Ibn Sino insonning tafakkur qobiliyatiga yuqori baho beradi.
Inson aql-idrok orqali narsa va hodisalarni
qiyoslash va abstraksi-
yalash yo‘li bilan bir-biridan ajratadi. «Tafakkur kuchi, — deb yo-
zadi u, — ezgulik va adovat, haqiqat va yolg‘onni farqlaydi hamda
ularning foyda yoki zararini his etib tekshiradi» («Tib qonunlari»,
1-kitob). Ibn Sino «Tib qommlari»ning
uchinchi kitobida tafak-
kurga yetadigan zararlar va buning natijasida kelib chiqadigan ka-
salliklar haqida ham keng m a’lumot beradi. U asablarning asosiy
vazifasi miya bilan turli xil sezgi va harakat organlari o‘rtasida alo-
qani amalga oshirishdan iborat ekanini yaxshi tushungan. U sezgi
organlari bilan asablar vositasida tashqi
muhitning moddiy realligi
idrok qilinishini, asablarning biologik va fiziologik funksiyalarini
ajratib ko‘rsatib beradi. Asablarning foydasi ikki tomonlamadir.
Birinchisi bevosita foyda: masalan, miya asablar vositasida hislar
va harakatlarni
boshqa organlarga yetkazadi; ikkinchisi, bilvosita
foyda: masalan, etni mahkamlash va tanaga kuch baxsh etish.
Abu Nasr Forobiyning ta’kidlashicha, bilish nazariyasi, ya’ni
insonning bilishini, ruhiy
qobiliyatini miya boshqaradi, yurak esa
barcha a’zolarni hayot uchun zarur bo‘lgan qon bilan ta’minlovchi
markazdir. Inson barcha bilimlarni tashqaridan oladi. Buning
uchun ko'plab vosita va imkoniyatlarga ega: bular sezgi, xotira,
tasavvur,
mantiqiy fikrlash, aql va nutq — shu vositalar yordamida
inson ilmlarni o‘zlashtiradi.
Biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan soha — aqli zaif bolalar psixologi-
yasi, maxsus psixologiyaning bir tarmog'i bo'lib, aqliy jihatdan turli
darajada me’yordan chetlangan bola va o‘quvchilarning
ruhiy qo-
nuniyatlarini o'rganadi. Maxsus psixologiya nuqsonli bolalarning
ruhiy qonuniyatlarini o'rganuvchi fan bo‘lib, quyidagi qismlardan
iborat:
1. Aqli zaif bolalar psixologiyasi (oligofrenopsixologiya).
2. Qulog'i kar va zaif eshituvchi bolalar psixologiyasi.
3. Ko'zi ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar psixologiyasi.
4. Turli darajada nutqlari buzilgan bolalar psixologiyasi.
5. Murakkab nuqsonli bolalar psixologiyasi.
6. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar psixologiyasi.
7. Tayanch-harakat tizimi buzilgan bolalar psixologiyasi.
6
Nuqsonli bolalar ichida aqli zaif bolalar ruhiyati nisbatan mu-
kammal o'rganilgan tarmoqdir. Ammo bu tarm oq ham normal bola
lar ruhiyatiga nisbatan birmuncha keng, atroflicha o'rganilmagan.
Aqli zaif bolalar psixologiyasi fanining
maqsad va vazifalari shu
toifa bolalarning ruhiy xususiyatlari haqidagi bilimlar bilan defek-
tologlarni, oligofrenopedagoglarni qurollantirishdan iborat. Aqli
zaif bolalar ta’lim-tarbiyasi korreksiyasini to'g'ri tashkil qilish uchun
bu bolalarning xususiyatlari haqidagi bilimlar juda zarur. Aqli zaif
bolalar psixologiyasi m a’lumotlari defektologlarda, oligofrenope-
dagoglarda obyektiv dunyoqarashning
shakllanishida juda katta
ahamiyatga ega. Ruhiy jarayonlarni ilmiy jihatdan to'g'ri tushunib
yetish shaxsning barkamol shakllanishida alohida ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: