299
turgan joydagi nurlanish dozasining quvvati 2,8 mR/soat dan, eng yaqin ish
o‘rinlarida esa 0,28 mR/soat dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Radiatsiya darajasi 0,28
mR/soat dan ortiq bo‘lgan zona ko‘chma to‘siq bilan, shuningdek xavf mavjudligi
to‘g‘risida ogohlantiruvchi jadval va plakatlar to‘silishi kerak.
Konteynerlar tashqi sirtining ifl
oslanganligi 150 sm2 da 1 minutda 500 β-
zarrachadan ortiq bo‘lmasligi va konteynerlarning radioaktiv izotoplar aniqlash har
oyda amalga oshirilishi kerak. O‘zgaruvchan konteyner sirtidagi dozani quvvati
uning g‘ilofi sirtidan 1 m masofaga 3 mR/soat dan oshmasligi kerak.
Defetoskopiya uchun ko‘chma qurilmalar maxsus jihozlangan saqlagichlarga
ega bo‘lishi kerak. Qurilmalar saqlanadigan joy ishonchli tarzda qo‘riqlashishi
kerak. Defetoskopiya uchun ko‘chma qurilmalar saqlanadigan omborda xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlarning doim hozir bo‘lishlari, shuningdek oson yonuvchi
portlash xavfi bo‘lgan moddalarni saqlash taqiqlanadi.
Radiometriya va rengenoskopiya qurilmalari va apparatlardan foydalanishda
radioaktiv moddalar va ionlovchi nurlanishlar manbalari bilan ishlashning sanitariya
qoidalarini tartibga soluvchi tegishli me’yoriy xujjatlar talablarini bajarish zarur.
Dostları ilə paylaş: