2-MAVZU. STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI
Reja:
2.1. Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati.
2.2. Kuzatish shakllari.
2.3. Kuzatish bosqichlari.
2.4. Statistik kuzatish dastur–uslubiy va tashkiliy masalalari.
2.5. Statistik kuzatish turlari va usullari.
2.6. Statistik kuzatishning о‘ziga xos jihatlari.
2.7. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash yо‘llari.
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26
Tayanch iboralar:
Statistik kuzatish, statistik kuzatish dasturi, hisob birligi,
statistik formulyar va yо‘riqnoma. Kuzatish joyi. Kuzatish kritik payti va muddati.
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy,
uyushtirilgan asosda tо‘plash jarayoni
statistik kuzatish
deb ataladi.
Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichni о‘z ichiga oladi:
statistik kuzatish;
kuzatish materiallarini svodkalash va guruxlash;
kuzatilayetgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi-umumlashtiruvchi
kо‘rsatkichlarni hisoblash va ularni taxlil qilish.
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy,
uyushtirilgan asosda tо‘plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi.
Statistik kuzatish amalga oshirilayotganda bir
qator shart-sharoitlarning
hisobga olinishi talab qilinadi. Aks holda tо‘plangan ma’lumotlar ilmiy tekshirish
talablarini tо‘la qondirmasligi va hattoki butunlay yaroqsiz ham bо‘lishi mumkin.
Eng muhim ilmiy talablar, shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:
Statistik kuzatish
dalillarni bir-biri bilan
о‘zaro bog‘lanishda va bir
butunlikda
qayd qilish lozim.
Binobarin, statistik ma’lumotlar tasodifiy yulib olingan, tо‘plam bilan
bog‘lanmagan holda emas, balki tо‘la olingan bо‘lishi kerak.
Ma’lumotlar tо‘la-tо‘kis bо‘lishi uchun eng avvolo kuzatilayotgan
tо‘plamdagi
birliklar
makon (mintaqa, hudud) chegarasida tо‘la hisobga olinishi
kerak. Bu yerda sо‘z faqat yoppasiga kuzatish ustida borayotgani yо‘q.
Statistik kuzatishning tо‘laligi
ma’lumotlarning vaqt bо‘yicha qamrab
olinishi
bilan ham belgilanadi.
Olinayotgan ma’lumotlar
aniq, ishonchli va haqqoniy bо‘lishi shart,
aks holda ular isbotlab beradigan kuchga ega bо‘la olmaydi.
Bu yerda gap
ma’lumotlarning faqat arifmetik jihatdangina (masalan, tiyin, grammgacha) aniq
bо‘lishi tо‘g‘risida emas, balki u ma’lumotlarning obyektiv haqiqatni aks ettirishi
haqida boryapti.
Statistik kuzatish ikki shaklda – statistik hisobot
va maxsus uyushtirilgan
statistik kuzatishlar (tekshirishlar) shaklida tashkil etiladi.
Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bо‘linadi) statistik
kuzatishning asosiy shakli bо‘lib, u barcha korxona
va tashkilotlar faoliyati
haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni tо‘plash uchun imkoniyat yaratadi. Uning
ma’lumot manbai bо‘lib buxgalteriya va operativ hisob
hujjatlarida qayd etilgan
boshlang‘ich yozuvlardir.
Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarni voqea va hodisalarning sodir
bо‘lishini qayd qilish vaqtiga qarab uch turga –
uzluksiz, fursatli va bir yо‘la
kuzatishga ajratish mumkin.