Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
1.9.2. Elakli tahlil usuli
Elakli tahlil ishlab chiqarish nazoratida, shuningdek, zavodning va ilmiy-
tekshirish laborotoriyalarida o‘tkaziladigan turli tekshirishlarda kukunsimon 
materiallarni tortishning maydaligini aniqlash uchun qo‘llanadi. Elaklardan 
materialni, shuningdek, muayyan yiriklikdagi donlar bilan fraksiyalarni ajratish zarur 
xollarda ham foydalaniladi. Bu ishlarning xammasi uchun kvadrat teshikli standart 
normalashtirilgan metall elaklardan foydalaniladi. Elaklarning turli belgilanishlari 
mavjud: to‘rning raqami,1 sm kvadrat to‘r uchun yacheykalar teshiklarining miqdori 
bilan, 1pog. sm. uchun teshiklar miqdori bilan va boshqalar. 
Elakli tahlil oddiyligi bilan farqlanadi, ammo u yetarli darajada aniq emas
chunki donlarning haqiqiy o‘lchami to‘g‘risida tasavvur bermaydi. Agar donlar shakli 
qat’iy sharsimon bo‘lsa, donlarning chiziqli o‘lchami elak teshiklarning o‘lchamlari 
bilan aniq kelar edi, ammo haqiqatda esa donlar noto‘g‘ri shaklga ega va elakning 
teshigi orqali uzunligi yacheyka o‘lchamidan katta bo‘lgan cho‘ziq shakldagi don 
o‘tishi mumkin. Demak, elakli tahlil natijalari donlarning o‘rtacha emas, eng kichik 
o‘lchamiga asoslangan, va materialning haqiqiy yirikligi xar doim elakli tahlil aks 
ettiruvchi o‘lchamdan kattaroqdir. Bundan tashqari, elak orqali yumshoq 
materiallarni o‘tkazganda ishqalanish natijasida mayda changsimon zarralar miqdori 
ko‘payadi. 
 
1.9.3. Havoni o‘tkazish usuli orqali solishtirma yuzani aniqlash 
Sementlarning solishtirma yuzasini aniqlash usuli hajm birligidagi 
bo‘shliqlarni muayyan tarkibigacha zichlashgan ko‘ndalang kesimning belgilangan 
qalinligi orqali so‘riladigan havoga ko‘rsatiladigan qarshilikning o‘lchashga 
asoslangan. Sementning solishtirma yuzasini havoni o‘tkazish metodi bilan aniqlash 
GOST 310-60 ga muvofiq olib boriladi. Sementning solishtirma yuzasini aniqlash 
uchun yuzani o‘lchagich (1.22a-rasm) beshta asosiy qismdan iborat: 1-gilza,


82 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin