Marketing-miks keng qo'llanadigan shaklda 4 ta marketing submik-
sini o ‘z ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma-miksi,
kommunikativ-miks, taqsimot-miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakl-
lantiradi, tovar bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarni o ‘z ichiga oladi. Bu
chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, mahsulot sifati, o ‘rovi, xari-
dorlarga xizmat ko'rsatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikat-
siyasi, assortiment siyosati va hokazo.
Shartnoma siyosati tovami oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim
ko‘rinishida ulami chizmalashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora-
tadbirlarga: narx siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar yetkazib berish
va uni to‘lov shartlari, shuningdek, kredit siyosati kiradi.
Taqsimot siyosati tovami tayyorlanish joyidan oluvchiga yetkazib
berishni amalga oshiradi. Bu siyosat sotish kanalini asoslash va tahlil
qilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari siyosati, ishlab
chiqarish kuchlarini joylashtirish siyosati. Iste’molchilar va bozorlaming
joylashuvi siyosati, yetkazib berish siyosati, tayyor mahsulotlami
omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalami o ‘z ichiga oladi.
Kommunikativ siyosatning vazifasi xaridor ehtiyojini qondirish va
foyda olish maqsadida talabni shakllantirish va tovar hamda xizmatni
siljitish bo‘yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun
marketing
tizimining
barcha
obyektlarini
korxona
-
mahsulot
tayyorlovchilar bilan o ‘zaro harakatini tashkil etishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: