I bo'lim. OLIGOFRENOPSIXOLOGIYA I bob. OLIGOFRENOPSIXOLOGIYA FANINING UM UM IY MASALALARI 1.1. Aqli zaif bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va uslublari «Psixologiya, — degan edi L.S. Vigotskiy1, — birinchidan, konk-
ret, amaliy bo‘lib — ta’lim va tarbiya, bolaning rivojlanishi, mehnat
faoliyati haqidagi fan bo‘lmog‘i lozim. Faqat shu vazifagina psixo-
logiyani tirik va kerakli fanga aylantirishi mumkin». Psixologiya
umuman ruhiyatning, xususan inson ruhiyatining namoyon bo'lishi,
rivojlanishini o‘rganuvchi sohadir. Psixologiya ongli subyekt — in
sonning ichki dunyosini o‘rganadi.
Psixologiya atamasi «psixe» — qalb, «logos» — o‘qish, so‘z
ma’nosini bildiradi. Ammo bu qisqa jum la inson ruhiyati haqida
yetarli ma’lumot bermaydi. Psixologiya fanining mavzu bahsini
ruhiyatni to‘laroq tasavvur qilish uchun ruhiy jarayonlarning ke-
chish mohiyatini, ichki kechinmalarning (sezgilar, fikrlar, hissiyot-
lar) namoyon bo‘lish qonuniyatlarini tushunish lozim. Shu o‘rinda
kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida psixologiya so
hasida erishilgan yutuqlarni eslab o'tish joizdir.
Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino birinchi bo‘lib, psixik funk-
siyalar miyadagi ma’lum markazlar faoliyatiga bog‘liq degan fikrni
ilgari surdi va uni ilmiy isbotlashga urindi. Uning fikricha, jonivor-
lar va insonlar o‘simliklar dunyosidan farqli o‘laroq, tashqi ta ’sir
kuchlarini hissiy idrok etish qobiliyatiga ega. Bu qobiliyat uch xil
kuch orqali namoyon bo'ladi: tanani harakatga keltiruvchi, harakat-
lantiruvchi kuch, umumiy kuch (u ko'rish, eshitish, his etish, ta’m
va hid bilish faoliyati bilan bog'liq) va aql kuchi (unga xayolot,
xotira va aql-idrok kiradi). Mana shu kuchlarning har biri miya
ning ma’lum qismi bilan bog'liq hamda bosh miya biron qismining
kasallanishi u bilan bog'liq, kuch faoliyatining ishdan chiqishiga
sabab bo'ladi.