shundan iboratki, tekshiruvchi uchun kerak bo'lgan ruhiy jarayonlar
haqidagi ma’lumotlar ko‘p vaqt talab qilishi mumkin. Lekin kuza
tish muddati ortgan sari olinayotgan ma’lumotlar ko'payib boradi.
Uzoq muddatli kuzatishlar turli
yoshdagi bolalarning nutq, tafak
kur, hissiyot, qiziqishlar, xarakter xislatlari, qobiliyatlarini tekshirish
vaqtlarida olib boriladi. Bunday uzoq muddatli tekshirish natijalari
maxsus kundaliklarda qayd etib boriladi. Kuzatish vaqtlarida bola
larning sog‘lig‘ini, kayfiyatini, o'zini
his qilishini, charchaganlik
darajasini inobatga olish talab etiladi.
Psixologik ma’lumotlar yig‘ishda tajriba usuli keng qo'llaniladi. Bu
usulning qulayligi shundan iboratki, tajriba o'tkazuvchi
uchun kerak
bo'lgan ruhiy jarayonlar haqidagi ma’lumotlar qisqa muddatlarda
qo‘lga kiritiladi. Bu usulning afzalligi ham shunda. Ammo, tajriba
vaqtida tekshiriluvchi bola har doim ham o‘zini erkin tutmaydi. Bola
iymanib, uyalib, tortinib turadi. Buning natijasida bola o‘zini to‘la
namoyon etmaydi. Bola o‘zining ustida tekshirish
olib borilayotgan-
ligini bilgani uchun ham, tekshiruvchi uchun kerakli ruhiy jarayonlar
haqidagi ma’lumotlar to'liq bo‘lmasligi mumkin. Tajriba usuli o‘z
navbatida tabiiy va laboratoriya tajribalari turlariga bo'linadi.
Psixologik ma’lumotlar suhbat usuli orqali ham yig'iladi. Bola bi
lan suhbat qilish jarayonida tajriba o‘tkazuvchi uchun kerak bo'lgan
ma’lumotlar yig'ib boriladi. Suhbat ma’lum bir maqsadga qaratilgan
va savollar mavzuga oid tayyorlanishi kerak.
Anketa
Dostları ilə paylaş: