Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
 
8.9-rasm. Temir-beton buyumlarda armaturaning joylashishini nazorat qilish sxemasi:
 a-izotopning ichki joylashishida; b-izotopning tashqi joylashishida;1-radioaktiv izotop; 
2-himoya konteyneri; 3-temirbeton konstruksiya; 4-kasseta plyonkasi bilan. 
Radioaktiv manbani konstruksiyaning tanasida neytral o‘q sathida joylashtirish 
uchun 10mm diametrli teshik parmalab ochiladi, bu texnika maxsus sterjen 
yordamida radioaktiv manba kiritiladi, manba sifatida radioaktiv kobaltdan 
foydalaniladi. 
Payvandlash sifatini nazorat qilish
keng tarqalgan fotografik usul bilan 
amalga oshiriladi. Bunda γ - nurlanishlar manbai chok orqali o‘tadi va fotoplyonkaga
yoritilayotgan joyda chok zichligiga to‘g‘ri proporsional intensivlikda ta’sir qiladi. 


250 
Chokning nuqsonli qismlari har doim γ - nurlarni ko‘proq o‘tkazadi va bu 
qismlar ostida fotoplyonka nuqsonsiz qismlardagiga nisbatan ko‘proq yoritiladi. 
Qorong‘ilashishi darajasi, qoraygan qismlarining shakli va tasviriga qarab yoriqlarni, 
yaxshi payvandlanmagan joylarni, gaz bo‘shliqlarini, shlakli kirishmalarni va 
payvand birikmalardagi boshqa nuqsonlarni aniqlash mumkin. Yoriqlarni aniqlash 
uchun γ - nurlarning yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lishi, yoriqlarning ochilishi eni va 
ularning uzunligi ma’lum bog‘liqlikda bo‘lishi zarur va h.k. Payvand birikmalarda 
yaxshi payvandlanmagan joylar buyumlarni chokka perpendikular ravishda 
yoritishda, shuningdek, 45
0
burchak ostida yoritishda aniqlanishi mumkin
(8.10-rasm).
8.10.-rasm. Payvand choklarni nazorat qilishda 
γ
-nurlar yo‘nalishlari sxemasi:
a-chokka perpendikular markaziy nur; b,v- 45o burchak ostidagi markaziy burchak; 
1-payvandlanayotgan metall; 2-fotoplyonka. 


251 
Payvand choklardagi gaz bo‘shliqlari va shlakli kirishmalar, nurlar chokka 
perpendikular yo‘naltirilganda aniqlanadi. Olingan suratlar taxlil qilinadi va ularga 
ko‘ra payvand chokdagi nuqsonlarning o‘lchamlari va miqdori aniqlanadi. 
Rentgen suratlarni tahlil qilish.
Payvand choklarida sirtdan turlicha 
chuqurlikda yashiringan ham tashqi, ham ichki nuqsonlar uchraydi. Yashirin 
nuqsonlarning shakli, o‘lchamlari va joylashgan chuqurligini aniqlash ancha katta 
qiyinchiliklar tug‘diradi. Fotoplyokani taxlil qilishda nuqsonni aniqlash aniqligini 
oshirishga imkon beruvchi qo‘shimcha ma’lumotlarga amal qilinadi: fotosuratga 
olishda rentgen nurlarining yo‘nalishi va tasvir zichligining taqsimlanishi bilan va 
h.k. Rentgen suratlaridagi nuqsonlarning asosiy turlari quyidagicha ko‘rinishda 
bo‘ladi. Gaz bo‘shliqlari yumaloq qora dog‘larga o‘xshaydi, ba’zan cho‘ziq shakldagi 
aniq konturli bo‘ladi. Rentgen nurlari dastasining yo‘nalishiga bog‘liq holda 
nuqsonga nisbatan plyonkadagi qora dog‘lar yarim soyali va to‘lqinsimon shaklda 
bo‘lishi mumkin. 
Shlakli krishmalar plyonkada qora uchastkalar hosil qiladi va odatda notekis 
chegarali va chetlari uzuq – yuluq bo‘lgan noto‘g‘ri shaklga ega bo‘ladi. Ba’zan 
ikkita payvandlanayotgan buyumlar orasidagi masofa katta bo‘lganda plyonka yaxshi 
payvandlanmagan joy ikkita parallel, bir-biriga yaqin yotuvchi chiziqlar ko‘rinishida 
tasvirlanadi. Yoriq fotoplyonkada qora tor chiziqlar ko‘rinishida tasvirlanadi, 
ularning kengligi yoriqning eniga bog‘liq bo‘ladi. Rentgen nurlari dastasi yoriqning 
yo‘nalishi bilan mos tushganda yoriqning tasviri keskin bo‘la boradi va aksincha.


252 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin