So’zdan foydalanish uslubi.
O‘qituvchining nutqi o‘quvchining kayfiyatiga hissiy ta’sir o‘tkazishi
uchun nisbatan
aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Bu quyidagi uslubiy tavsiyalarda aniq ifodalanadi.
1. O‘rgatish dastlab tushuntirishdan, so‘ngra esa
detallarni
tasvirlashdan iborat bo‘lishi mumkin.
2. So‘zdan foydalanib, o‘rganilanayotgan harakatning samaradorligini ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan: So‘zning
mazmuni
ta’lim vazifalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Masalan, yangi mashqni bolalar erkin usul bilan arqonga tirmashib chiqishni
nisbatan dadil egallasalar-da, murakkab koordinatsiyali harakatlarni qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. Biroq o‘rganilanadigan
uslubning ustunligi ishonchli qilib tushuntirib berilsa, unga bo‘lgan salbiy munosabatni o‘zgartira oladi.
3. So‘z faoliyatdagi ayrim harakatlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikni aniqlashga yordam
berishi kerak. Ayniqsa, yakunlovchi mashqlar bajarilayotgan vaqtda buni unutmaslik
muhimdir. Ularda hissiy ko‘tarinkilik kamroq va shuning uchun ularning asosiy
harakatlar bilan aloqasini yaqqol tushunish talab qilinadi.
4. So‘z uslubi asosiy
kuchlarni ishlatish paytida, jismoniy mashqning texnik asoslarini o‘quvchilarga
tushuntirishda katta rol o‘ynaydi. SHu maqsadda tez-tez alohida so‘zlarni (“qo‘llar!”, “bosh!” va
boshqalar) yo‘l-yo‘riq shaklida aytib turishdan foydalaniladi.
5. So‘z obrazli bo‘lishi kerak. Bu uning ko‘rgazmaliligini oshiradi va o‘quvchilar uchun ko‘proq tushunarli
bo‘ladi. O‘quvchilarning harakatlantiruvchi tajribasi va bilimini
hisobga olib, o‘qituvchi qo‘yilgan
vazifalarning bajarilishiga bog‘liq bo‘lgan holatlarga e’tiborini to‘play oladi.
6. O‘quvchilarga harakatlarni avtomatik bajarish to‘g‘risida gapirish
maqsadga muvofiq emas (to‘g‘rilash talab qilinadiganlaridan tashqari).