Statistik kuzatish materiallarini tekshirish va qabul qilish davomida ikki
tipdagi xatoliklar aniqlanishi mumkin: qayd etishdagi xatolar va reprezentativ xato.
Qayd qilishdagi xatolar hodisani kuzatish formulyariga
yozayotganda yoki
ma’lumotlarning mazmunini notо‘g‘ri tushunib qayd etish tufayli yuzaga keladi.
Qabul qilishdagi xatolar
о‘z navbatida tasodifiy
va muntazam xatolarga
bо‘linadi. Tasodifiy xatolar har xil kо‘rinishga ega bо‘lib yozuvdan tushirib
qoldirish va sanashda xatolikka yо‘l qо‘yish,
kuzatuvchining toliqishi, charchashi
tufayli rо‘y berishi mumkin.
Muntazam xatolar
har doim bir yо‘nalishda bо‘ladi
va umumiy
kо‘rsatkichlarga kuchliroq ta’sir kо‘rsatadi. Muntazam xatolar bila turib va
bilmasdan yо‘l qо‘yilgan xatolarga bо‘linadi.
Bilmay turib qilingan muntazam xatoga aholini rо‘yxatga
olishda yoshni
butunlashtirib kо‘rsatish mumkin. Odatda 78 yoki 81 yoshli qariyalar 80 yoshdalar
deb aytiladi.
Reprezentativ xato
deb bosh tо‘plam bilan tanlama tо‘plam natijalari
о‘rtasidagi tafvutga aytiladi. Bu xato faqat tanlama kuzatishga xosdir.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Statistik tadqiqot statistik kuzatishdan nima bilan farq qiladi?
2. Statistik kuzatish bilan oddiy kuzatishning nima farqi bor?
3. Statistik kuzatish o’tkazish uchun qanday qoidalar mavjud?
4. Siz o’z xususiy korxonangizni moliyaviy holatini
tahlil qilish uchun
korxona balansi va boshqa hisobotlar orqali ma’lumot to’pladingiz. Bu ish statistic
kuzatishning qaysi shakliga kiradi?
5. Maxsus tayyorlangan dastur orqali ma’lumot to’plasak qanaqa statistik
kuzatish o’tkazgan bo’lamiz?
6. Siz nikohdan o’tdingiz, muchalga to’lganda to’liq tibbiyot ko’rigidan
o’tdingiz, 40 yoshga kirganda oilangiz bilan tog’ bag’irlarida dam oldingiz. Bu
hodisalar statistik kuzatishning qaysi shakli?
7. Moliya-iqtisod fakultet dekani talabalarning o’qituvchilar to’g’risidagi
fikrlarini bilish uchun kurs va guruhlarda «O’qituvchilar talabalar nigohida»
so’rovnomani o’tkazdi. Kredit-iqtisod fakultet dekani esa
faqat IV kurs talabalari
bo’yicha bu ishni bajardi. Fakultet dekanlari statistik kuzatishning qaysi turini
qo’lladilar?
8. Kuzatish ob’ekti va kuzatish birligi teng bo’lishi mumkinmi? Qani
misollar keltiringchi?
9. Kuzatish formulyari va yo’riqnomasi nima uchun kerak?
Ularni kim
ishlab chiqadi?