Idrok qilishning ko‘rgazmali uslublari
•
Idrok etishning ko‘rgazmali tamoyilini
singdirishda ko‘rgazmali uslublar
asosiydir
(ammo yagona emas). Ularning yordami bilan
o‘quvchi o‘rganiladigan harakat obrazini
shakllantirishda jonli mushohada qilish
imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
•
Uslublarning yaxshi natija berishi ko‘pincha
o‘quvchilarning yoshiga muvofiqligini ko‘rsatadi.
•
Idrok etishning ko‘rgazmali uslublaridan
foydalanish ta’limning bosqichlariga bog‘liq.
Ta’lim asosida ko‘rsatish yordami bilan taqlid qilish yotadi.
O‘quvchining ongli taqlid qilishga tayyorligi harakatlarning bir
necha omillari bilan aniqlanadi
•
1) ko‘rilgan
harakatni tahlil qila
bilish qobiliyati;
•
2) bolaning ruhiy-fiziologik
rivojlanishi muvofiqligi bilan
qayta
tiklanadigan mashqning
murakkabligi optimal bo‘lishi
kerak;
•
3) taqlid qilinadigan harakatlar
to‘g‘risida o‘quvchining bilim
darajasi bilan to‘laligini
tasavvur qilish;
•
4) taqlid qilish uchun o‘z-o‘zini
nazorat qilish va o‘z vaqtida
sifatli nazoratning mavjudligi.
Jismoniy mashqni ko‘rsatishga ba’zi bir
uslubiy talablar:
•
1. Ko‘rsatish har doim so‘zdan foydalanish uslubi bilan mos kelmog‘i kerak.
•
Ko‘rsatish va so‘zning nisbati mazmuni bo‘yicha, vaqtlar bo‘yicha taqsimlanishi va
qo‘llanish tezligi ta’limning aniq tarkib topgan vazifalari va pedagogik
vazifalar bilan
belgilanishi kerak.
•
2. Ko‘rsatishning mazmuni ta’limning vazifalariga muvofiq bo‘lishi majburiydir:
•
a) birinchi ko‘rsatish, odatdagidek, jismoniy mashq bajarilishining standart texnikasi
to‘g‘risida yaxlit tasavvur berishi kerak. U qayta tiklash uchun o‘quvchilarga oson
bo‘lish darajasida amalga oshiriladi;
•
b) agar harakatni qanday egallash mumkinligini ko‘rsatish talab qilinsa, u holda
ko‘rsatishda ko‘nikmaning yuqori darajasini ifodalovchi individuallashtirishning
texnik bajarilishini aks
ettirish kerak;
•
v) qachon kuchlanish berilishini ta’kidlash va ayrim harakatlarga o‘quvchilar
diqqatini jalb qilmoq zarur, ko‘rsatishda aynan ana shu lahzalar ta’kidlanadi; ko‘proq
ko‘rgazmalilik uchun ba’zan o‘rganilanayotgan harakatning faqat qismini
ko‘rsatadilar, harakatning tezligi kamaytiriladi, tanaffus qilinadi.
•
3. Ko‘rsatish vaqtida o‘qituvchining emotsional holatida o‘quvchilar taqlid qilishga
intilishlarini hisobga olish kerak. Bundan o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish
uchun foydalanish zarur.
•
4. Oynali ko‘rsatish faqat oddiy, asosan, umumrivojlantiruvchi jismoniy
mashqlardan foydalanilgan vaqtda maqsadga muvofiqdir.