Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Usulining 
mohiyati 
shundan 
iboratki, kerakli ma’lumotlar 
bolalarga ma’lum savollarni o'z ichiga olgan anketalar tarqatish 
orqali olinadi. Bolalar qisqa muddatda javob beradilar. Anketalar 
tarqatib m a’lumotlar yig'ishning afzalligi, yutug'i shundaki, qisqa 
muddatda juda ko'p bolalarni tekshirish mumkin.
Shuni qayd etish o'rinliki, keyingi yillarda test usuli keng qo'llanila 
boshlandi. «Test» inglizcha so'z bo'lib «tekshirish», «sinash» ma’nolarini 
bildiradi. Maxsus topshiriqlar tizimidan iborat bo'lgan eksperimen­
tal tekshirishdir. Test usuli chet ellarda ayniqsa keng qo'llaniladi. Bu 
usulning afzalligi shundaki, qisqa vaqtda, ommaviy tarzda juda ko'p 
tekshiriluvchilarni tekshiruvdan o'tkazish, olingan ma’lumotlarni 
matematik tahlil qilish mumkin. Test usulini qo'llash uchun alohida, 
maxsus sharoitlar, texnika jihozlari har doim ham talab etilmaganligi
12


sababli, bu usulni qo‘llash birmuncha oson kechadi. Testlar mazmu- 
niga, tuzilish shakliga ko‘ra: individual, guruhli, harakat hamda in­
tellektual qobiliyat va boshqa turlarga ajratiladi.
Oligofrenopsixologiya fani usullariga yuqoridagilar bilan birga 
bola va o'quvchilar ijodiy faoliyat mahsulotlarini psixologik tahlil 
qilish ham kiradi. Asosiy e’tiborni faqatgina mehnat mahsulotlarini 
tahlil qilishga qaratiladi, shu bilan birga faoliyatni ham kuzatish dar­
kor. Mehnat natijalariga qanday erishilganligini ham aniqlash talab 
etiladi. Shuni alohida ta ’kidlab o'tish o'rinliki, juda ko'p hollarda 
alohida bir usul qo'llanib qolinmasdan, balki bir nechta usullardan 
foydalanish tavsiya etiladi. Bunday holat olingan m a’lumotlarning 
yanada ishonchli, obyektiv bo'lishiga xizmat qiladi.
1.5. VIII turdagi maxsus mehnat ta’limi maktabi o‘quvchilarining

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin