Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. Eshitish buzilishlarining omillari deganda nimani tushu- 
nasiz?
2. Biologik omillarga misol keltiring.
3. Kar va zaif eshituvchi bolalarning ruhiy rivojlanishi qay 
tarzda kechadi?
4.3. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning
pedagogik tasnifi
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni tasniflash tarixi bir ne- 
cha asrlarga teng. Jumladan, birinchi tasniflash XVI asrlarga to'g'ri 
keladi. Undan Italiya olimi D.Kardano 3 guruh karlarni ajratgan
karlikni vujudga kelish vaqtiga bog'liqligi va nutqiy rivojlanish dara- 
jasiga asoslangan:
1) tug'ma karlar;
76


2) erta kar boigan (nutqi rivojlangunga qadar);
3) kech kar boiganlar (nutqi saqlanib qolganlar).
XVIII asr fransuz pedagogi R.A. Sikar eshitish nuqsoni har 
xil boigan bolalarni guruhlarga boiishni va ularni bo iak holda 
o'qitishni taklif qilgan. XIX asrning birinchi yarmida rus surdope- 
dagogi V.I. Fieri kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni, kech kar b oiib 
qolganlarni va zaif eshituvchini bo iak holda o'qitishni taklif qilgan. 
Parijdagi kar va zaif eshituvchi o'quvchilar instituti vrachi J. Itar 
besh guruh karlarni, ularning tovushlari va nutqlarning eshitishiga 
qarab ajratgan:
1) yuqori nutq va tovushlarni qulogining yaqinida eshituvchi-
lar;
2) unli va undoshlilarni ajratuvchilar;
3) ayrim unli va undoshlarni ajratuvchilar;
4) nutqlarni eshitmaydigan, lekin baland tovushlarni eshitadi- 
ganlar;
5) umuman eshitishida nuqsoni boiganlar.
Karlik — eshitishning mutlaqo yo'qligi (mutlaqo eshitmaslik) 
yoki pasayishining shunday shakliki, unda og'zaki nutq faqat qis­
man, eshitish apparatlari (moslamalari) yordamida idrok etiladi.
Zaif eshitish — har ikkala quloq bilan eshitishning pasayishi
unda nutqni idrok etishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, biroq ovoz 
kuchaytirilganda uni idrok etish mumkin boiadi. Eshitishning bu­
zilishi sabablarini ta’riflashda turlicha qarashlar mavjud. Ko'pincha 
eshitish patologiyasini keltirib chiqaradigan sabab va omillarning 
3-guruhi farqlanadi (D.I. Tarasov va boshq.). Sabab va omillarning 
1-guruhi nasliy xarakterga ega. Bu kabi sabablar eshitish analiza­
tori strukturasida buzilishlarga va nasliy karlikning rivojlanishiga 
olib keladi. Bolalarda karlikning nasliy omillari hissasiga barcha 
holatlarning 30% dan 50% igacha to'g'ri keladi. Nasliy karlik yoki 
zaif eshitish organizmdagi boshqa a’zolar va tizimlardagi anomali- 
yalar (ko'rish a’zolarining kasallanishi, suyak-mushak, asab tizimi, 
endokrin tizim patologiyasi va sh.k.) bilan birga kechishi mum ­
kin. Nasliy karlik masalalari bilan shug'ullanadigan genetiklar 
ta’kidlashicha, odam gametalarida eshitish o'tkirligiga ta ’sir eta- 
digan 50 tagacha turli genlar bo'lishi mumkin. Ota-onalardan biri
77


nasliy karlik bilan og‘riganida kar yoki zaif eshituvchi bola tug'ilish 
ehtimoli keskin ortib ketadi. Ota-onalarning har ikkisida nasliy 
karlik kuzatilsa, eshitishida nuqsoni boigan bola tug'ilishi ehti­
moli 50% dan ortadi. Sabab va omillarning 2-guruhiga homilaning 
eshitish a’zolariga tug‘ma karlikka olib keladigan (nasliy murak- 
kablashishsiz) endogen va ekdogen ta ’sirlar kiritiladi. Homiladorlik 
paytida onaning kechirgan kasalliklari katta ahamiyat kasb etadi. 
Bu kabi kasalliklarga qizilcha, gripp, parotit kiradi. Homiladorlik 
paytida homila va bo‘lg‘usi ona rezusiga mos kelmaydigan ototok- 
sik dorilar iste’mol qilish ham ta ’sir ko‘rsatishi mumkin. Bolaning 
eshitishi rivojlanishida patologiyaning paydo bo'lishiga homilador 
ayolning alkogol, giyohvand vositalarni iste’mol qilishi, shuningdek, 
chang ko'p bo‘lgan va boshqa kasbiy zararlar mavjud korxonalarda 
ishlashi ham ta’sir o‘tkazadi.
3-guruh omillari rivojlanishning turli bosqichlarida sog'lom bo­
laning eshitish a’zosiga ta’sir etadi va orttirilgan zaif eshituvchi- 
likning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Eshitishning buzilishi eti- 
ologiyasida yuqumli (infeksion) kasalliklarning roli katta. Bu kabi 
kasalliklarning eng xavflilari epidemik meningit, sil (tuberkuloz) 
meningiti, skarlatina va boshqalar. Eshitish ototoksik dori vosita- 
lari (kanamitsin, stireptomitsin, neomitsin va boshqa) ta’sirida za- 
rarlanadi. Bolalarda orttirilgan zaif eshituvchilikning qariyb 50%i 
ototoksik antibiotiklar iste’molidan keyin kuzatiladi (D.l.Tarasov). 
Bu preparatlar bilan davolashda xavflilik omili chala tug'ilish, bola­
ning umumiy somatik zaifligi sanaladi. Eshitishning buzilishiga 
olib keladigan sabablarga tug'ilish paytidagi jarohatlar, tug'ilayotgan 
bolaning boshiga qisqichlar qo'yilishi, o'rta quloqqa operativ tegi- 
nishlar (operatsiyadan keyingi asoratlar), jarohat chog'ida eshitish 
suyakchalari zanjirining uzilishi, adenoid vegetatsiyalar va boshqalar 
kiradi.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin