Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Oligofrenopsixologiya fanining boshqa fanlar



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

1.3. Oligofrenopsixologiya fanining boshqa fanlar
bilan bog‘liqiigi
Oligofrenopsixologiya boshqa fanlar singari turli fanlar bilan 
uzviy bog‘liq. Oligofrenopedagogika, psixiatriya, fiziologiya, logo­
pediya, umumiy va bolalar psixologiyasi va boshqa fanlar shular 
jumlasiga kiradi. Aqli zaif bolalar ruhiyatining o'ziga xosligi yuqo- 
rida ko£rsatilgan fan yutuqlarining natijalari bilan bog‘liq holda 
o‘rganiladi. Normal va nuqsonli bola taraqqiyoti umumiy, yagona 
qonuniyatlar asosida kechishini hisobga olsak, normal bolalar psi­
xologiyasi fani aqli zaif bolalar psixologiyasi uchun ilmiy asos ro­
lini o‘taydi. Ammo, aqli zaif bolalar taraqqiyoti o‘ziga xos yo‘sinda 
amalga oShadi. Aqli zaif bolalar psixologiyasi umumiy va ijtimoiy 
psixologiya ma’lumotlariga asoslanib ish yuritadi.
Aqli zaif bolalar psixologiyasi yosh davrlar psixologiyasi yu- 
tuqlariga ham suyanadi. Qaysi yoshda, qaysi ruhiy holatlar, qay 
darajada o‘sishini, rivojlanishini bilishning ahamiyati katta. Peda- 
gogik psixologiya ham aqli zaif bolalar psixologiyasi uchun yetarli 
m a’lumotlar beradi.
Logopediya fani bolaning nutqidagi kamchiliklarini aniqlash, 
logopedik tekshirishni amalga oshirish imkonini beradi. Oligo­
frenopedagogika fani aqli zaiflik darajalarini, o'ziga xos xususiyatlarini 
inobatga olish asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida kor­
reksion ish tizimining samarali usullarini tanlashga yordam beradi.
Aqli zaif bolalar psixologiyasi oligofreniya klmikasi, nevropa- 
tologiya, fiziologiya fanlarining yutuqlariga asoslanadi.
Oligofreniya klinikasi aqli zaiflikning etiologiyasini ochib be- 
rishga yordam beradi. Nevropatologiya aqli zaif bolalar markaziy 
asab tizimining anatomik va organik buzilishlari haqida bilim be­
radi. Fiziologiya esa, markaziy asab tizimining funksional buzilish­
lari haqida axborot beradi. Bularning barchasi aqli zaif bola ruhi­
yatining nuqsoni haqidagi bilimlarimizni yanada kengaytiradi, aqli 
zaif bolalar psixologiyasi, markaziy asab tizimining egiluvchanligi 
haqida I.P. Pavlovning fiziologik ta’limotiga asoslanadi. Sog‘lom 
qolgan markaziy asab tizimining ayrim qismlari maksimal rivojla­
nishi, kompensatsiya qilinishi aqli zaif bolalar taraqqiyotidagi yu-
10


tuqlardandir. Aqli zaif bolalar psixologiyasi psixiatriya yutuqlaridan 
ham to‘la foydalanadi. G.Y. Suxaryova, M.S.Pevzner aqli zaif bo­
lalarni klinik o'rganish ishlariga juda katta hissa qo'shdilar. Ular 
tomonidan aqli zaif bolalar etiologiyasi, patogenezi, davolash ish- 
lari, kasallik natijalari, kasallikning ikkilamchi asoratlari atrofli- 
cha o'rganildi. Aqli zaif bolalarning o'ziga xos xususiyatlari ochib 
berildi, ularning taraqqiyot dinamikasi o'rganildi. Aqli zaiflarga 
xos, o'xshash tomonlar o'rganilib bayon etildi. Psixiatr, pedagoglar 
tomonidan hamkorlikda tekshirishlar olib borilishi natijasida aqli 
zaiflikning pedagogik, psixologik tashxis qilish mezonlari yaratildi. 
Aqli zaiflik sabablari, darajasi qanday bo'lishidan qat’i nazar, aqliy 
taraqqiyot bosh miya zararlanishi darajalariga ko'ra davom etadi.
S.L. Rubinshteynning yozishicha, «a’zo tuzilishi bilan, uning 
funksiyasi orasidagi bog'liqlik bir tomonlama emas, funksiya a’zo 
tuzilishiga bog'liq bo'lib qolmasdan, balki a’zo tuzilishi ham uning 
funksiyasiga bog'liqdir».

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin