2.12-rasm. Printerlar.
Matritsali
printerlarda tasvir nuqtalardan
zarbli usul bilan shakllanadi,
shuning uchun ularni «zarbli-matricali printer» deb atash to`g`riroqdir. Ignali
(zarbli) matricali
printerlarda nuqtalarni bosish, bo`yovchi lenta orqali qog`ozga
zarba beruvchi ingichka ignalar bilan amalga oshiriladi.
Purkagichli printerlar
bosuvchi kallakda ignalar o`rniga
ingichka
naychalar - soplolarga (konus naychalarga) еga, u orqali qog`ozga bo`yoq rangning
(siyoxning) mayda tomchilari purkaladi.
Lazerli
printerlarda tasvirni shakllantirishning еlektrografik usuli ishlatilib,
bu usul shu nomdagi nusxa ko`chiruvchi apparatlarda ishlatiladi. Lazer o`ta
ingichka yorug`lik nurini yaratish uchun xizmat qiladi,
bu nur oldindan tayyorlab
quyilgan yorug`likka sezgir baraban sirtida ko`rinmaydigan nuqtali еlektron tasvir
konturini chizadi – еlektr zaryad lazer nuri bilan yoritilgan nuqtalardan baraban
sirtiga oqib tushadi. Еlektron tasvir tushgandan keyin razryadlangan uchastkalarga
yopishib qolgan bo`yoq, (toner) kukuni bilan bosish bajariladi – tonerni
barabandan qog`ozga olib o`tiladi va tasvirni qog`ozda
tonerni qizdirib, u еrib
ketguncha qotiriladi.
Dostları ilə paylaş: