uchun
yordamchi sinflar ochdilar, hamda bolalarni o'rganish
uchun eksperimental psixologik kabinet tashkil qildilar. 1911-yilda
shifokor-psixiatr, professor G.I. Rossolimo Moskvada bolalar psixo
logiyasi va nevropatologiyasi institutini ochdi va bu yerda aqli zaif
bolalar ruhiyatining o‘ziga xos tomonlari o‘rganila boshlandi. Aqli
zaif bolalarni o‘rganishda 1915-yilda G.Y. Troshinning «Tarbiya-
ning antropologik negizi, normal va anomal bolalar psixologiyasini
qiyoslash» nomli asarining chop etilishi muhim ahamiyat kasb etdi.
G.Y.Troshin rivojlanishida nuqsoni boigan bolalarga yordam be-
rishda faol qatnashdi. 1906-yilda G.Y. Troshin boshchiligida davo-
lash maktabi tashkil etildi va bu yerda anomal bolalar uchun chuqur
ilmiy bilimlar berish masalalariga e’tibor qaratildi. G.Y. Troshinning
asosiy o‘rganish predmeti — aqli zaif bolalar edi. Defektologiyaning
fan sifatida shakllanishida G.Y.Troshin
tomonidan ilgari surilgan
va asoslangan normal va nuqsonli bola rivojlanish qonuniyatla-
rining umumiyligi to‘g‘risidagi fikrlari katta ahamiyat kasb etadi.
«Mantiqiy normal va nuqsonli bolalar o‘rtasida farq yo‘q. Unisi
ham, bunisi ham inson, unisi Й ат,
bunisi ham bola, unisi ham,
bunisi ham bir qonuniyat bo'yicha rivojlanadi». G.Y.Troshin nor
mal rivojlanayotgan va nuqsonli bolaning psixologik rivojlanishini
solishtirishga asoslangan bola rivojlanishining psixologik tahliliga
yondashishning asosini yaratdi. Uning fikricha,
nuqsonli bolani
o‘rganish inson tabiatini anglashga yordam beradi va psixologiya
ning rivojlanishiga bebaho hissa qo‘shadi.
1920-yillardan boshlab maxsus psixologiya, xususan aqli zaif bo
lalar psixologiyasi mustaqil fan sifatida o‘quv darajalariga kiritildi.
Shu davrdan boshlab bu muammo davlat ahamiyatiga ega boigan
ishlar tizimiga kiritilib, alohida e’tibor berila boshlandi. 1925-yil-
da Moskvada eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi.
L.S. Vigotskiy (1896—1934) rahbarligida aqli zaif bolalarni o‘rganish
ishlari boshlab yuborildi. Yetuk psixolog L.S. Vigotskiy maxsus psi
xologiya sohasida juda katta nazariy meros qoldirdi hamda haqli ra
vishda oligofrenopsixologiyaning asoschisi hisoblanadi. 1935-yildan
aqli zaif bolalar ruhiyatini o‘rganuvchi laboratoriyani L.V. Zankov
boshqara boshladi. Bir necha yillar mobaynida L.S. Vigotskiy bilan
hamkorlikda ishladi. L.V. Zankov aqli zaif bolalar xotirasini rivojlan-
tirish muammolarini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shdi. 1943-yilda
mavjud bo'lgan eksperimental defektologiya instituti Defektologiya
ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi. Institutga T.A. Vlasova 1985-
yilga qadar rahbarlik qildi.
Aqliy jihatdan zaif bolalar psixologiyasini rivojlantirishga J.I. Shif,
G.M.Dulnev, B.I.Pinskiy, S.Y. Rubinshteyn kabi olimlar ham katta
hissa qo'shdilar.
O'zbekistonda oligofrenopsixologiyaning
nazariy va amaliy
rivojlanishiga bir qancha pedagog, psixologlar katta hissa qo'shdilar.
Urushdan keyingi davrda Respublika m aorif vazirligining «Nuqsonli
bolalar umumiy majburiy ta’limni ta ’minlash choralari to‘g‘risida»
qarori qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda respublikaning turli vilo-
yat va shaharlarida aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar uchun
maktab, maktab-internatlar tashkil etila boshlandi. Maxsus mak-
tablar uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ishi markaziy
Osiyoda birinchi bo'lib, 1967-yilda Toshkentdagi Nizomiy nomli
pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida
boshlandi. Shu institutni bitirgan o'zbek olimlaridan G'.B. Sho
umarov, K.Q. Mamedov va G. Berdiyevlar maxsus psixologiya fa
nining rivojlanishiga katta hissa qo'shib kelmoqdalar. Ular tomoni
dan maxsus psixologiya
faniga oid uslubiy tavsiyalar, o'quv-uslubiy
qo'llanmalar, darsliklar, monografiyalar yaratilgan.
G'.B. Shoumarov «Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar maxsus
maktabini bitirgan yosh oilalarda ijtimoiy-psixologik muammolar»
mavzusi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. K.Q. Mame
dov «Maktabgacha yoshdagi bolalar va o'quvchilarning aqliy rivojl
anish xususiyatlari (psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida)»
mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. G. Berdiyev o'z
ilmiy-tadqiqot ishida sog'lom va aqli zaif bolalarning shaxslararo
munosabatlari muammosini o'rganib chiqqan.
Mamlakatimiz va chet el defektologlarining nazariy tekshirish-
lari, tajribalarining ko'rsatishicha, aqli zaif bolalar potensial rivojla
nish imkoniyatlariga ega bo'lar ekan. Aqli zaif bolalarning ruhiy
taraqqiyot
xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari haqida ularning
bilim egallash xususiyatlarini bilmaslik defektologlar uchun kunda-
lik ishlarida katta qiyinchilik, tushunmovchiliklarga olib keladi.