Kuzatish organi – bu statistik kuzatish bevosita tashkil qiladigan va
о‘tkazadigan tashkilotlardir. Ularning noma-nom rо‘yxati hamda huquq va
vazifalari kuzatishning tashkiliy rejasi belgilab olinadi.
Kuzatish vaqti va muddati kuzatishni qachon va necha kunda amalga
oshirishni aniqlaydi.
Hisob vaqti olinayotgan ma’lumot qaysi vaqtga tegishli bо‘lgan davr bilan
о‘lchanadi. Hisobot vaqtini kuzatish vaqtidan farq qilishi lozim. Masalan, bir oylik
hisobotda joriy oy hisobot vaqti bо‘lsa, kuzatish vaqti esa ushbu taqdim etilishi
lozim bо‘lgan muddat bilan belgilanadi.
Kritik fursat (moment) deyilganda ma’lumotlarni ma’lum vaqtga tо‘g‘rilab
rо‘yxatga olish tushuniladi. Aynan shu holatga nisbatan hodisalar rо‘yxatga
olinadi.
Kritik fursatni belgilash tartibi quydagicha:
birinchidan, rо‘yxatga olinadigan ma’lumotlarni bir fursatning о‘zida
tushirgandek bо‘ladi;
ikkinchidan, takror (ya’ni bir kishini ikki marotaba) hisobga olishdan
holi qiladi;
uchinchidan, rо‘yxatga belgilangan muddatda tugatishni ta’minlaydi.
Kuzatish joyi deyilganda kuzatish qayerda о‘tkazilishi lozim bо‘lgan joy
tushiniladi. Uni belgilash ayniqsa joyi о‘zgarib turishi mumkin bо‘lgan hodisalarni
kuzatayotganda juda katta ahamiyatga ega. Agar о‘rnatilgan stanoklar rо‘yxati
olinayotgan bо‘lsa, u holda kuzatish joyini belgilab olish uncha qiyin emas,
chunki bu stanoklar doimo bir joygga biriktirib qо‘yilgan.
Agar aholini rо‘yxzatga olinayotgan bо‘lsa, u holda kuzatish joyini
aniqlab olish juda ham qiyin, chunki aholini aynan iqaysi joyda rо‘yxatga olish
kerak: yashayotgan joyidami yoki ishlayotgan joyidami, degan savolni yechib olish
zarur.
Statistik kuzatish о‘tkazilgandan sо‘ng uning natijalarini qabul qilish
boshlanadi. Statistik kuzatish materiallarini tekshirish usullari uchga bо‘linadi:
tashqi nazorat, mantiqiy tekshirish va arifmetik tekshirish.
Tashqi nazorat da asosan hujjatlarning tо‘g‘ri rasmiylashtirilishi, ya’ni
yо‘riqnoma talabiga javob berish darajasi va ma’lumotlarning tо‘laligi tekshiriladi.