bolalarda ko'ruv sezgisi faollashadi, o'tkirlanadi. Ko‘ruv idrokidan
tashqari, anglash jarayonida hidlash va harakat sezgilari ham muhim
o'ringa egadir. Harakat sezgilari inson badani, qismlari, nutqiy or-
ganlar harakati haqida signal beradi. Eshituv analizatori funksiya-
sining buzilishida nutqiy harakatlar aniqligi, differensiallanganligi
buziladi. I.M. Solovyov va boshqa olimlar ta ’kidlashicha, eshituvning
yo'qolishini nafaqat artikul apparat sezgisi, balki nafas olish appa-
ratining harakat sezgisiga ham salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Chunonchi,
mimika, daktilologiya kabi nutq shakllari harakat va ko‘ruv sezgi
lari asosida shakllanadi. Teri sezgilari taktil va temperatura sezgi-
larini qamrab oladi. Ular birligi predmet, uning shakli, kattaligini
ifodalovchi materialni anglash imkonini beradi. Bu sezgilar retsep-
torlari barmoq uchlarida, til uchida joylashgan bo'ladi. Sezgilar faol
faoliyatni talab etadi va retseptorlarni ta ’sirlovchilar bilan kontakti
davomida yuzaga keladi. Teri sezgilari, idrok boshqalar bilan birga
predmetni to‘liq idrok etishga yordam beradi. Teri sezgilari pred-
metni ko‘rish orqali idrok etishni to‘ldiradi. Asosan predmetlarning
83
hajmi va fazoviy joylashuvida idrok etishda, predmetlarning tashqi
qatlamini sezishda teri sezgilarining ahamiyati kattadir. U mate
rialni ko'rish orqali anglashga, ko'rish esa o'z navbatida sezishga
yordam beradi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda ko'ruv idroki,
teri-taktil hamda harakat sezgilariga tayangan holda atrof-olamni
idrok eta olish imkoniyati yuqoriligi rus psixologi T.G. Tigranova
tomonidan o'rganilgan.
Dostları ilə paylaş: |