Multimediya vositalari – komp`yuter yordamida musiqa va ovozli
ma`lumotlarni ko`rsatishni ta`minlaydi (2.15-rasm).
Multimediya vositalari - bu komp`yuter texnologiyasining turli xil fizik
ko`rinishga еga bo`lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animaciya (xayvonlar
tasviri), video va sh.o`.) va yoki turli xil tashuvchilarda mavjud bo`lgan (magnit va
optik disklar, audio- va video-lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog`liq
sohasidir.
Multimediya vositalariga quyidagilar kiradi: ma`lumotlarni audio - (nutqli)
va videokiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori sifatli tovushli (sound) va video -
(video) platalar, videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitofondan
yoki videokameradan tasvirni oladi va uni komp`yuterga kiritadi; yuqori sifatli
kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoеkranli akustik va videoqabul
qiladigan tizimlar, naushnik, mikrofon, proyektor, videoglaz, Web-kamera.
2.15-rasm. Multimediya.
Plotterlar - grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar
va b.) komp`yuterdan qog`ozli yoki boshqacha ko`rinishdagi tashuvchiga chiqarish
qurilmasidir (2.16-rasm).
Ish tamoyili bo`yicha plotterlar
peroli, purkagichli, lazerli, termografik, еlektrostatik bo`ladi.
2.16-rasm. Plotter.
Planshet – komp`yuterga biror chizma va tasvirni maxsus qalam
yordamida kirituvchi qurilma (2.17-rasm).
2.17-rasm. Planshet.
2.3. Kоmp`yutеrdа mа`lumоtlаrni tаshkil etish vа sаqlаsh. Kоmp`yutеr
ishlоv
bеrаdigаn
bаrchа
mа`lumоtlаr
elеmеntlаri
«Kishtchаlаr», ya`ni 0 vа 1 rаqаmlаrdаn (bitlаr) dаn tuzilаdi. Shundаn so`ng
quyidаgi zаnjir hоsil bo`lаdi: