182
darajasiga mos kelishligi kerak va ularni tekshirishni
ta’minlashi kerak.
3. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar
AQLIY HUJUM METODI
Aqliy hujum (breynstroming-aqllar to’zoni) – amaliy yoki ilmiy muammolar yechish
g’oyasini jamoaviy yuzaga keltirishda qo’llaniladigan metod.
Metod chegaralangan vaqt oralig’i ichida aniq muammo (savol, masala)ni
yechishning noan’anaviy yo’llarini izlash bo’yicha o’quvchilarni aqliy faoliyatini
yo’naltirishga asoslangan.
O’quv mashg’ulotidagi aqliy hujum uchun muammoni tanlash quyidagi tamoyillar
bo’yicha amalga oshiriladi:
tanlangan muammo nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lishi hamda
o’quvchilarda faol qiziqish uyg’otishi kerak;
ko’p har xil ma’nodagi yechim variantlariga ega bo’lishi kerak.
O’qitish texnologiyasini ishlab chiqishda aqliy hujum metodi o’quv mashg’ulotining
bir lavhasi yoki butun mashg’ulotni o’tkazish asosi sifatida rejalashtirilgan bo’lishi mumkin.
Aqliy hujum metodining texnologik chizmasi 1-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: