Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


Tovar va xizmatni raqobatbardoshligini baholash usullari



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

9.4. Tovar va xizmatni raqobatbardoshligini baholash usullari
Raqobat - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir b oiagidir. Hozirgi 
bozor iqtisodiyotiga o iis h sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy salohiya- 
tini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida ildam qatnashishda
195


tovarlar sifatini ko'tarib, ulami raqobatbardosh tovarlarga aylantirish 
eng dolzarb muammolardan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat 
alohida faollikka ega b o ‘ladi.
Har bir xaridor o ‘ziga yoqqan tovam i sotib oladi, iste’molchilar esa 
raqiblar tovariga nisbatan ko ‘proq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchila- 
rini tanlashadi. Shuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda 
tovam i sotish imkoniyati)ni faqat raqiblar tovam i solishtirish orqali 
aniqlash mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va 
unga kirish vaqtiga bogiiqdir.
Tovar raqobatbardoshligini o ‘m atish murakkab va o ‘z ichiga quyi­
dagi bosqichlami oladi:
• tovam i sotish bozomi o'm atish;
• raqiblar haqida m a’lumotlar yig‘ish;
• iste’molchilar talablarini o ‘matish;
• raqobatbardoshligini oshirish b o ‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;
• ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi 
qaror.62
Bu masalalami hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi 
darajasini baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.
Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanoq o ‘z raqobat qobiliyatini 
yo ‘qota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda 
va oldingi buyum raqobat qobiliyatini to 4a yo‘qotish paytigacha 
bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi.
Raqobat so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, maqsadga erishish uchun 
kurashishni bildiradi. Bozorda raqiblaming maqsadi xaridomi tovami 
xarid qilishga jalb qilishdan iboTat. Tovar raqobatbardoshligini asosiy 
sharti quyidagi ko'rinishga ega bo ‘lgan xuddi shunday tovarga nisbatan 
eng katta yalpi foydali samaradan iborat:
Kq R/S ---- ►
max
bu yerda: R-tovaming foydali samarasi;
S-tovami xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish 
xarajatlari);
Tovaming raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlami 
o ‘z ichiga oladi:
1,2 М аркетинг: Укув кулланм а / Ф.Т. Назарова. У зб еки стан Р еспубликаси О ли й ва урта 
м ахсус таълим вазирлиги; - Т.: И ктисод-М олия, 2015.- 424 б.
196


• bozomi tahlil qilib, o ‘zimizning tovarimizga o'xshash namunasini 
topib olish;
• bizning 
tovar 
bilan 
solishtiriladigan 
tovarlardagi 
asosiy 
k o‘rsatkichlami belgilash;
• o ‘zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini 
aniqlash.
Raqobatning asosiy quroli b o ‘lib, talabni shakllantirish va sotishni 
rag‘batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar va 
tovar ishlab chiqamvchilardan olishadi. Xaridorlami asosan tovam ing 
iste’mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko‘rinishlarda 
b o iish i mumkin: tovarlaming xizmatlari b o ‘yicha, bir xil ehtiyojni qon­
dirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovam i har xil firmalar ishlab chiqa­
rish orqali bo‘ladigan raqobat; yoki bir xil firma tomonidan har xil 
modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.
Narxlar orqali raqobatlashish eng keng tarqalgan.
Hozirgi davrda raqobat o ‘ziga xos qiyofa kasb etmoqda. Narxlar 
sohasida raqobat ishlab chiqarishni xarajatlar eng kam b o ‘ladigan 
mamJakatlarda yo‘lga qo‘yishni talab qiladi.
Narx bilan raqobat o ‘tmishda erkin bozor raqobati b o ig an , bozorda 
bir xil tovarlar har xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo b o ‘lgandi. 
Ishlab chiqaruvchi narxni pasaytirish bilan o ‘z tovarini ajratib ko‘rsa- 
tishga, unga e ’tibom i qaratishga va pirovard natijada, o ‘zi istagan bozor 
hissasini egallashga erishgan. Hozirgi zamon bozor sharoitlarida narx 
bilan ochiq raqobat amal qilmaydi, chunki ishlab chiqamvchilardan biri 
narxni pasaytirishi bilan uning raqibi ham shu ishni qiladi, bu esa 
firmaning bozordagi mavqeyini o ‘zgartirmaydi, balki, umuman tarm oq­
dagi foydaning pasayishiga, asosiy fondlami yangilash va kengaytirish 
uchun investitsiyalaming kamayishiga olib keladi. Natijada kutilgan 
zafar raqiblam i surib chiqarish o ‘m iga kutilmagan xonavayronlik va 
sinish yuz beradi. Shu sababli sanoat monopoliyalari narxlami iloji bori- 
cha uzoqroq ushlab turishga, tannarxni hamda marketing xarajatlarini 
tobora pasaytirib, foydani ko ‘paytirishga intiladi. Fan-texnika taraq- 
qiyoti yutuqlari tufayli raqobatning narx bilan bog'liq boim ag an
usullaridan foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi.
Narxsiz raqobatda tovam ing narxi emas, balki uning yuqori sifat, 
past iste’mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan 
firma shuhrati raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi.
197


Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o ‘m atishda quyida­
gi savollarga javob topiladi:
• boshqa tovarlarni 
raqobatbardoshligini 
belgilovchi 
omillar 
qaysilar?
• raqobatchi-firmalaming 
reklama 
vositalari 
va 
sotishni 
rag ‘batlantirish usullari qanday?
• qaysi savdo belgilari ishlatilmoqda?
• raqobatchilar tovarlarining o ‘ramasi-bezaklari, dizaynida nimalar 
ko‘zga tashlanmoqda?
• tovam i kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday 
servis taklif qilinmoqda?
• milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmoqdami yoki firma o ‘z 
shahobchasini ochganmi? 
1
• raqobatchilar qoilayotgan tovar harakati (transport, zaxiralar 
hajmi, omborlari va ularning joylashuvi).
Natijada raqobatchi shunday harakat qilyaptimi? Boshqacha yo'li 
yo‘qmi? P.S.Zavyalov fikricha «Raqobatbardoshlik deganda, tovam ing 
bozorda xaridorgirligini ta ’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari 
majmuini, y a’ni o ‘xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif 
katta bo‘lgan sharoitlarda xuddi shu tovami pulga ayirboshlanish 
qobiliyatini tushunmoq lozim».63
Xaridoming xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir 
qismini xarid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste’mol etish 
bilan bog‘liq xarajatlar tashkil etadi.
Raqobatbardoshlik keng tushuncha b o iib , unga k o ‘plab omillar 
ta ’sir etadi.
Firm aning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozo­
rida raqobat kurashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos 
sifatida xizmat qiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
• raqobatchi firmalar soni va ulami qiyosiy quvvati;
• raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
• bozordagi talab hajmini o ‘matish;
• mahsulotni tabaqalashuvi darajasi;
63 З авьялов Г1.С. К онкурентоспособность и м аркети н г / Г1.С. Завьялов // Российский 
эконом ический ж урнал. - 2 0 0 5 . - № 12. С. 50-58.
198


• iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga k o ‘chish 
harakatlari;
• bozordan chiqib ketish to ‘siqlari va ulam ing darajasi;
• bozorga kirib kelish va uning darajasi;
• yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat;
• raqiblar strategiyasidagi farqlar;
• ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablaming b o iish i, 
raqobat darajasi bozoming alohida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha
bezdiruvchanlik xususiyatlari bilan ham belgilanadi.
---------------------------------------
Y angi ra q o b a tc h ila m in g p aydo
b o ’lish xavfi
4______________________
J
Г
 
Is te ’m oichi xavfi
/

M av ju d k o rx o n a la r o rasid a 
raq o b at
V.
(
л 
T a ’m in o tch i
xavfi
Y angi to v a r raq o b ati xavfi
4

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin