183
PINBORD TEXNIKASI
Pinbord–(inglizchadan:
pin-
mahkamlash,
board
– yozuv taxtasi) – o’quvchilarni
tizimli va mantiqiy fikr bildirishga o’rgatadigan metod.
Pinbord texnikasi
:
1) muammoli masalalar va vaziyatlar, aqliy hujum va amaliy o’qitish metodlari bilan
birga jamoaviy tarzda (guruhlarda) muammoni yechish variantlarini baholash hamda ular
ichidan eng yaxshisini tanlash imkonini beradi;
2) aqliy hujum va amaliy o’qitish metodlari bilan birga jamoaviy tarzda (guruhlarda)
toifali sharh o’tkazish imkonini beradi.
Pinbord texnikasining texnologik chizmasi
KEYS–STADI METODI
KEYS
– (ingl. sase – to’plam, aniq vaziyat) – nazariy bilimlarni amaliy vazifalarni
yechish jarayonida qo’llash imkonini beruvchi
o’qitish vositasi
.
Keysda bayon qilingan vaziyatni o’rganib va tahlil qilib, o’quvchilar o’zining
kelgusidagi kasbiy faoliyatida o’xshash vaziyatlarda qo’llashi mumkin bo’lgan tayyor
yechimni oladi.
Keysda bayon qilingan vaziyatlar (kasbiy), amaliy mashg’ulotlarda yechiladigan
vaziyatli masalalardan tubdan farq qilinadi. Agar vaziyatli masalalarda har doim shart (nima
berilagan) va talab (nimani topish kerak) berilgan bo’lsa, keysda, qoidaga ko’ra, bunday
parametrlar mavjud emas.
O’quvchiga taqdim etilgan ixtiyoriy keysda:
•
keysning belgilanishi va topshiriq/savollar aniq ifodalangan bo’lishi kerak;
•
bayon qilingan muammoli vaziyatni yechish uchun kerakli va yetarli xajmda
ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak
•
keysni yechish uchun
uslubiy ko’rsatmalar
bo’lishi kerak.
Keys–stadi
(ingl.sase– to’plam, aniq vaziyat, stadi-o’qitish)–amaliy o’qitish
vaziyatlarmetodi.
Keys-stadi - o’qitish, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo’yilgan ta’lim
maqsadini amalga oshirish va keys-stadida bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal
qilish jarayonida prognoz qilinadigan o’quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda
ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat
bo’lgan o’qitish texnologiyasidir.
Ushbu metod o’quvchilarni quyidagilarga undaydi:
•
muammoni shakllantirishga;
•
amaliy vaziyatni tahlil qilish va baholashga;
•
muammo yechimini eng maqbul variantini tanlashga.
O’quv mashg’ulotning o’qitish texnologiyasini tanlashni ikki asosiy dalil belgilaydi:
1. Keysning hajmi (qisqa, o’rtacha miqdordagi, katta)
2. O’quv topshirig’ini taqdim etish usuli:
-
savolli ( savollar keysdan keyin keltiriladi)
-
topshiriqli (topshiriq keys kirish qismining oxirida keltiriladi)
Dostları ilə paylaş: