2-rasm. Xalqaro fond bozorida evroobligatsiyalarning shakllanish mexanizmi -
evroobligatsiyalar bir vaqtning o’zida bir necha mamlakatlarga yoki turli
mamlakatlar fond bozorlariga joylashtiriladi. Xorijiy investorlar o’zlarining mahalliy
birjalaridan evroobligatsiyalarni sotib olishlari mumkin. Shuningdek, emitent mamlakat
investorlari boshqa mamlakatlar orqali o’z fond bozorlariga etib kelgan
evroobligatsiyalarga egalik qilishadi.
-
oddiy obligatsiyalardan farqli ravishda evroobligatsiya nominali bo’yicha
to’lanadigan foizdan “daromad manbai sifatida” soliq undirilmaydi. O’zining yuqori
daromadini soliqqa tortilishidan olib qochib, uni sir saqlaydigan omonatchini Frantsiyada
“belgiyalik dantist” deb ham atashadi.
Evroobligatsiyalar bozori transmilliy korporatsiyalarning o’rta va uzoq muddatli
investitsiyalarini moliyalashtirishning muhim manbalardan hisoblanadi. Davlatlar odatda
byudjet daromadlarini ko’paytirish va davlat qarzlarini qayta moliyalashtirish uchun
evroobligatsiyalardan foydalanishadi.
Evroobligatsiyalarning oddiy konvertirlanadigan shakli ham mavjud bo’lib,
ma’lum bir belgilangan muddatdan keyin, emitent kompaniya aktsiyalariga ularni
Milliy moliya bozori
Xalqaro moliya bozori
Jahon moliya bozori
Evroobligatsiya emitenti
Turli davlatlardagi investitsion
banklar(kompaniyalar sindikati)
D mamlakat
fond bozori
B mamlakat
fond bozori
C mamlakat
fond bozori
A mamlakat
fond bozori
123
almashtirish sharti bilan chiqariladi. Bunday evroobligatsiyalar egasi emitent kompaniya
faoliyatining foydalilik darajasi ortadi degan taxmin bilan ularni sotib oladi. Chunki,
odatda konvertatsiya davrigacha evroobligatsiyalar bo’yicha foiz to’lovlari amalga
oshirilmaydi.
Jahon