Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Kar va zaif eshituvchi bolalar tasnifi



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Kar va zaif eshituvchi bolalar tasnifi
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning bir necha tasnifi mav­
jud. Eshitish buzilishi quyidagicha tasniflanadi:
• L.V.Neyman tasnifi.
• Xalqaro tasnif.
• R.M.Boskisning pedagogik tasnifi.
78


Eshitish funksiyasi buzilganlik darajasini aniqlash uchun 
L.V. Neyman kar va zaif eshituvchi bolalarni tonal audiometriya va 
nutq yordamida tekshirgan.
1. L.V. Neyman tasnifi (1961)
2. Xalqaro tasnif (1988)
I daraja — 26—40dB Karlik (90dB0)
II daraja — 41—55dB
III daraja - 56-70dB
IV daraja — 71—90dB
R.M . Boskisning eshitishida nuqsoni boigan bolalarning
pedagogik tasnifi (XX asrning 50-yilIari)
Bu tasnif eshitish va nutqning o‘zaro ta’sirini psixologik o‘rganish 
asosiga qurilgan. Tasnifning nazariy asosini eshitish analizatorida 
buzilishlar boigan bola rivojlanishining o‘ziga xosligini belgilay- 
digan qoidalar sanaladi.
1. Bolaning eshitish analizatori buzilishini kattalardagi shu kabi 
nuqsondan keskin tafovutlari bilan baholash zarur.
2. Eshitishida nuqsoni boigan bolaning rivojlanishini to‘g‘ri 
tushunish uchun nutqni mustaqil egallash imkoniyatini hisobga 
olish muhim.
3. R.M.Boskis bolada eshitishning yetarli emasligini eshitish­
ning shu kabi buzilishida nutqning rivojlanganlik darajasi nuqtayi 
nazaridan baholaydi.
79


R.M.Boskis tomonidan ishlab chiqilgan eshitishida nuqsoni 
bo'lgan bolalarning pedagogik tasnifi eshitish analizatori funksi- 
yasida og'ishlar bo'lgan bolalar rivojlanishining o'ziga xosligini hi­
sobga oladigan mezonlar asosiga qurilgan. R.M. Boskis eshitishida 
nuqsoni bo'lgan bolalarning 2 asosiy guruhini ajratadi: karlar va 
zaif eshituvchilar.
Karlar guruhiga tug'ma yoki orttirilgan karlik natijasida og'zaki 
nutqni mustaqil egallay olmaydigan bolalar kiradi. Zaif eshituvchi 
bolalar toifasida eshitishning pasayishi kuzatiladigan, biroq nutqi­
ning (loaqal minimal) rivojlanishi mumkin bo'lgan bolalarni ki- 
ritishadi. Nutqiy rivojlanishga bog'liq ravishda zaif eshituvchi bola­
larning 2 guruhi farqlanadi:
- kichik nuqsonlarga (tovush talaffuzi buzilishlari, nutqning 
grammatik qurilishida buzilishlar) ega bo'lgan, nisbatan rivojlangan 
nutqni egallaydigan bolalar;
- nutqiy funksiya rivojlanishida jiddiy kamchiliklar (jumlalar 
qisqa, noto'g'ri qurilgan, ayrim so'zlar juda qo'pol tarzda buzilgan 
va sh.k.) bo'lgan bolalar.
Kar bolalarni ham nuqsonning yuzaga kelish vaqtiga nisbatan 2 
guruhga bo'lishadi:
- eshitishni hayotining 1- va 2-yilida yo'qotgan yoki kar 
tug'ilgan bolalar;
- keyin kar bo'lib qolgan bolalar, ya’ni eshitishni 3 -4 yoshida 
yoki undan keyin yo'qotgan, karlik ancha keyin yuzaga kelgani 
sababli nutqni saqlab qolgan bolalar. «Keyin kar bo'lib qolganlar» 
termini shartli xarakterga ega, chunki bolalarning bu guruhini kar­
lik yuzaga kelgan vaqt emas, balki eshitish yo'qligi holatida nutq­
ning saqlanib qolgani tavsiflaydi. Keyin kar bo'lib qolganlar eshiti- 
shi pasaygan bolalarning alohida toifasini tashkil etadi.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin