2-mavzu. Statistik kuzatish uslubiyati reja


О‘z-о‘zini qayd qilish usul



Yüklə 66,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix05.12.2023
ölçüsü66,39 Kb.
#173111
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu ma\'ruza manti

О‘z-о‘zini qayd qilish usul
ida kuzatuvchi maxsus tayyorlangan sо‘rov 
varaqasini kuzatuvchilarga tarqatadi va ma’lum vaqtdan sо‘ng tо‘ldirilgan 
varaqalarni yig‘ishtirib oladi. Bu usulda savollarga javobni kuzatilayotgan 
shaxslarning о‘zi beradi va о‘z qо‘li bilan savol varavasini tо‘ldiradi.
Zarur bо‘lgan ma’lumotlarni ixtiyoriy korrespondentlar orqali ham tо‘plash 
mumkin. Bu esa 
korrespensiya usuli
hisoblanadi. Bunga misol Germaniyada 
chorrahalarda ixtiyoriy valanterlar turib (kamida uch kishi) yо‘l qoidasini buzgan 
haydovchilar haqidagi ma’lumotlarni politsiya xodimlariga yuborishlarini keltirish 
mumkin. Oxirgilari esa haydovchilarga nisbatan chora belgilaydilar. Ularni о‘zaro 
uchrashuvi ta’minlanmaydi. Valantyorlarga tо‘la ishoniladi. 
Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilardan tashkil 
topadi: kuzatish maqsadi va vazifalari; kuzatish dasturi; kuzatish obyekti va birligi; 
kuzatish formulyari va yо‘riqnoma. 
Kuzatish dasturi
– bu kuzatish davomida yig‘ilishi kerak bо‘lgan savollar 
yoki qayd qilinishi lozim bо‘lgan belgilar va kо‘rsatkichlar rо‘yxatidir. U qisqa, 
tushunarli bо‘lishi kerak va faqat aniq javob olinishi mumkin bо‘lgan, shubha 
tug‘dirmaydigan va bir-birining javoblarini nazorat qila oladigan savollardan 
tashkil topgan bо‘lishi kerak. Dastur tuzish statistik kuzatishning eng og‘ir va 
ma’suliyatli bosqichidir. 
Kuzatish obyekti
deyilganda о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlar tо‘plami 
tushiniladi. Masalan, aholi rо‘yxati о‘tkazilayotgan bо‘lsa, biz aniq belgilab 
olishimiz kerak, qaysi aholini rо‘yxatga olmoqchimiz: mavjud aholinimi? yoki 
doimiy aholinimi?; tijorat korxonalarini rо‘yxatga olish uchun, oldin aniq 
bilishimiz kerak, qaysi korxonalar tijorat korxonalari hisoblanadi? 
Kuzatish obyektini tо‘g‘ri chegaralash, uni boshqa obyektlardan 
ajratuvchi belgilarini aniqlash amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Bu chegara 
quydagilar bilan belgilab olinadi: 



birinchidan, mazmunan qanday hodisa kuzatishga jalb qilinishi 
kerakligi, masalan, davlat korxonasimi yoki koopirativ, sanoatmi yoki qishloq 
hо‘jaligi va hokazo; 

ikkinchidan, qanday hudud (mintaqa) chegarasida bu ma’lumotlar 
olinishi kerakligi,masalan , tuman miqyosida yoki ayrim viloyatlar yoki respublika 
chegarasidami; 

uchinchidan, qaysi davr yoki vaqt uchun ma’lumot olinishi kerakligi, 
masalan, aniq bir yil yoki bir necha yil va hokazo. 
Ayrim hollarda kuzatish obyektini belgilayotganda maxsus senzlardan 
foydaniladi. Senz deganda barcha obyektlari ichidan ayni kuzatishda xisobga 
olinishi lozim bо‘lganlarini belgilash uchun qabul qilingan ma’lum miqdoriy
meyor tushiniladi. 

Yüklə 66,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin